Kontent qismiga oʻtish

Sonatrach

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sonatrach — neft va tabiiy gazni qazib olish, qayta ishlash va sotishga ixtisoslashgan Jazoirning (shuningdek Afrika qitʼasida) eng yirik davlat neft va gaz kompaniyasi hisoblanadi.

Iqtisodiy koʻrsatkichlar boʻyicha Sonatrach, shuningdek, Afrika qitʼasidagi (barcha faoliyat turlaridagi korxonalar orasida) eng yirik neft va gaz qazib olishdagi kompaniya hisoblanadi

Kompaniyaning bosh qarorgohi Jazoir mamlakat poytaxti - Jazoirda joylashgan.

Kompaniya 1963-yil dekabr oyida Société Nationale de Transport et de Commercialisation des Hydrocarbures nomi ostida tashkil etilgan; 1966-yilda kompaniyaning vazifalariga neft va gazni qidirish, qazib olish va qayta ishlash vazifalari ham qoʻshildi. 1970—1971-yillarda xorijiy kompaniyalarga tegishli boʻlgan Jazoir neft va gaz sanoati milliylashtirilgach, uni nazorat qilish Sonatrachga oʻtdi. Biroq, Sonatrach konlarni oʻzlashtirish uchun malakali kadrlarga ega boʻlmaganligi sababli Fransiya, AQSh, Ispaniya, Braziliya va Germaniya kompaniyalari bilan bir qator qoʻshma korxonalar tashkil etildi va malakali kadrlarni jalb qilish ishlari amalga oshirildi. 1977-yilda Italiyaning Eni kompaniyasi bilan Italiyaga 2,5 milliard dollarlik gaz quvuri qurish boʻyicha kelishuvga erishildi. 1980-yillarda Italiya va Yaponiya mutaxassislarini jalb qilgan holda Jazoir poytaxtidagi bitta neftni qayta ishlash zavodiga yana beshta yangi neftni qayta ishlash zavodi qoʻshildi. 1990-yillarda Italiya, Ispaniya va Portugaliyaga yangi gaz quvurlari tortildi, yangi qoʻshma korxonalar ham yaratildi va Britaniya Biritish Petroleum katta rol oʻynay boshladi. Sonatrach dunyodagi yetakchi LPG eksportchilaridan biriga aylandi[1].

Kompaniya toʻliq davlatga tegishli hisoblanadi. Kompaniya prezidenti — Mohamed Meziane boʻladi.

Kompaniya neft va gazni qazib olish, qayta ishlash, sotish va tashish bilan shugʻullanadi, shuningdek, elektroenergetika sanoatini rivojlantirishga sarmoya kiritadi. Kompaniya hisobiga 80 % ga yaqin Jazoirda neft va gaz qazib olishning ulushi tegishlidir . Mamlakat tabiiy gaz zahiralari boʻyicha dunyoda 10-oʻrinni va eksporti boʻyicha 6-oʻrinni, neft zaxiralari boʻyicha 16-oʻrinni egallaydi[2].

2020-yilda uglevodorod qazib olish 175,9 million tonna neft ekvivalentini (kuniga 3,53 million barrel) tashkil etdi, shundan 42,4 million tonna neft, 7,8 million tonna gaz kondensati, 123,2 milliard m³ tabiiy gaz foydali qazilmalari Jazoir mamlakatida qazib olindi.

Kompaniya umumiy uzunligi 22 ming km boʻlgan neft va gaz quvurlari tarmogʻiga ega (asosiy konlar mamlakat janubida, asosiy isteʼmolchilar va eksport terminallari shimolda joylashgan). Shuningdek, Jazoirni Yevropa bilan bogʻlaydigan uchta gaz quvuri mavjud boʻlib, ularning quvvati yiliga 50 milliard m³ ni tashkil etadi; Ulardan biri Tunis orqali Italiya davlatiga, qolgan ikkitasi Ispaniya davlatigaga yoʻnaltirilgan.

Sonatrachning neftni qayta ishlash zavodlari tarkibiga 6 ta neftni qayta ishlash zavodi va 2 ta neft-kimyo majmuasi kiradi; neft mahsulotlari ishlab chiqarish — yiliga 30 million tonnaga yaqinlashadi, ularning yarmi esa eksport qilinadi. Shuningdek, tabiiy gazni suyultirish va uni propan va butanga ajratish boʻyicha 4 ta sanoat korxonasi ham oʻz ish faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

2020-yilda kompaniya tomonidan 20 milliard dollarlik uglevodorod xomashyosi, 80 million tonnadan ortiq eksport qilingan, shundan 16,7 million tonna neft, 3,3 million tonna gaz kondensati, 14,6 million tonna neft mahsulotlari, 25,6 milliard m³ tabiiy gaz, 22,9 million tonna m³ suyultirilgan gaz ishlab chiqaradi. Ichki bozorda isteʼmol 60 million tonna uglevodorodlar, shu jumladan 12,9 million tonna neft mahsulotlari va 44,8 milliard m³ tabiiy gaz tashkil etadi. qazib olinadigan foydalai qazilmalarning juda katta qismi Yevropaga eksport qilinadi. .

Sonatrach guruhining asosiy tarkibiy qismlari:

  • Sonatrach OAJ (72 % daromadning)
  • NAFTAL (11 % daromadning)
  • Sonatrach Raffineria Italiana (SRI) (9 % daromadning)
  • SPC BVI (3 % daromadning)
  1. „History of Sonatrach – FundingUniverse“ (en). International Directory of Company Histories, Vol. 65. St. James Press, 2004. Qaraldi: 2022-yil 12-iyun.
  2. „Algeria - Oil and Gas - Hydrocarbons“ (en). International Trade Administration. Qaraldi: 2022-yil 12-iyun.