Tohir Axmadaliyev
Tohir Axmadaliyev | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
3-noyabr 1965-yil Andijon viloyati, OʻzSSR |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi |
Taʼlim | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti |
Kasbi | iqtisodchi-matematik |
Tohir Muxtarovich Axmadaliev (tugʻ. 1965-yil 3-noyabr, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek deputati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari boʻyicha deputati.[1]
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tohir Muxtarovich Axmadaliyev 1965-yil 3-noyabrda Andijon viloyatida tugʻilgan. Toshkent xalq xoʻjaligi instituti va Sankt-Peterburg (Rossiya) davlat iqtisodiyot va moliya universitetini tamomlagan va oliy maʼlumotga ega. Kasbi iqtisodchi-matematik.[2] Shuningdek, u rus va nemis tillarini yaxshi biladi.[manba kerak]
Mehnat faoliyatini 1988-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti Andijon filiali assistenti lavozimidan boshlagan. 2012-2015-yillarda «Andijon viloyat kabel televideniyesi» MCHJ direktor o‘rinbosari, 2015-2020-yillarda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari o‘rinbosari, rahbari lavozimlarida ishlagan. 2
Martaba
[tahrir | manbasini tahrirlash]Axmadaliyev Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi etib tayinlangan.[3]
Axmadaliyev Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Andijon viloyati boʻyicha deputati.[4]
Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi etib tayinlangan.[3]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „314-IV-сон 10.06.2020. О создании межпарламентской группы Олий Мажлиса Республики Узбекистан по сотрудничеству с Сеймом Литовской Республики“. lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 5-may.
- ↑ „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2021-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
- ↑ 3,0 3,1 „arxiv nusxasi“. 2021-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
- ↑ „Кандидаты“ (ru). elections.uz. Qaraldi: 2021-yil 5-may.