Rustam Inoyatov
Inoyatov Rustam Rasulovich | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi | |
Mansab davri 2018-yil 31-yanvardan – 2021-yil 15-noyabrgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Otabek Murodov[1][2] |
Vorisi | Baxtiyor Islomov |
2-Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi | |
Mansab davri 1995-yil 27-iyundan – 2018-yil 31-yanvargacha | |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Gʻulomjon Aliyev |
Vorisi | Ixtiyor Abdullayev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
22-iyun 1944-yil Sherobod Surxondaryo |
Mukofotlari | |
Xizmat yillari | 1968—2018 |
Unvoni | General-polkovnik |
Inoyatov Rustam Rasulovich (22-iyun 1944-yilda tugʻilgan) — 1995-yildan 2018-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi, 2018-yildan 2021-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi boʻlgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1968-yilda Toshkent Davlat Universiteti Sharqshunoslik fakultetini „eronshunos“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Ingliz, fors tillarini mukammal biladi. Oʻqishni bitirgach, Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni oʻtagan.
1972-yilda Oʻzbekiston SSR Davlat xavfsizligi qoʻmitasi (KGB)ga xizmatga qabul qilingan.
1976-1981-yillarda — SSSRning Afgʻonistondagi vatandoshlar bilan doʻstlik va madaniy aloqalar jamiyati xodimi.
1981-1991-yillarda — SSSR Davlat xavfsizligi qoʻmitasi Birinchi bosh boshqarmasi (tashqi razvedka xizmati) xodimi.
1991-1995-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining birinchi oʻrinbosari.
1995-yil 27-iyun kuni Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlangan[3][4].
2018-yil 31-yanvardan 2021-yil 15-noyabrgacha — Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi.[5]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi[6]
1992-yilda General-mayor, 1996-yilda General-leytenant, 1999-yilda esa General-polkovnik oliy harbiy unvoni berilgan.[7]
1999-2020 yillarda Oʻzbekiston tennis federatsiyasi prezidenti[8]
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Otasi — Rasul Inoyatov (marhum), OʻzSSR sogʻliqni saqlash vazirligi kadrlar boshqarmasi boshligʻi boʻlgan.
Turmush oʻrtogʻi — Flora Inoyatova (qizlik familiyasi ham Inoyatova), professor. Toshkent farmatsevtika instituti kafedra mudiri[9]. Uning ukasi Ulugʻbek Inoyatov, Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi aʼzosi, sobiq xalq taʼlimi vaziri.
Qudasi — Botir Parpiyev, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining sobiq raisi.
Qudasi — Saidahmad Rahimov, Oʻzbekiston sobiq moliya vaziri.
Oʻgʻli — Sharif Inoyatov, tadbirkor. „Metropol Group“ mas’uliyati cheklangan jamiyati asoschilaridan biri.
Kuyovi — Bobur Parpiyev, Orient Finans Bank asoschisi, tadbirkor.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Отабек Муродов назначен Генеральным прокурором | Pravda Vostoka Online, 2018-02-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-02-01
- ↑ http://lex.uz/pdfs/3727138
- ↑ Rustam Inoyatov MXX rahbarligidan ketdi
- ↑ „Glava SNB Uzbekistana osvobojden ot doljnosti“. 2018-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-fevral.
- ↑ https://m.kun.uz/news/2021/11/15/rustam-inoyatov-prezident-maslahatchisi-lavozimidan-ketdi
- ↑ „Inoyatov Rustam Rasulovich“. 2022-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-sentyabr.
- ↑ R. Inoyatovni mukofotlash toʻgʻrisida
- ↑ „Рустам Иноятов Ўзбекистон теннис федерацияси раиси лавозимини тарк этди“.
- ↑ „MXX raisi Inoyatovning rafiqasi davlat mukofoti oldi“ (2017-yil 24-avgust). Qaraldi: 27-dekabr 2022-yil.
- 22-iyunda tugʻilganlar
- 1944-yilda tugʻilganlar
- Sherobodda tugʻilganlar
- O‘zbekiston Respublikasi Faxriy yorlig‘i sohiblari
- Amir Temur ordeni sohiblari
- Shon-sharaf ordeni sohiblari
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 10 yil medali sohiblari
- Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 15 yil medali sohiblari
- Oʻzbekiston xavfsizlik xizmati rahbarlari
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Oʻzbekiston siyosatchilari
- Oʻzbekiston generallari
- Oʻzbekiston davlat arboblari
- KGB ofitserlari
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari
- Oʻzbekiston maqtov yorligʻi sohiblari
- Maxsus xizmatlar rahbarlari
- Oʻzbekiston senatorlari
- Oʻzbekiston harbiy xizmatchilari
- Oʻzbekiston mahsus xizmat kishilari