Tarmoq operatsion tizimi
Tarmoq operatsion tizimi (ingl. NOS – Network Operating System) router, switch yoki firewall kabi tarmoq qurilmalari uchun maxsus operatsion tizimdir.
Tarixan, tarmoq boshqaruvi imkoniyatlariga ega boʻlgan operatsion tizimlar maxsus tarmoq operatsion tizimlari sifatida atalgan, chunki ular shaxsiy kompyuterlarga (ShK) kompyuter tarmoqlaridan foydalanishga, jumladan, lokal tarmoq (LAN) ichida fayllar va printerlar bilan ishlash imkoniyatini bergan. Operatsion tizimlarning ushbu tavsifi chinakam tarixiy ahamiyatga egadir, chunki ushbu operatsion tizimlarning koʻpchiligi mijoz-server modeli asosida ishlaydigan tarmoq stekini oʻz ichiga oladi.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]CP/M, MS-DOS va klassik Mac OS kabi dastlabki mikrokompyuter operatsion tizimlari faqat bitta foydalanuvchi uchun moʻljallangan edi. Paketli kommutatsiya tarmoqlari asosiy kompyuter, printer yoki qattiq disk kabi apparat resurslarini oʻzaro almashish uchun ishlab chiqarilgan[1]. Lokal tarmoq texnologiyalari paydo boʻlgach, tarmoqlarda resurslarni almashuvini boshqarishni ikkita asosiy yondashuvi yaratildi.
Tarixiy jihatdan Tarmoq Operatsion Tizimlari tarmoq imkoniyatlarini qoʻllaydigan kompyuter uchun ishlab chiqilgan operatsion tizim edi. Tarmoq stekiga ega operatsion tizimlar shaxsiy kompyuterlarga mijoz-server arxitekturasida ishlash etish imkonini berdi, bunda server bir nechta mijozlarga printerlar kabi ichki resurslardan oʻzaro foydalanish imkonini beradi[2] [3][4]. Toʻliq integratsiyalashgan tarmoq imkoniyatlariga ega boʻlgan mijoz-server operatsion tizimlarining dastlabki namunalari Internetwork Packet Exchange (IPX) tarmoq protokoli asosiga qurilgan Novell NetWare va Xerox Network Systems (XNS) protokollaridan foydalanilgan Banyan VINES operatsion tizimlari boʻlgan.
Ushbu cheklangan mijoz/server tarmoqlari turli kompyuterlarda joylashgan resurslardan tarmoq orqali ulashish masadida Peer-to-peer tipidagi tarmoqlar bilan almashtirildi. Peer-to-peer tarmogʻida barcha kompyuterlarga teng huquqli foydalanish imkonini beradi; ularning barchasi tarmoqda mavjud resurslarga kirish ruxsatiga ega[3]. 2020 yil holatiga koʻra eng koʻp ommalashgan peer-to-peer tipidagi tarmoqlar bu Ethernet, Wi-Fi va Internet protokol toʻplamlaridir. Koʻpchilik ishlab chiqaruvchi kompaniyalar operatsion tizimlarida tarmoqlar va ular bilan ishlash uchun imkoniyatlari yetarli boʻlmaganligi sababli, ushbu vazifalar uchun qoʻshimcha dasturlar ishlab chiqilgan. Ushbu qoʻshimcha dasturlarga misollar: Fil Karnning KA9Q NOS (CP/M va MS-DOS uchun), Kompyuter/TCP paket drayverlari (MS-DOS Ethernet va Internet ga kirish uchun) va LANtastic (MS-DOS, Microsoft Windows va OS/2 uchun) va Windows for Workgroups (Windows-ga NetBIOS-ni qoʻshish uchun). Oʻrnatilgan peer-to-peer tarmoq imkoniyatlariga ega boʻlgan ilk operatsion tizimlarga MacOS va Berkeley Software Distribution kiradi.
Odatda, kompyuter operatsion tizimlari, albatta, tarmoq stekini oʻz ichiga oladi[1]. 1980-yillarda bir-biridan farq qiladigan kompyuterlarni tarmoqqa ulash zarurati ortib bordi va tarmoqqa ulangan qurilmalar soni ham tezlik bilan oʻsdi. Qisman, bu tarmoq paketlarini bitta bino bilan cheklashdan koʻra butun dunyo boʻylab yoʻnaltirishi mumkinligi sababli, tarmoq arxitekturalarida Internet protokollari universal protokol tarzida qabul qilindi. Keyinchalik, kompyuter operatsion tizimlari va tarmoq qurilmalarining proshivkalari Internet protokollarini qoʻllab-quvvatlaydigan boʻldi[5].
