Saboil tumani
Saboil — Boku buxtasida, sohildan tahminan 350 m janubi-gʻarbda joylashgan tarixiy-meʼmorlik obidasining nomidir. Uzunligi 140, eni 35 metrdir. 3 doira va 12 yarimdoira burji boʻlgan tosh devor bilan (eni 1,2-2 m) oʻralgan. Arxeologik tadqiqotlar vaqti Saboildan ustida arab tilida yozilgan yozuvlar, inson, qush va hayvon tasviri tushirilgan 700 ga yaqin tosh, shuningdek, Shirvonshoh Gershasbin I Gushtasp nomidan chiqarilgan mis tanga, bino qoldiqlari, sopol idishlar, tegirmon, pichoq sopi, mix va boshqalar topilgan. Qoʻlyozmalarda Qur’on oyatlari, 1234-35-yil tarixi, turli shaharlar, hunarmandlar va Shirvonshohlarning nomlari yozilgan.[1]
Xalq orasida „Suv ostidagi shahar“, „Bayil toshlari“, „Shahri Yunon“, „Karvonsaroy“, „Bayil qasri“ va boshqacha nomlangan Saboil tahminan XIII asr boshlarida tashkil qilingan, XIV asr boshlarida esa tektonik oʻzgarishlar natijasida Kaspiy suvlari ostida qolgan. Keyinchalik suv sathi pasayib, 1723-yilda obida yangidan quruqlikka chiqdi. Tahminlarga koʻra Saboil mudofaa qal’asi va bojxona, baʼzi olimlar fikricha, ibodatxona boʻlgan.[1]
Saboil tumani hududida antik davrga va oʻrta asrlarga oid obidalar mavjud. Tumanda joylashgan obidalardan Icherishahar, Shirvonshohlar saroy kompleksi va Qiz qal’asini qayd qilish lozim. Boku shahrining, shu bilan birga respublikaning asos madaniyat markazlari, shu jumladan, 7 ta teatr, filarmoniya, 5 kutubxona, 16 muzey, 4 madaniyat uyi, 3 musiqa maktabi, 47 mehmonxona Saboil tumanida joylashgan. Hududda turli fan, tasviriy sanʼat korifeylari, urush va adabiy qahramonlarning sharafi uchun qoʻyilgan haykallar, 4 park va 18 istirohat bogʻi bor.[2]
Saboil tumani Bokudagi eng qadimgi tuman boʻlib, oʻtgan asrning 20-yillaridan beri maʼmuriy hududiy birlik sifatida shakllantirilgan. Tuman avval „Bayil-Bibi-Heybat“, 1931-yildan boshlab „Stalin“, 1960-yildan esa „26-Baki Komissarlari“ nomi berilgan va 1992-yil 29-apreldan Ozarbayjon Respublikasi Oliy Soveti Milliy Kengashining 112-sonli qaroriga asosan Saboil tumani deb nomlandi. Boku mintaqalaridan biri Bodomdor va qadimiy tarixi boʻlgan Bibihaybat aholi punktlari Saboil tumanining maʼmuriy hududidir. Tumanda 3 ijro qoʻmitasi — Saboil, Bodomdor va Bibihaybat qoʻmitalari faoliyat koʻrsatadi.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Sabail rayonu“. sabail-ih.gov.az. Qaraldi: 26 sentyabr 2017.
- ↑ 2,0 2,1 „Sabail rayonu: Mədəniyyət“. sabail-ih.gov.az. Qaraldi: 26 sentyabr 2017.