Kontent qismiga oʻtish

Tabuk gʻazoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tabuk gʻazoti
Tabuk, Saudiya Arabistoni
Muhammad (s.a.v.)ning g’azotlari
Sanalar milodiy 630-yil oktyabr (Rajaboyi, hijriy 9-yil)
Urush yeri Aqaba koʻrfazi, Arabiston yarim oroli–Sinay yarim oroli
Natija qon to’kilmagan jang
Qoʻmondonlar
Muhammad (s.a.v.) Xiraql
Kuchlar
30 000 noma'lum
Musulmon-Vizantiya urushlarining bir qismi
Map

Tabuk gʻazoti, shuningdek, (Usra gʻazoti sifatida ham maʼlum) Muhammad tomonidan milodiy 630-yil oktyabr oyida (hijriy 9-yil) boshlangan harbiy harakat edi. U zot mazkur gʻazotda 30 000 [1][2] kishilik qoʻshin bilan hozirgi Saudiya Arabistonining shimoli-gʻarbiy qismidagi Aqaba koʻrfazi yaqinidagi Tabukkacha borganlar[2].

Vizantiyaga qarshi gʻazot haqidagi mish-mishlardan soʻng[1], musulmonlar va Muhammadning ittifoqchilari safarga chiqish haqida shoshilinch chaqiruv olganlar. Baʼzilar qatnashmaslik uchun bahona oʻylab topgan. Muhammad arablarni qoʻshilishga koʻndirish uchun turtki berib, koʻpchilikni zarur ashyolar bilan taʼminlaganlar[3].

Gʻazot tafsilotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad va u zotning qoʻshinlari 630-yil oktyabrda[2][4] (hijriy 9-yil, Rajab oyi) shimolga, Aqaba koʻrfazi yaqinidagi Tabukka qarab yurishgan. Bu u zotning eng katta va eng oxirgi harbiy ekspeditsiyalari edi[2]. Muhammadning boshqa bir qancha gʻazotlarida qatnashgan Ali ibn Abu Tolib (r.a.) Madinani qoʻriqlash uchun qolgani bois Tabuk gʻazotida qatnashmagan[5]. Tabukka yetib kelib, u yerda qarorgoh qurgan Muhammad qo‘shini Vizantiya bosqiniga qarshi turishga hozirlik ko‘rgan[6]. Muhammad Tabukda yigirma kun bo‘lib, bu yerni o‘rganib chiqqanlar va mahalliy rahbarlar bilan ittifoq tuzganlar[4]. Vizantiya qo‘shinidan darak bo‘lmagach[2], Madinaga qaytishga qaror qilingan[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 George F. Nafziger; Mark W. Walton (2003), Islam at War: A History, Praeger Publishers, 13-bet
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Welch, Alford T.; Moussalli, Ahmad S. (2009). "Muḥammad". The Oxford Encyclopedia of the Islamic World. Oxford University Press. http://www.oxfordreference.com/view/10.1093/acref/9780195305135.001.0001/acref-9780195305135-e-0550?rskey=xq9Xo4&result=5. 
  3. Muir, William. Life of Mahomet. Kessinger Publishing Co, 10 August 2003 — 454-bet. ISBN 978-0766177413. 
  4. 4,0 4,1 Richard A. Gabriel (2007), Muhammad: Islam’s First Great General, University of Oklahoma Press, 197-bet, ISBN 978-0-8061-3860-2
  5. Sachedina, Abdulaziz (2009). "ʿAlī ibn Abī Ṭālib". The Oxford Encyclopedia of the Islamic World. Oxford University Press. http://www.oxfordreference.com/view/10.1093/acref/9780195305135.001.0001/acref-9780195305135-e-0049?rskey=xq9Xo4&result=1. 
  6. „The Expedition of Tabuk“. Al-Islam.org. Qaraldi: 2016-yil 7-avgust.