Tarmoq qurilmalar operatsion tizimlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarmoq operatsion tizimlari tarmoq layer(oʻzb. qatlam) idagi funksiya va amallar bajaradigan router yoki apparat firewall-iga oʻrnatilishi mumkin (3-qatlam)[6]. Hozirgi kunda ommabop tarmoq operatsion tizimlariga quyidagilar kiradi:
Xususiy tarmoq operatsion tizimlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Cisco IOS, Cisco Systems router va tarmoq switchlarida foydalaniladigan tarmoq operatsion tizimlari oilasi. (Avvalgi switchlar Catalyst yoki CatOS operatsion tizimida ishlagan)
- MikroTik tomonidan ishlab chiqilgan RouterOS
- ZyNOS, ushbu OS ZyXEL tomonidan ishlab chiqarilgan tarmoq qurilmalarida qoʻllanadi
FreeBSD, NetBSD, OpenBSD va Linuxga asoslangan operatsion tizimlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Cisco NX-OS, IOS XE va IOS XR; turli Cisco Systems qurilmalarida, jumladan Cisco Nexus va Cisco ASR platformalarida ishlatiladigan tarmoq operatsion tizimlari oilalari
- Junos OS; Juniper Networks platformalarida ishlaydigan tarmoq operatsion tizimi
- Linuxning toʻliq TCP/IP stekidan foydalanadigan Cumulus Linux distributivi.
- DD-WRT, simsiz marshrutizatorlar va kirish nuqtalari, shuningdek, Linksys WRT54G kabi arzon tarmoq qurilmalari platformalari uchun Linux yadrosiga asoslangan dasturiy taʼminot.
- Dell tarmoq operatsion tizimi; DNOS9 NetBSD-ga asoslangan, OS10 esa Linux yadrosidan foydalanadi
- ExtremeXOS (EXOS), Extreme Networks tomonidan ishlab chiqarilgan tarmoq qurilmalarida qoʻllanadi
- FTOS (Force10 Operating System), Force10 Ethernet switchlarida ishlatiladigan mikrodasturlar oilasi
- ONOS, keng koʻlamlilik, yuqori unumdorlik uchun moʻljallangan, aloqa servis provayderlari uchun ochiq kodli SDN operatsion tizimi (Linux Foundation tomonidan ishlab chiqilgan).
- OpenBSD ochiq kodli operatsion tizim boʻlib, oʻzining BGP, RPKI, OSPF, MPLS, VXLAN va boshqa IETF standartlashtirilgan tarmoq protokollarini, shuningdek, firewall(PF) va tarmoq yuklamasini muvozanatlovchi funksiyalarini oʻz ichiga oladi.
- OpenWrt qurilmalarda IP-paketlarni yoʻnaltirish uchun ishlatiladi.
- pfSense, PF dan foydalanadigan M0n0wall tarmogʻi.
- OPNsense, pfSense tarmogʻi.
- SONiC, Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan Linux-ga asoslangan tarmoq operatsion tizimi.
- VyOS, Vyatta marshrutlash paketining ochiq manbali tarmogʻi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Distributiv Operatsion Tizim
- FRRouting
- Tarmoq Operatsion Tizimi
- Tarmoq funksiyalarini virtualizatsiya qilish
- Operatsion Tizim Loyihalari
- SONiC (operatsion tizim)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Ann McHoes. Understanding Operating Systems, 6, cengage Learning, 2012 — 318-bet. ISBN 9781133417569.
- ↑ Dean, Tamara (2009). „Network Operating Systems“, Network+ Guide to Networks, 421(483)
- ↑ 3,0 3,1 Winkelman, Dr. Roy (2009). „Chapter 6: Software“, An Educator’s Guide to School Networks, 6.
- ↑ Davis, Ziff (2011). „network operating system“, PCmag.comRetrieved 5/7/2011.
- ↑ Ann McHoes. Understanding Operating Systems, 6, cengage Learning, 2012 — 305-bet. ISBN 9781133417569.
- ↑ Al-Shawakfa, Emad; Evens, Martha (2001). „The Dialoguer: An Interactive Bilingual Interface to a Network Operating System.“, Expert Systems Vol. 18 Issue 3, p131, 19p, Retrieved 5/7/2011.