Irina Allegrova
Irina Allegrova | |
---|---|
Tavalludi |
Ирина Александровна Аллегрова 20-yanvar 1952-yil |
Janrlar | pop, pop rok |
Kasbi | Qoʻshiqchi, aktrisa, bastakor, shoira |
Faoliyat yillari | 1970-yildan |
Leybllar | Warner Music Russia, Jeff Records, JRC va Kvadro-Disk |
Guruhlari |
VIA „Krasnie maki“ VIA „Molodie golosa“ VIA „Fakel“ VIA „Ogni Moskvi“ „Elektroklub“ |
Fuqaroligi | SSSR – Rossiya |
Veb-sayt | http://www.allegrovaofficial.ru/ |
Irina Aleksandrovna Allegrova (1952-yil 20-yanvar, Rostov-na-Donu) – sovet va rus estrada qoʻshiqchisi, aktrisa; Rossiya Federatsiyasi xalq artisti (2010)[1][2][3].
Rossiya estradasining „malikasi“ sifatida ham maʼlum[4][5].
Uning ijrosidagi eng mashhur qoʻshiqlar orasida „Strannik“, „Ugonshitsa“, „Imperatritsa“, „Babi-stervi“ va Grigoriy Leps bilan duetda kuylangan „Ya tebe ne veryu“ singari asarlar bor[6].
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Irina 1952-yil 20-yanvarda Rostov-na-Donu shahrida teatr rejissyori, aktyor, Ozarbayjon SSR va RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist[7], kelib chiqishi arman Aleksandr Grigorevich Sarkisov-Allegrov oilasida tugʻilgan(1915-1994)[8]. Onasi, Serafima Mixaylovna Sosnovskaya (1923-2012) – aktrisa va qoʻshiqchi. Irina yoshligini Rostov-na-Donu shahrida oʻtkazdi.
1961-yilda oila Bokuga koʻchib oʻtadi. Ota-onasi Boku musiqali komediya teatrida ishlaydi. Ularning uyida Mstislav Rostropovich, Galina Vishnevskaya, Aram Xachaturyan, Muslim Magomayev, Tatyana Shmiga va boshqalar boʻlgan. Bokuga kelgach, Allegrova umumiy oʻrta taʼlim maktabining ikkinchi sinfini va musiqa maktabining birinchi sinfini tamomlagan va kirish imtihonlarida Iogann Sebastyan Baxning asarini ijro etgan. Irina darhol Boku konservatoriyasi qoshidagi Markaziy musiqa maktabining (SMM) fortepiano sinfi boʻyicha (mutaxassisligi – pianinochi-konsertmeyster) uchinchi sinfiga qabul qilinadi va u bitiruv imtihonida Raxmaninovning ikkinchi konsertini ijro etib, uni tugatadi. Musiqa maktabi bilan bir vaqtda balet toʻgaragiga qatnaydi, kiyim-kechak eskizlarini chizadi.
1969-yilda maktabni tugatadi, ammo kasalligi tufayli Boku konservatoriyasining ijrochilik fakultetiga kirish imtihonlarini oʻtkazib yuboradi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Указ Президента Российской Федерации от 15.01.2010 г. года № 67“. 2020-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-mart.
- ↑ „Аллегрова стала «народной артисткой»“ (deadlink). 2014-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 18-yanvar.
- ↑ Большая российская энциклопедия : [в 35 т.] / гл. ред. Ю. С. Осипов. — M. : Большая российская энциклопедия, 2004—2017.
- ↑ „Ирина Аллегрова, «императрица» российской эстрады“ (ru-RU). Концерты в Германии и Европе. Qaraldi: 2024-yil 27-avgust.
- ↑ „«Императрица российской эстрады» - МКУК ЦБС города Челябинска - 17.01.2022“ (en). МКУК ЦБС города Челябинска. Qaraldi: 2024-yil 27-avgust.
- ↑ „15 лучших песен Ирины Аллегровой: подозрение в плагиате, ошибка в «Младшем лейтенанте» и скандал с «Войди в меня»“ (ru). 2023-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-iyun.
- ↑ „«Красная звезда» 11 мая 1996 г.“. 2011-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-yanvar.
- ↑ Allegrova Irina / Stilnoe radio „Peres FM“ (Wayback Machine saytida 2015-09-24 sanasida arxivlangan)