Kontent qismiga oʻtish

Bangidevona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bangidevona, Tikanli olma (Datura stramonium L.) — Solanaceae (ituzumdoshlarga) mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi tarqoq, tik shoxlanib oʻsadi; boʻyi 1,2 m cha. Bargi tuxumsimon, bandli, uchi qirrali. Gullari oq, barg qoʻltigʻida bittadan joylashgan. Mevasi yashil, tikan bilan qoplangan toʻrt chanoqli tuxumsimon koʻsakcha: uz. 4,5 sm gacha boradi, 500 ga yaqin buyraksimon, qora tusli urugʻ beradi. Maydan iyungacha gullaydi va mevalaydi. Urugʻidan koʻpayadi. Bargi, poyasi, ildizida giossiamin, skopolamin, atropin kabi zaharli alkaloidlar bor. Bargidan revmatizm, nevralgiya kasalliklarini davolashda ishlatiladigan dorilar tayyorlanadi. Kurash choralari: ekinzorlar qoʻlda oʻtoq qilinadi[1][2].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Armando T. Hunziker: The Genera of Solanaceae (o'zbek tilida: Ituzumdoshlarning Turkumi). A.R.G. Gantner Verlag K.G., Ruggell, Liechtenstein 2001. ISBN 3-904144-77-4