Ludwig Erhard
Lyudvig Vilgelm Erxard | |
---|---|
nemischa: Ludwig Wilhelm Erhard | |
2-GFR Federal kantsleri | |
Mansab davri 16-oktabr 1963-yil – 30-noyabr 1966-yil | |
Oʻtmishdoshi | Konrad Adenauer |
Vorisi | Kurt Georg Kizenger |
Germaniya vitse-kantsleri | |
Mansab davri 29-oktabr 1957-yil – 16-oktabr 1963-yil | |
Oʻtmishdoshi | Frants Blyuxer |
Vorisi | Erix Mende |
1-GFR iqtisod vaziri | |
Mansab davri 20-sentabr 1949-yil – 16-oktabr 1963-yil | |
Oʻtmishdoshi | lavozim ta'sis etilgan |
Vorisi | Kurt Shmyukker |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
nemischa: Ludwig Wilhelm Erhard Fyurt, Oʻrta Frankoniya, Bavariya, Germaniya imperiyasi |
Vafoti | Bonn, Germaniya |
Millati | nemis |
Siyosiy partiyasi | XDI |
Turmush oʻrtogʻi | Luiza Erxard (1893—1975) 1923-yildan |
Bolalari | Elizabet |
Taʼlim |
Nyurenberg Iqtisod va Ijtimoiy fanlar oliy maktabi Gyote nomidagi Frankfurt Universiteti Gardenberg gimnaziyasi |
Kasbi | iqtisodchi |
Dini | lyuteranlik |
Mukofotlari | |
Dafn etilgan joyi | Gmund |
Ish joyi |
Myunxen Universiteti Bonn Universiteti |
Imzosi |
Lyudvig Vilgelm Erxard (nemischa: Ludwig Wilhelm Erhard ; 1897-fevral 4-yil, Fyurt, Oʻrta Frankoniya, Bavariya, Germaniya imperiyasi — 1977-yil 5-may, Bonn, Germaniya) — gʻarbiy nemis iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi, Germaniyada urushdan keyingi iqtisodiy islohotlarning bosh qahramoni. 1963–1966-yillarda Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri. 1966-yil martdan 1967-yil maygacha Xristian-demokratik ittifoq raisi.
U iqtisod vaziri sifatida joriy etgan «ijtimoiy bozor iqtisodiyoti» deb nomlanuvchi nemis iqtisodiy tizimining otasi deb hisoblanadi, ammo uning ushbu iqtisodiy tiklanishdagi xissasi bahslidir[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lyudvig Erxard Bavariyada kichik biznesmen oilasida tugʻilgan. Uninng otasi katolik, onasi esa yevangelist protestant edi. Ota xotiniga bolalarni oʻz eʼtiqodida tarbiyalashga ruxsat berdi. Keyinchalik, Erxard protestant boʻlib, xristian-demokratik doiralarda katoliklar bilan yaxshi hamkorlik qildi[2].
Erxard oʻrta maʼlumotni Fyurt va Nyurnbergda olgan va Birinchi jahon urushi davrida gaubitsa artilleriyasida jang qilgan. 1918-yilda chap yelkasining sinishi, chap qoʻlning sezilarli atrofiyasi natijasida jarohat oldi. Ettita operatsiyadan soʻng unga tashxis qoʻyilib, jismoniy mehnatga yaroqsiz deb topildi. Bu Erxardning kelajakda otasining biznesi bilan shugʻullanishiga toʻsqinlik qiladigan asosiy omil edi. Jarohat Erxardning sogʻligʻiga ikkinchi kuchli zarba boʻldi. Bundan avval u uch yoshida poliomielitdan aziyat chekkan, shundan soʻng uning oʻng oyogʻi umr boʻyi deformatsiyalangan holda qolgan edi.
Erxard avval Nyurnbergdagi Oliy Savdo maktabida iqtisod boʻyicha tahsil olib, uni 1922-yilda tugatdi va soʻngra Frankfurt universitetiga oʻqishga kirdi[3]. Erxard Frankfurtdagi universitetda oʻqiganida butunlay yolgʻiz qoladi. Oʻzining ovozini unutmaslik uchun u parkga borib, oʻzi bilan oʻzi uzoq vaqt baland ovozda gaplashib oʻtirardi. Ammo u bu muammoni yengib oʻtib, oʻz davrining ijtimoiy hayotdagi eng integratsiyalashgan nemislaridan biriga aylandi. Talabalik vaqtida Frankfurt universitetida iqtisodni oʻqitish sifati pastligi koʻrgan Erxard dekanatga boradi va unga sifatli taʼlimni kim bera olishini soʻraydi. Unga Frants Oppengeymer ismli bir odam borligini aytishadi. Erxard uning oldiga boradi. Shundan soʻng u Oppengeymerni eng yaxshi nemis iqtisodchilaridan biri, Germaniyada liberal dunyoqarashga asos solgan odam deb hisoblaydi.
1925-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgandan soʻng u Nyurnberg iqtisodiy tadqiqotlar institutida assistent boʻlib ishlay boshladi[3]. Keyin institut direktorining o‘rinbosari bo‘ldi. 1942-yilda fashistlar bilan kelishmovchiliklar tufayli institutni tark etishga majbur boʻldi. 1943- yildan boshlab Erxard „imperatorlik sanoat guruhi“ homiyligi ostida tuzilgan kichik tadqiqot markazining rahbari boʻldi. Bu yerda asosiy eʼtibor fashistlar tuzumi qulagandan keyin zarur boʻladigan iqtisodiy islohotlarni rivojlantirishga qaratilgan edi.
Gʻarbiy zonasining xoʻjalik boshqaruvi organlarida
[tahrir | manbasini tahrirlash]1945-yil sentyabr oyida u Bavariya iqtisodiyoti boʻyicha davlat vaziri, keyin Bison iqtisodiy kengashida pul va kredit boʻyicha maxsus boʻlim boshligʻi va 1948-yil mart oyida — Bizoniya iqtisodiy departamenti direktori boʻlib ishlagan.
1946-yilda Bavariya Iqtisodiyot vaziri sifatida Erxard islohotlarni faol ravishda ilgari surdi. Islohotlar 1948-yil 18-20-iyunda eʼlon qilindi. Erxard Germaniya iqtisodiyotini liberallashtirish boʻyicha oʻzining shaxsiy harakatlarini amalga oshirdi. Amerika versiyasiga koʻra Reyxsmarks oʻrniga barqaror boʻlgan valyutani joriy qilishni talab qilardi (islohot paytida kiritilgan nemis markalari evroga oʻtishdan oldingi davrda ishlatilgan). Erxard, shu bilan birga, koʻpchilik tovarlarga davlat tomonidan rejalashtirish va markazlashtirilgan narx belgilashni bekor qildi, nemis korxonalariga toʻliq mustaqillikni berdi. Erxard 1948-49- yillardagi jiddiy qiyinchiliklar va sotsial-demokratlarning qattiq qarshiliklari qaramay, liberal pozitsiyalarga amal qilishda davom etdi va moliyaviy barqarorlikni taʼminladi.
Germaniya hukumatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Germaniya tashkil etilgandan soʻng, Erxard xristian demokrat, Konrad Adenauer hukumatida Iqtisodiyot vaziri (1949-1963) boʻldi va federal kansler (1963-1966) sifatida uning vorisiga aylandi. U Germaniyaning "iqtisodiy mo''jizasi" uchun ko'p ishlarni amalga oshirdi.
Islohotning taqdiri Koreya urushi boshlanganidan keyin hal qilindi. Germaniya sanoati tomonidan import qilinadigan xomashyo narxi oʻrtacha 67 foizga, mamlakatdan eksport qilinadigan tayyor mahsulotlar narxi esa atigi 17 foizga oshdi. Tashqi bozorni egallash va undan raqobatchilarni siqib chiqarish orqaligina tez iqtisodiy o‘sishni taʼminlash mumkin edi. Agar oʻsha paytda sanoat raqobatbardosh boʻlmaganida edi, inqiroz faqat iqtisodiy vaziyatni yomonlashtirishi mumkin edi. Yangi global urushni kutish bilan bogʻliq vahima sotib olish ajiotajni keltirib chiqardi. Kansler Adenauer va Iqtisodiyot vaziri oʻrtasida ziddiyat yuzaga keldi. Tashqi iqtisodiy sohada noliberal cheklovlarga yoʻl qoʻyib, murosa qilish kerak edi. Bu vaqtdan yutish imkonini berdi. Va keyin urush Germaniya uchun ishlay boshladi. Germaniya arzon ishchi kuchiga ega barqaror iqtisodiyot tovarlarga juda muhtoj boʻlgan jahon bozorini oʻz mahsulotlari bilan toʻldira boshladi. Soliqlarning pastligi tufayli 50-yillarda Germaniya yalpi ichki mahsulotining oʻsish sur’ati. rivojlangan mamlakatlar orasida eng yuqori, narxlarning oʻsish sur’ati esa eng past boʻldi.
Erxard Sharqda juda mashhur boʻlgan va Germaniyada oʻzidan oldingi shaxslar tomonidan faol foydalanilgan tartibga solish manipulyatsiyasidan butunlay voz kechdi. U Germaniyani G‘arb madaniyati va bozor iqtisodiyoti mamlakati sifatida qatʼiy belgilab, uni „umumiy bozor“ning tayanchlaridan biriga aylantirdi.
1963-yilda, Adenauer nafaqaga chiqqanida, Erxard uning oʻrniga kansler lavozimini egalladi. 1966-yilda uning sheriklari uni isteʼfoga chiqishga majbur qilishdi. 1977-yilda vafotiga qadar Erxard Bundestagning eng keksa deputati boʻlib qoldi.
Iste'fosi va vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1966-yil 26-oktyabrda vazir Valter Scheel (FDP) bir kun oldin chiqarilgan byudjetga norozilik bildirib, isteʼfoga chiqdi. FDP aʼzosi boʻlgan boshqa vazirlar ham undan oʻrnak olib, isteʼfoga chiqishdi. Koalitsiya buzildi. 1966-yil 30-noyabrda Erxard ham isteʼfoga chiqdi. Uning vorisi SDP bilan katta koalitsiya tuzgan Kurt Georg Kiesinger (CDU) boʻldi.
Erxard oʻz siyosiy faoliyatini Gʻarbiy Germaniya parlamentining aʼzosi boʻlib, vafotiga qadar davom ettirdi. 1977-yil 5-mayda Bonnda yurak etishmovchiligidan vafot etdi. U Tegernsee yaqinidagi Gmundda dafn qilindi.
Joy nomlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Paderborn, Fyurt va Myunsterdagi Lyudvig Erxard-Berufsschule (kasb-hunar kolleji) uning sharafiga nomlangan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xotini Luiza (1893-1975), qizlik familiyasi Lotter, iqtisodchi. 1914-yilda u advokat Fridrix Shusterga turmushga chiqadi, lekin bir yildan keyin uning eri frontda vafot etadi. Birinchi turmushidan uning Eleanora ismli qizi bor edi. 1923-yilda u Erxardga turmushga chiqadi. Luiza Erxardga turmushga chiqishdan oldin uni singlisining dugonasi edi. Erxardga turmushga chiqib, Elizabet ismli qizni dunyoga keltirdi.
Tarixiy roli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erxard dunyodagi birinchi yangi turdagi liberal islohotchidir. U davlat iqtisodiyotga aralashuvi kuchaygan sharoitda ishlashi kerak edi.
U sotsialistik gʻoyalarning sezilarli taʼsiri sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha keng chora-tadbirlarni qoʻllamasdan va etatistik ritorikadan qoʻllamagan holatda ish yuritish kerakligini tushundi. Ammo Erxard uchun iqtisodiy erkinlik va moliyaviy barqarorlikni saqlash muhim edi. Davlatni markazlashgani va inflyatsiya uning asosiy dushmani edi. Erxard etatizmning namoyon boʻlishini minimallashtirishga intildi. " Ijtimoiy bozor iqtisodiyoti " deb atala boshlagan strategiyaning mohiyati shundan iborat edi. Unda asosiy eʼtibor ijtimoiy taʼminotga emas, balki „bozor“ga qaratildi. Erxard 20-asrda juda mashhur boʻlgan demagogiya bilan shugʻullanish oʻrniga, har doim odamlarga oʻzi olib borayotgan yoʻlning oʻziga xos xususiyatlarini tushuntirishga harakat qilgan. „Men har bir Germaniya fuqarosini valyuta barqarorligini saqlashga qaratilgan saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlamasligidan uyalmaguncha ishontirishga tayyorman“, dedi u.
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Germaniya mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamlakat | Sana | Mukofot | Qaydlar | |
---|---|---|---|---|
Germaniya | 1953-yil | Germaniya Federativ Respublikasining „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni kavaleri | ||
Bavariya | 1959-yil 3-iyul | Bavariya oldidagi xizmatlari uchun ordeni kavaleri |
Xorijiy davlatlarning mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamlakat | Sana | Mukofot | Qaydlar | |
---|---|---|---|---|
Italiya | 1955-yil 27-fevral[4] | Italiya Respublikasining „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni ritsari | ||
Peru | 1960-yil | Peru Quyosh ordeni ritsari | ||
Ispaniya | 1961-yil | Katolik Izabella ordeni ritsari | ||
Portugaliya | 1961-yil 29-may | Avliyo Jeyms qilichi harbiy ordeni ritsari | GCSE |
Gallireya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Konrad Adenauer va Lyudvig Erxard 1956-yilda. | Lyudvig Erxard Ottava, Ontarioda, Kanada, 1964-yil. | Sharl de Gol va Lyudvig Erxard 1965-yil. |
Johnson va Erxard, 1963-yil, dekabr. | Lyudvig Erxard va Israil Bosh Vaziri Levi Eshkol, 1967-yil. |
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yarim asrlik fikr. Nutqlar va maqolalar. — Ordynka, Nauka, 1993. — 608 p.
- Barcha uchun farovonlik Arxivnaya kopiya -da — M: Delo, 2001. — 352 p.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Werner Abelshauser. „Wunder gibt es immer wieder“ (de). bpb.de. Qaraldi: 2022-yil 29-aprel.
- ↑ Travin D., Marganiya O. Yevropeyskaya modernizatsiya
- ↑ 3,0 3,1 Tvores „ekonomicheskogo chuda“ Lyudvig Erxard // Patrushev A. I. Germanskie kansleri ot Bismarka do Merkel. — M.: Izdatelstvo Moskovskogo universiteta, 2009.
- ↑ Cavaliere di Gran Croce Ordine al Merito della Repubblica Italiana S.E. Prof. Dott. Ludwig Erhard, Ministro dell’Economia della Repubblica Federale Tedesca(ital.)
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Сергей Сумленный. „Создавая Германию“. Эксперт (28 дек 2009). 2014-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-noyabr.