Tunis Konstitutsiyasi
Tunis Konstitutsiyasi Tunis Respublikasining asosiy qonunidir.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi zamonaviy konstitutsiya „1857-yilgi asosiy pakt“ deb nomlangan. Uning oʻrnini 1861-yilgi Konstitutsiya egalladi, u 1956-yilda Fransiya maʼmuriyati qulagunga qadar oʻz kuchini saqlab qoldi va 1959-yilgi Konstitutsiya bilan almashtirildi. Konstitutsiyaga 1999-2002-yillarda oʻzgartirishlar kiritilgan.
2013-2014-yillardagi inqilob va uzoq davom etgan ommaviy norozilik namoyishlaridan soʻng yangi konstitutsiya loyihasini ishlab chiqish uchunassambleya saylandi. U 2014-yil 26-yanvarda qabul qilingan va hozirgacha amalda[1].
2014-yil Konstitutsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yangi konstitutsiya loyihasini tayyorlash boʻyicha ishlar 2012-yil 13-fevralda konstitutsiya mavzularidan biri boʻyicha masʼul boʻlgan oltita qoʻmita tashkil etilishi bilan boshlandi. Birinchi qoʻmita muqaddima, umumiy tamoyillar va tuzatishlar uchun mas’ul edi. Har bir qoʻmita siyosiy partiyalarni mutanosib ravishda vakillik qiluvchi 22 nafar aʼzodan iborat edi. Eng muhim va munozarali masala boshqaruv shakli edi.
24-dekabr kuni siyosiy partiyalar 2014-yil 14-yanvarga qadar konstitutsiya qabul qilishga kelishib oldilar. Muddat 14-yanvarda prezident Zine al-Obidin Ben Ali hokimiyatdan agʻdarilganiga uch yil toʻlishi asosida tanlangan.
Assambleya 6-yanvar kuni Konstitutsiyaning 20-moddasida ayollarga erkaklar bilan teng huquqlar berib, „Barcha erkaklar va ayollar bir xil huquq va burchlarga ega hamda qonun oldida tengdirlar“ deb tasdiqlandi. Assambleyaning ovoz beruvchi 169 nafar aʼzosidan 159 nafari yoqlab ovoz berdi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Tunisia assembly approves new constitution“. Al Jazeera English (26-yanvar 2014-yil). 2014-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-yanvar 2014-yil.
- ↑ „Lenta.ru: Мир: Политика: В Тунисе женщин уравняют в правах с мужчинами“. 2014-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-fevral.