Kontent qismiga oʻtish

Jacopo Zabarella

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jacopo Zabarella
Italyancha: Giacomo Zabarella
Tavalludi 5-sentyabr, 1533-yil
Vafoti 15-oktabr, 1589-yil
Padua, Venetsiya
Fuqaroligi Venetsiya Qirolligi
Taʼlimi Padua universiteti
Kasbi Faylasuf, astrolog, o'qituvchi.

Jacopo Zabarella – (italyanchada: Giacomo Zabarella; Yakopo Dzabarella; lotinchada: Iacobus Zabarella; 5-sentabr 1533-yilda Peduada tugʻilgan, 15-oktabr 1589-yilda vafot etgan) – italyan faylasufi, mantiqshunos olim, astrolog, graf. Uygʻonish davrining aristotelizm tarafdori[1].

Paduya tugʻilgan. Paduya universitetida dastlab mantiq, keyin falsafa professori boʻlib ishlagan. Olib borgan ilmiy faoliyatiga qaramasdan, Zabarella astrologiyaga jiddiy qiziqib qolgan va oʻz bashoratlari bilan koʻp shov-shuv koʻtargan. Polsha qiroli Sigizmund II Avgust uni oʻz yurtiga taklif qilgan. Zabarellaning falsafasi uzoq vaqt Germaniyada katta obroʻga ega boʻlgan.

U Aristotel tarafdori boʻlgan va uning sharhlarida asosan Aversiusga ergashib fikrdoshlik qilgan.

Mantiqda Zabarella anʼanaviy deduktiv mantiqni va ilmiy metodologiyani bogʻlagan. Uning asarlari XVII asrdagi mantiq holatiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan.

Psixologik taʼlimotida Aleksandr Gelskiyga yaqin boʻlgan. U ruhning boqiyligini isbotlash mumkin emasligini taʼkidlagan va „De inventione aeterni motoris“ asarida harakatning abadiyligini qabul qilmasdan birinchi harakatlantiruvchining mavjudligini tasdiqlash mumkin emasligini aytgan.

  • Mantiqiy asarlar (lotincha: Opera Logica). Venetsiya, 1578-yil.
  • Mantiqiy jadvallar (lotincha: Tabula logicae). Venetsiya, 1580-yil.
  • Aristotelning „Ikkinchi tahlillar“iga izohlar (lotincha: In duos Aristotelis libros Posteriores Analyticos comentarii). Venetsiya, 1582-yil.
  • Mantiq (lotincha: Logica). Nashri: 1587-yil.
  • Tabiiy narsalar haqida (lotincha: De rebus naturalibus libri XXX). Köln, 1590-yil.
  • Aristotelning „Fizika“ asariga izohlar (lotincha: In libros Aristotelis Physicorum commentarii). Venetsiya, 1601-yil.
  • Aristotelning „Ruh haqida“ kitoblariga izohlar (lotincha: In tres libros Aristotelis De anima commentarii). Venetsiya 1605-yil.
  • Oʻqitish tartibi haqida apologiya (lotincha: De doctrinae ordine apologia, variant Apologia ad objectiones Piccolomini de doctrinae ordine.Venetsiya, 1584-1606-yil.
  • Asarlar toʻplami (lotincha: Opera). Lyon, 1586–1587-yillarda 5 jild; Bazel, 1594-yil; Frankfurt 1618-yil.
  • Mantiqiy asarlar toʻplami. Köln, 1597-yil; Frankfurt, 1606-07-yil.
  1. Bibliothèque nationale de France Autorités BnF (фр.): платформа открытых данных — 2011.
  • Zabarella, Yakov // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). – SPb., 1890—1907.
  • H. Mikkeli (1992): An Aristotelian Response to Renaissance Humanism. Jacopo Zabarella on the Nature of Arts and Sciences, Helsinki: The Finnish Historical Society.
  • Randall, J. H. (1961): The School of Padua and the Emergence of Modern Science. Padova: Editrice Antenore.