Kontent qismiga oʻtish

Kitvenkana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kitvenkana — Zambiyadagi shahar. Kafue daryosi (Zambezi irmogʻi)sohilidagi Kitve va Nkana shaharlarining qoʻshilishidan tarkib topgan. Kopperbelt provinsiyasining muhim savdo va sanoat markazi. Aholisi shahar atrofi bilan 340 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Mamlakatda mis qazib chiqariladigan muhim rayonga xizmat qiluvchi yirik savdo markazi. Shaharda bir necha yirik mis konlari, mis eritish va elektroliz zavodlari, kimyo, elektr jihozlar, qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Texnologiya instituti, amaliy sanʼat va savdo kolleji, teatr bor. Shaharga 1935-yilda asos solingan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil