Kontent qismiga oʻtish

Kirenaika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kirenaika, Barka — Liviyaning shim.-sharqidagi plato. Oʻrta dengiz sohillari tomon tik tushgan. Eng baland joyi 876 m. Ohaqtoshlardan iborat. Karst keng tarqalgan. Iqlimi Oʻrta dengizga xos, nisbatan quruq iqlim, yiliga oʻrtacha 450 mm yogʻin yogʻadi. Shimoliy yon bagʻirlari doim yashil chakalakzor va dafna, dub, halab qaragʻayi oʻrmonlari bilan qoplangan, landshafti chala choʻlga xos.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil