Kontent qismiga oʻtish

Ulugʻnor (Tuman)

Koordinatalari: 40°43′59.9″N 72°46′0.1″E / 40.733306°N 72.766694°E / 40.733306; 72.766694
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ulugʻnor tumani
Улугнорский район
tuman
Tarkibida Andijon viloyati
Maʼmuriy markazi Oqoltin
Asos solingan sanasi 27-dekabr 1973-yil
Hokim Axmadjonov Muxammadislomiddin Muxammadsobirovich [1]
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi (2022) 61831
Dinlar tarkibi Musulmonlar
Maydoni 356,7 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Ulugʻnor tumani xaritada
40°43′59.9″N 72°46′0.1″E / 40.733306°N 72.766694°E / 40.733306; 72.766694

Ulugʻnor – Andijon viloyatida joylashgan tumanlardan biri. 1973-yil 26-dekabrda tashkil etilgan[2]. Shimolda Baliqchi, janubi-sharqda Boʻz, gʻarb va shimoli-gʻarbda Namangan viloyatining Mingbuloq, janubda Fargʻona viloyatining Yozyavon tumanlari bilan chegaradosh hisoblanadi. Tuman markazi – Oqoltin MFY.

Maʼmuriy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman maydoni – 356,7 kv.km. Ulugʻnor tumanida 1 ta shaharcha va 24 ta mahalla fuqarolar yigʻini bor.

Tuman xududi tekislikdan iborat, koʻchma qum tepalari mavjud va iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —4°, iyulda 24—28°. Yiliga oʻrtacha yogʻin miqdori 195—200 mm. hisoblanadi. Vegetatsiya davri 235 kun boʻlib, tuman xoʻjaliklari Katta Andijon kanalidan suv oladi. Tuprogʻi oʻtloqi boʻz, kuchsiz shoʻrlangan tuproq. Oʻsimliklardan shoʻra, shuvoq, momaqaymoq, qamish, mingdevona, yantoq, ajriq, yulgʻun, oqbosh, otquloq, qirqboʻgʻim, gʻumay, qoʻypechak va yalpiz oʻsimliklari oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan echkemar, toshbaqa, tulki, quyon, ilon, kaltakesak va qushlardan laylak, oʻrdak, chumchuq, soʻfitoʻrgʻay, qargʻa, musicha yashaydi.

Ulugʻnor tumanida qishloq xoʻjaligi (paxtachilik, chorvachilik, pillachilik, polizchilik, sabzavotchilik, bogʻdorchilik va baliqchilik) yetakchi oʻrinda. Eng muhim tarmogʻi – paxtachilik. Tumanda 900 ga yaqin yirik, oʻrta va kichik korxona va tashkilot faoliyat koʻrsatadi. Shulardan avtokorxona, MTP, paxta tozalash korxonasi, Buyuk Britaniyaning «Kordese LTD» firmasi bilan xamkorlikdagi «Ulkard» qoʻshma korxonasi (tikuvchilik va toʻqimachilikka ixtisoslashgan), sport anjomlari ishlab chiqarish firmasi, "Universal" bozori, savdo, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Tuman hududidan Margʻilon—Soyboʻyi — Ulugʻnor—Mingbuloq, Shtab—Ulugʻnor magistral yoʻllari oʻtgan. Tuman markazi avtomobil yoʻllari orqali Namangan, Margʻilon, Fargʻona, Andijon va boshqa shaharlar bilan bogʻlangan[3].

Qishloq xoʻjaligida ekinzorlar maydoni 20,4 ming gektar, shu jumladan, 13,5 ming gektar yerga paxta, 6 ming gektar yerga gʻalla ekiladi. Shuningdek sabzavot, poliz ekinlari, kartoshka, yemxashak ekinlari ham ekiladi. 204 ga bogʻ, 274 ta tutzor, 1042 ga yaylovlar bilan band. 606 ga yerda oʻrmonzor mavjud. Tumanda 8 shirkat, 80 dehqon, 416 fermer xoʻjaligi bor.

Ulugʻnor tumani jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 1,6 ming qoramol (shu jumladan, 626 sigir), 2,1 ming qoʻy va echki, 5 ming parranda, 37 yilqi boqiladi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi – Margʻilon (tuman markazidan 35 km).

Tuman hududi tekislikdan iborat. Koʻchma qum tepalari koʻp. Iqlimi – keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha harorati – minus 4 daraja, iyulniki – 24-28 daraja. Yiliga oʻrtacha 195-200 mm. yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri – 235 kun. Tuman xoʻjaliklari Katta Andijon kanalidan suv oladi. Tuprogʻi oʻtloqi boʻz, kuchsiz shoʻrlangan tuproq.

Oʻsimliklardan shoʻra, shuvoq, momaqaymoq, qamish, mingdеvona, yantoq, ajriq, yulgʻun, oqbosh, otquloq, qirqboʻgʻin, gʻumay, qoʻypеchak, yalpiz oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan echkiеmar, toshbaqa, tulki, quyon, ilon, kaltakеsak, qushlardan laylak, oʻrdak, chumchuq, soʻfitoʻrgʻay, qargʻa, musicha yashaydi.

Aholisi – 61,8 ming kishi. Aholisi asosan oʻzbeklar, shuningdek, qirgʻiz, tojik, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 kv. km.ga 133 kishi toʻgʻri keladi[4][5].