Kontent qismiga oʻtish

Kimyoviy reaksiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kimyoviy reaksiya namoyishi.

Kimyoviy reaksiya bir kimyoviy moddalar majmuining boshqa moddalarga aylanishi jarayonidir[1]. Kimyoviy reaksiyalar spontan, yaʼni oʻz-oʻzidan, yoki boshqariluvchi boʻlishi mumkin. Ikkinchi holda kimyoviy reaksiyani oʻtkazish uchun tashqaridan biror energiya (issiqlik, yorugʻlik, elektr) talab etiladi. Kimyoviy reaksiyalarda elektronlar harakati bosh rolni oʻynaydi. Kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi moddalar reagentlar, deb ataladi. Reaksiya natijasida hosil boʻladigan moddalar esa kimyoviy reaksiya mahsulotidir. Kimyoviy reaksiyalar kimyoviy formulalar orqali ifoda etiladi. Kerakli mahsulotni olish uchun bir necha reaksiyalar ketma-ketligi talab etilishi mumkin, bu jarayonga kimyoviy sintez deyiladi.

Kimyoviy reaksiyalar - bir turdagi kimyoviy moddalarningtarkibi va xossalari jihatidan farq qiladigan ikkinchi turdagi moddalarga aylanish jarayoni. Kimyoviy reaksiyalarni kimyoviy tenglama bilan ifodalash mumkin, mas, sulfat kislotaga ruh taʼsir ettirilganda ruh sulfat va vodorod gazi hosil boʻladi: H2SO4+Zn=ZnSO4+H2T. Kimyoviy reaksiyalarda atomlar oʻzgarmaydi, bir birikmadan ikkinchisiga oʻtadi, xolos. Kimyoviy jarayonlarda toʻgʻri (qaytmas) reaksiya (mas, vodorod yodidning vodorod va yoddan hosil boʻlishi: N2+12->2N1) bilan bir qatorda, qaytar reaksiya (mas, vodorod yodidning parchalanishi:2HI<=>H2+I2) ham sodir boʻladi. Kimyoviy reaksiyalardaishtirok etadigan elementlarning oksidlanish darajadari (valentliklari) oʻzgarsa, bunday reaksiyalar oksidlanish-kaytarilish reaksiyalari deyiladi. Kimyoviy reaksiyalarda molekulalar, atomlar va ionlar ishtirok etishi mumkin. Shunga koʻra, reaksiyalar uchga boʻlinadi: oddiy, ionli va radikal reaksiyalar.

Oddiy reaksiyalarda molekulalar oʻzaro reaksiyaga kirishadi, mas, N2+S12=2NS1. Ionli reaksiyalar ionlar ishtirokida boradi, mas, N++ON~ =N2O. Radikal reaksiyalarda oraliq mahsulot sifatida albatta erkin radikal hosil boʻladi. Radikal reaksiyalar, odatda, zanjir tarzida boradi (k,. Zanjir reaksiyalar). Toʻgʻri va teskari reaksiyalar tezligi teng boʻlganda sistemada kimyoviy muvozanat karor topadi (qarang Kimyoviy termodinamika).

Murakkab reaksiyalar, parallel reaksiyalar, ekzotermik reaksiyalar, endotermik reaksiyalar, qattiq fazali reaksiyalar ham mavjud[2].

Andoza:Ambalar



  1. Chemical reaction, IUPAC taʼrifi
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil