Kontent qismiga oʻtish

Erkinjon Turdimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turdimov Erkinjon Oqboʻtayevich
Турдимов Эркинжон Оқбўтаевич
Samarqand viloyati hokimi
Mansab davri
2018-yil 11-iyul – 2024-yil 28-noyabr
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Turobjon Joʻrayev
Vorisi Adiz Boboyev
Surxondaryo viloyati hokimi
Mansab davri
2016-yil 20-dekabr – 2018-yil 11-iyulgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Tojimurod Mamaraimov
Vorisi Bahodir Poʻlatov
Navoiy viloyati hokimi
Mansab davri
2008-yil 12-dekabr – 2016-yil 20-dekabrgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Bahriddin Roʻziyev
Vorisi Qobul Tursunov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-iyul 1969-yil (1969-07-10) (55 yosh)
Samarqand
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Turdimov Erkinjon Oqboʻtayevich (oʻzbekcha: Турдимов Эркинжон Оқбўтаевич; 1969-yil 10-iyul, Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi aʼzosi[1] (2008-yildan) hamda Navoiy viloyati hokimi. 2016-yilda Surxondaryo viloyati hokimligiga tayinlangan. 2018-yildan to 2024-yilgacha Samarqand viloyati hokimi[2] sifatida faoliyat yuritgan. Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov Afgʻoniston vazirligi medali bilan taqdirlandi. Medalni Afgʻoniston Islom Respublikasi Irshod, haj va vaqf ishlari vaziri Muhammad Qosim Halimiy topshirgan[3].

1991-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1991—1995-yillarda „Oʻzsanoatqurilishbank“ning Sirdaryo filialida boʻlim mutaxasisi, „Oʻzsanoatqurilishbank“ning Zarafshon boʻlimi pul muomalasi boʻlimida bosh mutaxasis, boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, Zarafshon boʻlimi boshqaruvchisi, 1995—1996-yillarda Zarafshon shahar hokimining oʻrinbosari, 1996—2000-yillarda Oʻzbekiston Milliy banki Navoiy boʻlimi boshqaruvchisi, 2000—2008-yillarda Navoiy viloyati Xatirchi tumani hokimi, 2008-yilda — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari, 2008-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi aʼzosi[4]. Erkinjon Turdimov 2008—2016-yillarda Navoiy viloyati hokimi[5], 2009—2016-yillarda xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputati, 2016—2018-yillarda Surxondaryo viloyati hokimi[6], 2018-yildan Samarqand viloyati hokimi[7] vazifasida ishlab kelmoqda.

E. Turdimov 2006-yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan[8].

Ommaviy chiqishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erkinjon Turdimov vaqti-vaqti bilan OAV nazariga tushib turadi. Jumladan, 2018-yilda soxta hisobot bergan rahbarlarni jazolashni taklif qilishi[9].

Barcha jamoada qorovul, farrosh, haydovchi va boshqa texnik xodimlar shtatlari bor. Garchi xizmati muhim bo‘lsa-da, ularga e’tibor yetarli emas. Maoshi juda kam bo‘lgani uchun bu kasb egalari idoraga nomigagina kelib ketadi, sidqidildan ishlamaydi. Ko‘p jamoalarda ularning munosib sharoitda ishlashi, dam olishi uchun imkoniyat yaratilmagan, ish qurollari, maxsus kiyim uchun mablag‘ ajratilmaydi. Bunday toifadagi kishilar bayramlar munosabati bilan rag‘batlantirishda ham esdan chiqib qoladi. Tashkilotlar rahbarlari, kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotlari bu masalalarga yil boshida alohida e’tibor qaratib, jiddiy o‘ylab ko‘rsalar maqsadga muvofiq bo‘lardi

— Erkinjon Turdimov, [10]

2019-yilda E. Turdimov qurilishdagi pinhona kelishuvlar korrupsiyaga yo‘l ochganligi haqida ham gapirib oʻtgan edi[11]. 2020-yilda Samarqand viloyatida sogʻlom turmush tarzi targʻiboti doirasida viloyatdagi barcha rahbarlarni 10 kun davomida ishga piyoda qatnashga chaqiruvi ham muhokamalar keltirib chiqargan edi[12].

2011-yilda Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan.

2024-yil 24-avgustda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan mukofotlangan[13].

  1. Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi tarkibi toʻgʻrisida
  2. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 15 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
  3. „Самарқанд вилояти ҳокими Афғонистон вазирлиги медали билан тақдирланди“. Bugun.uz. 2021-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-mart.
  4. http://senat.gov.uz/ru/senators/view/28[sayt ishlamaydi]
  5. https://lex.uz/docs/2624289[sayt ishlamaydi]
  6. Senat, 2016-12-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-02-27
  7. Samarqand viloyati hokimi ishdan olingan, uning oʻrnini Erkinjon Turdimov egallaydi
  8. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 15 YILLIGI MUNOSABATI BILAN DAVLAT XIZMATCHILARI HAMDA ISHLAB CHIQARISH VA IJTIMOIY-IQTISODIY SOHALAR XODIMLARIDAN BIR GURUHINI MUKOFOTLASH TO‘G‘RISIDA“. www.lex.uz. Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.
  9. „Erkinjon Turdimov soxta hisobot bergan rahbarlarni jazolashni tavsiya qildi“ (2022-yil 2-avgust). Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.
  10. http://m.xabar.uz/uz/jamiyat/erkinjon-turdimov-qorovul-farrosh-haydovchi
  11. „Erkinjon Turdimov: «Qurilishdagi pinhona kelishuvlar korrupsiyaga yo‘l ochgan»“. Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.
  12. „Erkinjon Turdimov: «O‘n kun ishga piyoda qatnayman»“. Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.
  13. „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз уч йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.