Qichqiriq
Qichqiriq (Norvegcha: Skrik) |
Edvard Munch, 1893 |
Moyboʻyoq, tempera va pastel bilan kartonga chizilgan |
91 × 73.5 sm |
Milliy Galereya, Oslo |
Qichqiriq (norvegcha: Skrik, 1893) norveg rassomi Edvard Munch chizgan ekspressionistik rasmlar seriyasidir. Unda qizil osmon fonidagi agoniyaga tushgan kishi tasvirlangan. Ushbu rasm odamzotning ekzistensialistik xavotir va qoʻrquv iskanjasida qolishi ramzidir, deb hisoblanadi[1]. Munch shu rasmning bir necha variantlarini chizgan. Eng qizigʻi shundaki, bu suratni sotib olgan kishi koʻp oʻtmay vafot etavergan.[manba kerak] Oxir-oqibat suratni muzeyga topshirishgan.
Qichqiriq ikki marta - 1994 va 2004-yillarda oʻgʻirlangan; ikkala holda ham topilib, qaytarilgan.
2012-yil 2-may kuni New Yorkdagi kimoshdi savdosida Qichqiriq 119,9 million AQSh dollariga sotildi.[2][3]
2020-yilning iyun oyida Londonning “Chelsi” klubi xoʻjayini Roman Abramovich “Sotbis” auksionida Munkning “Qichqiriq” kartinasini sotib oldi. Xarid narxi 120 million dollarni tashkil etgan. Abramovich mashhur kartinaning toʻrt variantidan birini sotib olgan. “Qichqiriq” — Edvard Munkning 1893—1910-yillarda yaratilgan suratlar seriyasidir.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ The Age
- ↑ Картина Эдварда Мунка установила абсолютный рекорд стоимости, lenta.ru
- ↑ ʻThe Scream’ Is Auctioned for a Record $119.9 Million, The New York Times
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |