Kontent qismiga oʻtish

Jeffrey Sachs

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jeffrey Sachs
Tavalludi 5-noyabr 1954-yil
Detroit, AQSH
Fuqaroligi AQSh
Sohasi iqtisodchi, professor
Taʼlimi Yer institutining direktori
Mukofotlari Bernard Harmes mukofoti

Jeffrey David Sachs (talaffuzi: Jeffri Devid Saks; tugʻ. 1954-yil 5-noyabr, Detroit, AQSH) — amerikalik iqtisodchi, akademik, davlat siyosati tahlilchisi va Columbia universitetidagi Yer institutining sobiq direktori va u yerda universitet professori unvoniga ega.[1][2] U barqaror rivojlanish, iqtisodiy rivojlanish va qashshoqlikka qarshi kurash boʻyicha mutaxassis sifatida tanilgan[3][4].

Saks Kolumbiya universiteti Barqaror rivojlanish markazi direktori va BMT Barqaror rivojlanish yechimlari tarmogʻi prezident. U Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrishning 2015-yil sentabr oyida BMT sammitida qabul qilingan 17 ta global maqsadlardan iborat Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs) boʻyicha SDG himoyachisi etib tayyalangan. 2001-yildan 2018-yilgacha Saks BMT Bosh kotibining maxsus maslahatchisi boʻlib ishlagan va BMTning avvalgi Bosh kotibi Pan Gi Mun davrida ham xuddi shunday lavozimni egallagan va 2016-yilgacha Ming yillik rivojlanish maqsadlari (MRM) bilan bogʻliq xuddi shunday maslahatchi lavozimida ishlab kelgan[5] 2015-yilga kelib ekstremal qashshoqlik, ochlik va kasalliklarni kamaytirish uchun xalqaro miqyosda tasdiqlangan sakkizta maqsad qoʻygan. MRM bilan bogʻliq holda u birinchi marta 2002-yilda Kofi Annan davrida BMT Bosh kotibining maxsus maslahatchisi etib tayinlangan edi[5][6].

Jeffri Saks Mingyillik vaʼdalari ittifoqining asoschilaridan biri va bosh strategi boʻlib, tanqidchilar[7] eʼtiboriga tushgan. 2002-yildan 2006-yilgacha u Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mingyillik loyihasining MRM boʻyicha ishining direktori boʻlgan. Shuningdek, Jeffri Jon F. Xellivell va Richard Layard bilan birgalikda " Jahon baxti hisoboti " jurnalining muharriri etib tayyorlangan. 2010-yilda esa u keng polosali ulanishning xalqaro siyosatdagi ahamiyatini oshirishdan iborat boʻlgan Barqaror rivojlanish boʻyicha komissiyaning komissari boʻldi[8]. Hozirgi kunda Jeffri Saks COVID-19 komissiyasining raisi. Undan tashqari, Saks bir nechta kitoblar yozgan va bir nechta mukofotlarga sazovor boʻlgan. U iqtisod va Xitoy haqidagi fikrlari uchun tanqid qilingan[9][10][11][12].

Hayoti va Taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jeffri Saks Michigan shtatining Detroit shahri chekkasida joylashgan Oak Parkda Joan va mehnat huquqshunosi Teodor Saksning oʻgʻli boʻlgan[13]. Uning oilasi yahudiy boʻlgan. Jeffri Oak Park oʻrta maktabini tamomlagan va Garvard kollejida oʻqigan va u yerda 1976-yilda sanʼat bakalavri darajasini olgan. Shuningdek, Saks magistratura va fan nomzodi ilmiy darajasini oldi. Garvard universitetida iqtisod boʻyicha oʻzining " Ochiq iqtisodiyotda omillar xarajatlari va makroiqtisodiy moslashuv: nazariya va dalillar nomli dissertatsiyasi bilan ishlagan va Garvard aspiranti boʻlgan vaqtida Garvard stipendiatlari jamiyatiga aʼzolikka taklif qilingan.

Akademik martaba

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Garvard universiteti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1980-yilda Saks Garvard fakultetiga dotsent sifatida qoʻshildi va 1982-yilda dotsent lavozimiga koʻtarildi. Bir yil oʻtgach, 28 yoshida u Garvardda iqtisod professori boʻldi[14].

Garvarddagi keyingi 19-yil davomida Saks Galen L.Stoun xalqaro savdo professori[15] Kennedi nomidagi hukumat maktabi qoshidagi Garvard xalqaro taraqqiyot instituti direktori (1995-1999) va Xalqaro taraqqiyot markazi direktori etib tayyalandi(1999-2002)[16].

Kolumbiya universiteti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Professor Saks Kolumbiya universitetida Barqaror rivojlanish markazi direktori lavozimida ishlaydi. Hozirgi kunda u Kolumbiya universiteti professori. 2002-yildan 2016 -yilgacha Sachs Kolumbiya universitetining Yer instituti direktori lavozimida ishlagan[17].Barqaror rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash uchunSachsning darslari Xalqaro va Jamoatchilik bilan aloqalar maktabi va Mailman jamoat salomatligi maktabida oʻqitiladi va uning „Barqaror rivojlanish muammolari“ kursi bakalavriat darajasida oʻqitiladi[18].

Saks doimiy ravishda barqaror rivojlanish boʻyicha universitet taʼlimini kengaytirish tarafdori. U Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi birinchi PhD dasturlaridan biri boʻlgan Kolumbiya Universitetida barqaror rivojlanish boʻyicha PhD darajasini joriy etishga yordam berdi va yangi fanlarni qoʻllab-quvvatladi. Rivojlanish amaliyoti magistrlari (MDP) bu yangi darajani taklif qiluvchi dunyo boʻylab yirik universitetlar konsorsiumiga olib keldi. Yer instituti, shuningdek, Kolumbiya kollejida barqaror rivojlanishni yangi mutaxassislik sifatida qabul qilishga rahbarlik qildi. 

Shuni etib oʻtish kerakki, Saks chuqur dekarbonizatsiya yoʻllari loyihasining asoschilaridan biri hisoblsnsdi[19].


  1. https://www.earth.columbia.edu/articles/view/1791
  2. https://www.earth.columbia.edu/articles/view/1791
  3. https://www.britannica.com/biography/Jeffrey-D-Sachs
  4. https://www.britannica.com/biography/Jeffrey-D-Sachs
  5. 5,0 5,1 https://www.britannica.com/biography/Jeffrey-D-Sachs
  6. https://www.batimes.com.ar/news/world/jeffrey-sachs-this-is-not-a-game-for-blackrock-to-get-an-extra-percentage-point-thats-absurd.phtml
  7. https://www.thenationalnews.com/uae/greedy-companies-profit-from-digital-addiction-despite-health-impact-summit-hears-1.823983
  8. https://hollis.harvard.edu/primo-explore/search?vid=HVD2&sortby=rank&lang=en_US
  9. https://www.bloomberg.com/news/articles/2019-01-02/columbia-s-sachs-quits-twitter-after-criticism-of-huawei-article
  10. https://www.harvardmagazine.com/2002/09/developmental-troubles.html
  11. https://www.harvardmagazine.com/2002/09/developmental-troubles.html
  12. https://www.nytimes.com/1993/06/27/magazine/dr-jeffrey-sachs-shock-therapist.html
  13. https://www.nytimes.com/1993/06/27/magazine/dr-jeffrey-sachs-shock-therapist.html
  14. „Columbia gets Star Professor from Harvard“. The New York Times (5-aprel 2002-yil).
  15. https://www.bbc.co.uk/radio4/reith2007/lecturer.shtml
  16. https://www.britannica.com/biography/Jeffrey-D-Sachs
  17. https://www.bbc.co.uk/radio4/reith2007/lecturer.shtml
  18. https://www.britannica.com/biography/Jeffrey-D-Sachs
  19. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9D%D0%B5%D0%B7%D0%B0%D0%B2%D0%B8%D1%81%D0%B8%D0%BC%D0%B0%D1%8F_%D0%B3%D0%B0%D0%B7%D0%B5%D1%82%D0%B0