Kapitel
Kapitel (lotincha capitellum — kallak) — kolonna, ustunning tepa bezatilgan qismi (qarang Bosha). K.lar qad. meʼmorlikdagi order tizimida (qarang Meʼmorlik orderlari) takomillashtirilgan. U arxitrav (bosh ustun, hari)ni yoki ustiga qoʻyilgan yukni ushlab turadi. K. dastlab Sharqsa, keyinchalik Yevropa meʼmorligida keng qoʻllangan. Oʻrta Osiyo, Sharq, Kavkazda ham milliy naqsh va bezakli K.lar mahalliy meʼmorlikning oʻziga xos uslubida shakllangan. Oʻrta Osiyoda Kushon podsholigi meʼmorligida gandhara anʼanalari taʼsirida korinf orderi uslubidan foydalanilgan (mas, Termiz, Ayritom va Tuproqqalʼadan topilgan K.lar). 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Yevropa meʼmorligiga taqlidan Oʻzbekistonda bosh tarzini hashamatli, qator kolonnali K. (paxta, meva va b. bezaklar) bilan pardozlangan binolar qurish avj oldi [Beshyogʻoch maydonidagi turar joy binosi (meʼmori M. Bulatov, 1955), Chirchikdagi kimyogarlar (meʼmori A. Petrosov, 1956) va Bekoboddagi metallurglar (meʼmori A. Boboxonov, 1950-60) madaniyat saroylari va b.].3amonaviy binolar qurilishida K. ning oʻziga xos uslublari yaratilmoqda (metroning "Mustaqillik maydoni" bekati, Temuriylar tarixi davlati muzeyidagi K. bezaklari va b.).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |