Kudaro
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kudaro — ibtidoiy odamlar manzilgohi; 5 ta gʻordan iborat. Jan. Osetiyaning Chasanalixox togʻidagi Jojori daryosining oʻng qirgʻogidan topilgan (1955). Arxeolog V. P. Lyubin tomonidan 1956—61 yillar oʻrganilgan. 1- va 3-gʻorning quyi qatlamidan hayvonlar, qushlar, baliqlarning suyak qoldiqlari va Ashel davri (Ashel madaniyati) tosh qurollari, choʻqmor, qirgʻich va boshqa topilgan. Yuqori madaniy qatlamlari esa mustye, mezolit, jez davri va oʻrta asrlarga oid.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |