Kontent qismiga oʻtish

Miluoki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Miluoki — AQShning shim. qismidagi shahar. Viskonsin shtatida. Axoliyey 596,9 ming kishi (2000). Miluoki daryosi Michigan koʻliga quyiladigan yerdagi port. Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik va metallsozlik sanoatining yirik markazi. Stanoklar, presslash va sanoat jihozlari, elektromotorlar, qishloq xoʻjaligi va yoʻl qurilish mashinalari, konchilik jihozlari ishlab chiqariladi. Avtomobilsozlik, priborsozlik, harbiy sanoat, qora va rangli metallurgiya korxonalari bor. Kime, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, poligrafiya korxonalari ishlab turibdi. Universitet bor. Shaharga 1818-yilda asos solingan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil