Zarbdor tumani
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Jizzax viloyati |
Maʼmuriy markazi | Zarbdor tumani |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Aholi | 91 966 |
Millatlar tarkibi | oʻzbek, rus, qirgʻiz, tatar va boshqa |
Dinlar tarkibi | musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Xaritada | |
40°5′34.8″N 68°10′55.2″E / 40.093000°N 68.182000°E |
Zarbdor tumani Jizzax viloyatidagi tumandir. 1979-yil 4-dekabrda tashkil etilgan. Shimoli-sharqda Sirdaryo viloyati, gʻarbda Sharof Rashidov tumani, sharqda Yangiobod tumani, janubida Zomin tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,56 ming km2. Aholisi 91966 kishi (2022 yil 1 oktabr holatiga). Bu tumanda 5 qishloq fuqarolari yigʻini (Toza urugʻ,Adirobod, Andijon, Sharq Yulduzi, Yangikent) va 1 ta shahar, 2 ta shaharcha (Boʻston, Sharq yulduzi) bor. Markazi — Zarbdor shahri.
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman hududi Mirzachoʻlning janubida joylashgan. Relyefi asosan tekislikdan iborat. Iklimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —4°, —6°, iyulniki 28—30°. Yiliga 300 — 350 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 205—210 kun. Tuprogʻi boʻz, qoʻngʻir tuproq. Yer osti suvlari yuza, shoʻr. Tuman hududida kanallari bor. Oqova shoʻr suvlarni qochirish uchun ariq va zovurlar qazilgan. Yovvoyi oʻsimliklardan yantoq, shoʻra, shuvoq, qoʻngʻirbosh, qiyoq, qamish, yulgʻun, oqbosh, ituzum, tol, jiyda oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyaboʻri, kalamush, toshbaqa, ilon, kaltakesak, yovvoyi parrandalardan oʻrdak, tustovuq, qirgʻovul, kalxat, chugʻurchiq, qargʻa, soʻfitoʻrgʻay, mayna yashaydi. Aholisi, asosan oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, rus, ukrain, qirgʻiz, turkman, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga 89 kishi toʻgʻri keladi. Qishloq aholisi 37,9 ming kishi, shaharliklar 43,8 ming kishi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qishloq xoʻjaligida paxtachilik, gʻallachilik asosiy oʻrinni egallaydi. 13 ta shirkat xoʻjaligi mavjud. Jami qishloq xoʻjaligi yerlari 34,5 ming ga, shu jumladan sugʻoriladigan yerlar 32,8 ming ga, lalmi yerlar 430 ga. Tumandagi barcha toifadagi xoʻjaliklarda 12 mingdan ziyod qoramol, 14 mingdan ortiq qoʻyechki, 370 tacha ot bor. 325 dehqon xoʻjaligi boʻlib, 13,7 ming ga yer ajratilgan. Tumanda Zarbdor un kombinati, 20 kichik, 20 xususiy korxona, 4 savdo tashkiloti, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud.
Tumanda 32 umumiy taʼlim maktabi (12,4 ming oʻquvchi), „Oqbuloq“ folklor etnografiya guruhi, 230 oʻrinli kasalxona, 8 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, qishloq vrachlik punkti, 8 feldsherakusherlik punkti, 2 poliklinika, 8 dorixona bor. Zarbdor—Guliston, Zarbdor—Toshkent, Zarbdor—Samarqand va b. yoʻnalishlar boʻyicha shaharlararo avtobus va taksi qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. „Zarbdor“ tuman gaz. 1000 nusxada nashr etiladi.[1] Aholi tarkibi asosan musulmonlar. Shuningdek dehqonchilik asosiy òrin tutadi. Zarbdor sòzi (Ilģor va yetakchi)manolarini bildiradi. Tuman aholisi avval Zomin tumani tarkibida bòlgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |