Qurtova
Qiyofa
Qurtova, qurtoba — qurutni qaynagan suvda ezib, ayronni qaynatib tayyorlanadigan parhez tansiq taom. Qurut tuyilib yoki suzma iylab ezilib elakdan oʻtkaziladi va qaynagan issiq suvda yogʻoch qoshiq bilan atalasimon massa hosil boʻlguncha aralashtiriladi. Qozonga solib sust olovda bir qaynatib olinadi va eritilgan sariyogʻ (maskayogʻ) solib aralashtiriladi. sariyogʻ erishi bilan qozonni olovdan olib, kosalarga suziladi.
Qadimda chorvador qabilalarning qish, bahor mavsumida tayyorlanadigan taomi hisoblangan. Hozirgi davrda asosan, qishloqlarda tayyorlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |