Kojikode
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kojikode, Kalikut - Hindistonning janubiy qismidagi shahar, Kerala shtatida. Aholisi 450 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Shaharga Arabiston dengizining Malabar sohilidagi portdan tropik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport qilinadi. Taxta tilish va yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor. Oʻsimlik moyi, parfyumeriya, sellyuloza ishlab chiqariladi va baliq ovlanadi. 16— 17-asrlarda hunarmandchilik usulida mitkal (kaliko) toʻqish bilan mashhur boʻlgan (shahar nomi ham shu nomdan kelib chiqqan). Ibn Mojid 1498-yilda Vasko da Gama boshchiligidagi kemalarni Hind okeani orqali Kojikodega olib oʻtgan. Oʻsha vaqtda shahar Hindistonning yirik savdo va hunarmandchilik markazlaridan biri edi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |