Kontent qismiga oʻtish

Lodjiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lodjiya (ital. loggia, nem. laudia — ayvon turi) — binoning umumiy hajmiga kiritilgan, tashqi tomoni ochiq (baʼzan devor oʻrnida ustunlar, ravoq yoki panjara bilan toʻsilgan) dahliz, yozgi xona, balkotshnt bir turi. Galereyalar ham baʼzan L. deb nomlanadi (maye. D. Bramante va S. Rafael yaratgan Vatikan saroyining San Damazo galereyasi Vatikan L.si nomi bilan mashhur). L. alohida inshoot sifatida ham qurilishi mumkin (Florensiyadagi dei Lansi. 1376—80; meʼmori Benchi di Chone, S. Talenti). Oʻrta Osiyo iqlimi sharoi-tida xonalarni ortiqcha quyosh nuridan muhofaza etishda ham ayvon L.dan foy-dalaniladi. Zamonaviy meʼmorlikda ("Oʻzbekiston" mehmonxonasi va boshqalar) L. keng qoʻllanilmoqda (yana qarang Galereyali uy).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil