Kontent qismiga oʻtish

Baxmal tumani

Koordinatalari: 39°44′34.8″N 67°37′48.0″E / 39.743000°N 67.630000°E / 39.743000; 67.630000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Baxmal tumani
tuman
Tarkibida Jizzax viloyati
Maʼmuriy markazi Oʻsmat
Asos solingan sanasi 1970
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi 163,910
Millatlar tarkibi ўзбеклар (91,5%), қирғизлар (7,4%), тожиклар (0,3%), бошқа миллат вакиллари (0,8%)..
Dinlar tarkibi musulmonlar va Xristianlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Pochta indeksi 131000
Rasmiy sayti http://baxmal.jizzax.uz/
Xaritada
Baxmal tumani xaritada
39°44′34.8″N 67°37′48.0″E / 39.743000°N 67.630000°E / 39.743000; 67.630000
Baxmal bahorda

Baxmal tumani, Oʻzbekistonning Jizzax viloyatidagi tuman. 1943-yil 8-mayda tashkil etilgan (1957-yil 12-oktabrda Gʻallaorol tumani bilan birlashtirilgan edi, 1971-yil 31-avgustda qayta tuzildi). Baxmal tumani Gʻallaorol, Zomin tumanlari, Samarqand viloyati va Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 1,86 ming km². Aholisi 163,910 ming kishi.[manba kerak] Baxmal tumanida 1 shaharcha (Oʻsmat) va 12 qishloq fuqarolari yigʻini (Barlos, Baxmal, Bogʻishamol, Gulbuloq, Moʻgʻol, Novqa, Oyqor, Oqtosh, Sangzor, Tongotar, Uzunbuloq,Qatartol) bor. Markazi – Oʻsmat shaharchasi. Oʻsmat shaharchasidan Jizzax shahrigacha masofa 70 kmni tashkil qiladi.

Tuman hududi, asosan, togʻ oldi tekisliklari va togʻlardan iborat. Baxmal tumanining janubiy qismida Turkiston tizmasi va uning shimoli-gʻarbiy tarmogʻi – Molguzar togʻlari joylashgan (eng baland joyi 2621 m). Molguzar togʻlari bilan Turkiston tizmasi oraligʻida Sangzor vodiysi bor. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —5° dan —9* gacha, iyulniki 25°, togʻli qismida 15°. Yiliga oʻrtacha 300 – 750 mm yogʻin tushadi. Tuman hududida Saʼd Vaqqos ota bulogʻi bor. Tuproqlari asosan toʻq tusli boʻz tuproqlar va togʻ jigarrang tuproqlar, togʻ va baland tof dasht tuproqlari, sharqida tipik boʻz tuproqlar tarqalgan. Efemer va efemeroid, kserofit oʻsimliklari oʻsadi. Butazor, archazor, yongʻoqzorlar uchraydi. Bodom, yovvoyi olma, olcha, doʻlana bor. Baxmal tumanining togʻ oldi zonalarida yirtqichlardai, boʻrsiq, tulki, boʻri, sudralib yuruvchilardan koʻlbor ilon, kaltakssaklar, yumronqoziq, qushlardan kaklik, gʻurrak va boshqa uchraydi. Baxmalda Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi tashkil etilgan.

Aholisi asosan, oʻzbeklar (92,4%); shuningdek rus, qozoq, tojik, qirgʻiz, Moldovan, Tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Hududda Xristian va Islom diniga Mansub fuqarolar istiqomat qiladi 1 km² ga oʻrtacha 10 kishidan 15 kishigacha toʻgʻri keladi.

Baxmal tumanida marmar koni, aroq-vino va asfalt zavodlari, bosmaxona, paloye va gilam toʻqish sexlari, qurilish tashkilotlari bor. Tumanda boʻrdoqichilik fermalari, mexanizatsiyalashgan oʻrmon xoʻjaligi mavjud. Asosan gʻallachilik va chorvachilik rivojlangan. Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 6,6 ming ga, shu jumladan 0,4 ming ga yerga sabzavot, 2 ming ga yerga beda, 200 ga yerga makkajoʻxori ekiladi. Bogʻ, tokzor, tutzor, olmazor, oʻrmonlar bor. Baxmal tumanida 2 jamoa xoʻjaligi, 1 davlat xoʻjaligi, koperativ xoʻjaliklar, 330 ga yaqin fermer xoʻjaligi va boshqa 12 xoʻjalik bor. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 65,7 ming qoramol, 122,2 ming qoʻy va echki, 62,1 ming parranda bor (1999). Avtomobil yoʻllari uzunligi 460 km. 1999/2000 oʻquv yilida 63 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 2376.1 oʻquvchi, 1 li-seyda 500 oʻquvchi taʼlim oldi. 45ta maktabgacha tarbiya muassasalarida 3000 ga yaqin bola tarbiyalanadi. 15 klub, madaniyat uyi, „Baxmal“ ashula va raqs havaskorlik ansambli, „Qaynarbuloq“ qoʻgʻirchoq teatri, „Baxmal xandasi“ miniatyura havaskorlik teatri, 415 oʻrinli kasalxona, 41 tibbiy punkt, 15 ambulatoriya boʻlib, ularda 158 vrach, 736 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. „Baxmal hayoti“ tuman gazetasi chiqadi (adadi 1500).[1]

Baxmal – Jizzax viloyati tumanlaridan biri. Baxmal tuman markazi Oʻsmat shaharchasi.

Gulbuloq QFY 2-darajali Yiriq Tijorat va Iqtisodiyot oʻchogʻi sanaladi

Tuman 1970-yil, 16-oktabrda tashkil topgan.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil