Laterit
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Laterit (lotincha later — gʻisht) — gilsimon yoki toshsimon zich togʻ jinsi. Issiq va nam iqlim sharoitidagi alyumosilikat jinslarining fizik-kimyoviy nurashining elyuvial mahsuli. Laterit nurash poʻstining qalinligi 50—60 m. Rangi kizil, goho sargʻish-qizil. Asosan, temir va alyuminiy oksiddan tashkil topadi. Qattiq toshli (havoda), juda boʻsh yoki gilli tuzilishga ega. Tarkibi boʻyicha bu kaolinit, temir, titan, magnetit, galluzit va gibbeit aralashmasidir. Unda, odatda, eriydigan tuzlar, sulfatlar, karbonatlar, gidroslyudalar va montmorillonitlar guruhi minerallari yoʻq. Gilli Lateritlar osongina yoʻniladi va havoda tez qotish xususiyatiga ega boʻlgani uchun ilgaridan Hindiston va Hindixitoyda qurilish materiali sifatida ishlatiladi. Lateritlar bilan temir rudalari, silikatli nikel hamda xrom, kobalt va oltin konlari bogʻliq. Lateritlar ham alyuminiy olinadigan xom ashyo hisoblanadi. Lateritning eng sifatli rudalari Rossiya (Voronej viloyati)da qazib olinadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |