Kontent qismiga oʻtish

Qayum Xolmirzayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qayum Xolmirzaev
 Andijon viloyati hokimi
Mansab davri
21-fevral 1992-yildan – 4-fevral 1993-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi lavozim ta'sis etilgan
Vorisi Qobiljon Obidov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1943-yil 19-iyul
Oʻzbekiston SSR, SSSR
Mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasi Faxriy yorligʻi

Qayum Xolmirzaevich Xolmirzaev (1943-yil 19-iyul, Jalaquduq tumani,Oʻzbekiston SSR, SSSR) – sovet va oʻzbek davlat va partiya arbobi. 1992-1993 yillarda Andijon viloyati hokimi[1].

Qayum Xolmirzayev 1943-yil 19-iyulda Andijon viloyati, Jalolquduq tumani, Soʻfi-Qishloq shahrida tugʻilgan. 1975-yilda Toshkent qishloq xoʻjalik institutini tamomlagan. Ilk mehnat faoliyatini oʻzi tahsil olgan institutning komsomol qoʻmitasi kotibligidan boshlagan. Turli yillarda Toshkent viloyatining Orjonikidze tumanida tuman komsomol qoʻmitasi kotibi boʻlib ishlagan. Toshkent viloyati tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimiga rahbarlik qilgan, „Qibray“ sovxozi direktori, partiya ishlarida ham faol boʻlgan. Oʻzbekiston xalq deputati etib saylangan. 1988-yildan 1990-yil 5-martgacha O‘zbekiston KP Andijon viloyat qo‘mitasi kotibi, 1990-yil 5-mart — 1991-yil 14-sentyabr qadar Oʻzbekiston Kompartiyasi Andijon viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi lavozimida ishlagan[2]. 1990 yil martdan 1992 yil fevralgacha xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi raisi. 1992-yil 21-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoni [3] bilan Andijon viloyati hokimi etib tayinlangan hamda 1993-yilning 6-fevraliga qadar ushbu viloyatni boshqargan[4].

1992-yilning 30-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Qayum Xolmirzayevni koʻp yillik samarali mehnati, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirishga qoʻshgan hissasi, jamiyat hayotidagi faol ishtiroki uchun bilan Oʻzbekiston Respublikasi Faxriy yorligʻi bilan taqdirlagan [5].