Guanidin
Guanidin, (NH,)2C=NH - rangsiz kristall. Kuchli ishqor, ishqoriy metallar gidroksidlariga yaqin turadi mol. m. 59,07 suyuqlanish temperaturasi 50°. Gigroskopik, havodan SO2 va suvni yutib yumshaydi. Guanidin suvda gidrolizlanib mochevina hosil qiladi. (29°da 20 soʻtkada 50% gacha). Kislotalar bilan reaksiyaga kirishib gidrolizga chidamli tuzlar hosil qiladi. Oson alkillanadi, ishqorlar ishtirokida kislotalar efirlari taʼsirida atsillanadi. Sanoatda guanidin va uning tuzlari tegishli ammoniy tuzlarini mochevina yoki izianoguanidin bilan birga qizdirish, shuningdek, sianguanidinning suvdagi eritmasini gidrogenoliz qilish yoʻli bilan olinadi. Guanidin hosilalari faol bakteritsid va fungitsidlar. Guanidin pirimidin, oksazol va boshqa birikmalar sintezida xom ashyo boʻlib xizmat qiladi. Tuzlari sanoatda surkov moylarida qoʻshimcha, korroziya ingibitorlari, bogʻlovchi moddalar sifatida ishlatiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |