Inson yuragi
Yurak | |
---|---|
lotincha: cor | |
Sistema | Qon aylanish |
Arteriya | Oʻng shox arteriyasi, chap shox arteriyasi |
Vena | Yurakning katta venasi, yurakning oʻrta venasi, yurakning kichik venasi, yurakning oldingi venalari, kichik venalar, chap qorincha orqa venasi, chap boʻlmachaning qiya venasi |
Innervatsiya |
|
Limfa | pastki traxeobronxial limfa tugunlari, oldingi mediastinal limfa tugunlari. |
Kataloglar | |
Inson yuragi Vikiomborda |
|
|
Faylga murojaat etishda muammo bormi? Qarang: Media. |
|
|
Faylga murojaat etishda muammo bormi? Qarang: Media. |
16 yoshli qizning yugurishdan so'ng yurak urish holati, yurak urishi daqiqada 186 zarbani tashkil qilmoqda.
|
|
Faylga murojaat etishda muammo bormi? Qarang: Media. |
Yurak (lotincha: cor, grekcha: ϰαρδία sardia) – konussimon shaklidagi ichi boʻsh muskulli organ boʻlib, yurak qon-tomir sistemasining markaziy organi boʻlgan organizmdagi qonni barcha aʼzo va toʻqimalarga haydab berish vazifasini bajaradigan, gistologiyasi jihatidan ancha murakkab tuzilgan organ[1]. U koʻkrak qafasidagi pastki koʻks oraligʻining oʻrta qismida joylashgan[1]. Yurak quyidagi morfologik qismlarga ajratiladi: yuqoriga va birmuncha orqa tomonga yoʻnalgan asosi (basis) hamda oldinga, pastga va chapga yoʻnalgan uchi (apex) farq qilinadi. Yurakning asos qismida uning negizini (ildizini) tashkil etuvchi yirik qon tomirlar joylashgan. Yurakning 3 ta yuza qismi bor: 1) old (toʻsh-qovurgʻa) yuzasi; 2) pastki (diafragmaga qaragan) yuzasi, hamda, 3) orqa (umurtqa yoki o‘pka) yuzasi hisoblanadi. Yurakning hajmi har bir odamda uning mushti kattaligidek boʻladi[2]. Bolalarning yuragi kattalarnikiga qaraganda koʻproq urib turadi va ularning tashqi koʻrinishi sharsimon shaklda, hamda, gorizontal holatda joylashgan boʻladi[3]. Yurakning oldingi yuzasida quyidagi yirik tomirlaming boshlanish qismlari yotadi; oʻngda va biroz orqaroqda yuqori kovak vena, undan oldinroqda va chap tomonda koʻtariluvchi aorta, yana ham chaproqda oʻpka arteriyasining oʻzani joylashgan[2]. Yurak anatomik jihatidan 4 kameradan tuzilgan boʻlib, ikkita boʻlmacha va ikkita qorinchaga boʻlinadi. Chap boʻlmacha va chap qorincha birgalikda „arterial yurak“ ni tashkil qiladi, sababi unda faqat arterial qon oqadi. U orqali oʻtadigan qon tomirlari „arteriya“ tomiri deya nomlanadi. Oʻng qorincha va oʻng boʻlmachada faqat venoz qon oqib oʻtganligi sabab „venoz yurak“ deyiladi. Yurak oʻz ish faoliyatini bajarish vaqtida ritmik ravishda qisqaradi va boʻshashadi. Yurakning qisqarilish holati sistola, boʻshashish holati esa diastola deb ataladi[1]. Yurak bir daqiqada oʻrtacha 70—74 marotoba urib turadi. Tibbiyotda bu koʻrsatgich 60—90 ta deb qabul qilingan[1].
Yurak toʻrt kamerali boʻlib, arteriya qoni vena qonidan batamon ajralgan[4]. Arteriya va vena qonning batamon ajralishi issiqlikning tanaga va toʻqimalarga bir xilda tarqalishiga sabab boʻladi. Boshqa aʼzolardan farqli ravishda kasalliklar sababli sodir boʻladigan oʻlim holatlarining eng koʻpi yurak patologiyasi sabab sodir boʻladi, yaʼni yurak bilan bogʻliq patologiyalar oʻlim holati boʻyicha dunyo tibbiyotida birinchi oʻrinda turadi[5][6]. Yurak inson tana aʼzolari ichida organizmga taʼsir qiladigan salbiy omillarga nisbatan nishon aʼzolardan biri hisoblanadi. Yaʼni, agar organizmga tashqi yoki ichki salbiy omillar taʼsir qilsa dastlab bu omillar miya, buyrak, qon-tomirlar va yurak kabi nishon aʼzolarga taʼsir qiladi. Yurak bilan bogʻliq kasalliklar shuningdek turli yoshdagi odamlarda uchrashi boʻyicha ham birinchi oʻrinda turadi. Yurak kasalliklari kattalar bilan barobarida bolalar ham aziyat chekadi. Yurak bilan bogʻliq patologiyalarni davolashda yurakning qaysi funksiyasi buzilishini aniqlagan holda bartaraf etiladi. Yurakda kechadigan patologik oʻchoqlarni aniqlashda ultratovush tekshiruvi, elektrokardiografiya usuli yordamida yurakda sodir boʻladigan elektr, akustik va mexanik hodisalarni aniqlash orqali bartaraf etiladi. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda uchraydigan kasalliklarning eng koʻpi aynan yurak bilan bogʻliq hisoblanadi[7].
Yurakning tashqi oʻlchami
[tahrir | manbasini tahrirlash]Insonlarning gavda tuzlishi, yoshi, yashash sharoitiga koʻra yurak shakli ham turlicha boʻladi. Bu yoshi, jinsi, jismoniy harakati, sogʻligʻi va boshqa omillarga bogʻliq hisoblanadi. Soddalashtirilgan baʼzi model va nazariyalarga koʻra yurak morfologiyasi sharsimon, ellipsimon, elliptik paraboloid va uch qirrali ellipsimon shaklga oʻxshash boʻlishi mumkin. Yurakning oʻlchovi uning eng katta boʻylama va koʻndalang chiziqli oʻlchamlarining nisbati bilan belgilanadi. Giperstenik tana tuzilishidagi insonlarda bu nisbat 1 ga yaqin va astenikda – taxminan 1,5 hisoblanadi. Voyaga yetgan odam yuragining uzunligi 10 sm dan 15 sm gacha (odatda 12−13 sm), kengligi 8-11 sm (odatda 9-10 sm) va old-orqa oʻlchami 5-8,5 sm (odatda 6,5-7 sm) boʻladi. Yurakning oʻrtacha ogʻirligi erkaklarda 330 gramm (274 gramdan 385 gramgacha), ayollarda 250 gramm (203 grammdan 302 grammgacha) boʻladi[8].
Yurakning anatomik tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yurak 3 qavatdan tuzilgan: ichki qavat – Endokard, oʻrta qavati – Miokard, tashqi qavati – Epikard. Yurak devorining tashqi qavati epikard (epicardium) ikki qavatdan iborat boʻlib miokardni ustidan qoplab turuvchi yurak xaltasining visseral varagʻidan iborat. U yupqa biriktiruvchi toʻqima qatlami boʻlib, mezoteliy bilan qoplangan. Epikard yurakka keluvchi va yurakdan chiquvchi yirik qon tomirlarni oʻrab, perikardning pariyetal varagʻiga oʻtib ketadi. Perikardning tashqi qavati Epikard deb nomlanadi. Bu ikkala qavat oʻrtasidagi boʻshliqda suyuqlik mavjud boʻlib, yurakning qisqarish va kengayish harakatlariga ishqalanishni kamaytiradi[9]. 0‘rta qavat miokard (myocardium) yurakning koʻndalang-targʻil mushagidan tuzilgan boʻlib, ularning qisqarishi odam ixtiyoriga bogʻliq emas, shuning uchun skelet mushaklaridan farq qilib turadi. Bu mushak hujayralarining oʻzaklari markazda joylashgan boʻlib, oʻzaro birikib mushak toʻrini hosil qiladi. Boʻlmacha va qorinchalar miokardi oʻzaro tutashmagan. Bu qavat oʻng va chap boʻlmacha hamda, qorinchalar orasidagi teshikni oʻragan oʻng va chap fibroz halqalardan boshlanadi. Boʻlamachalar miokardi ikki qavatdan tuzilgan[1]. Yuza qavati ikkala boʻlmacha uchun umumiy koʻndalang tolalardan iborat. Chuqur qavati har bir boʻlmacha uchun alohida, boʻylama yoʻnalishdagi mushak tolalaridan iborat. Boʻylama tolalar fibroz halqadan boshlansa, aylanma tolalar boʻlmachaga quyilgan venalarni oʻrab turadi. Qorinchalar miokardi uch qavatdan iborat. Tashqi qiyshiq qavat fibroz halqadan boshlanib, yurak uchida yurak girdobini hosil qilib, ichki boʻylama qavaiga oʻtib ketadi. Bu ikkala qavat qorinchalar uchun umumiy boʻlib, ular oʻrtasida joylashgan halqasimon qavat esa qorinchalar uchun alohida hisoblanadi. Qorinchalararo toʻsiq shu qavat mushak tutamlaridan iborat[1].
Yurak topografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yurak koʻkrak qafasida joylashgan (anatomik hamda klinik tasnifiga qarab mediastinal boʻshliq pastki, oʻrta va old qismlardan iborat) boʻlib, nisbatan pastki chap qirrasi bilan chap tomonga siljigan boʻladi. U va uni oʻragan yurak xaltasi koʻkrak qafasida pastki koʻks oraligʻida oʻrta chiziqdan chaproqda yurakning uchdan ikki qismi, oʻngroqda uchdan bir qismi joylashgan. Yon va qisman old tomondan yurak o‘pka bilan, oldingi ozgina qismi esa toʻsh suyagi va qovurg‘a togʻaylariga tegib turadi[1]. Tananing oʻrta chizigʻiga nisbatan yurak assimetrik tarzda – chap tomonida taxminan 2/3 va oʻngda taxminan 1/3 qismi joylashgan. Vertikal oʻqning (chiziq asosining oʻrtasidan yurak choʻqqisigacha) oldingi koʻkrak devoriga proeksiya yoʻnalishiga qarab, yurakning koʻndalang, qiya va vertikal holati farqlanadi. Vertikal holat – koʻkrak qafasi tor va uzun boʻlgan odamlarda, koʻndalang holat – keng va qisqa koʻkrak qafasiga ega boʻlgan odamlarda koʻproq uchraydi[10][11]. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda yurak biroz vertikalroq, boʻlmachalari katta va qorinchalari yaxshi rivojlanmaganligi uchun yumaloq shaklda va nisbatan yuqoriroq joylashadi. Balogʻot yoshiga yaqinlashgan sari yurak yuqorida bayon etilgan holatni egallaydi[1].
Yurak kameralari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yurak kameralar deb ataladigan toʻrtta alohida-alohida boʻshliqlardan iborat:
- Chap boʻlmacha (atrium sinistrum),
- Oʻng boʻlmacha (atrium dextrum),
- Chap qorincha (ventriculus sinister),
- Oʻng qorincha (ventriculus dexter).
Ular boʻlmachalararo (septum interatriale) va qorinchalararo (septum interventricularae) toʻsiq bilan bir-biridan ajratilgan[12]. Yuqori va pastki kovak venalaridan keladigan tomirlar oʻng boʻlmacha (atrium)ga, oʻpka venalaridan keladigan tomirlar esa chap boʻlmacha (atrium)ga quyiladi. Soʻngra oʻng qorinchadan oʻpka arteriyasi (oʻpka magistrali) tomiri, chap qorinchalardan esa aorta tomiri chiqadi. Oʻng qorincha bilan chap boʻlmacha oʻpkada kichik qon aylanish doirasini, chap qorincha va oʻng boʻlmacha esa butun tana boʻylab (oʻpkadan tashqari) katta qon aylanish doirasini hosil qiladi[13]. Yurak koʻkrak qafasida, oldingi koʻks oraligʻida oʻrta chiziqdan chaproqda yurakning ikki qismi, oʻngroqda bir qismi joylashgan boʻlib, old yuzasining katta qismini kovak hamda oʻpka venalarining kiruvchi boʻlimlari, shuningdek, yuqori qismini koʻtariluvchi aorta, oʻpka magistrallari bilan qoplangan. Perikard boʻshligʻida oz miqdorda seroz suyuqlik mavjud boʻlib, bu suyuqlik yurak urishida yengilik yaratib beradi[14].
Chap qorincha devori oʻng qorincha devoriga nisbatan taxminan 3 baravar qalinroq. Boisi, chap qorincha butun organizmga asosiy qonni tizimli aylanishiga chiqarib berish uchun yetarlicha kuchli boʻlishi kerak (tizimli qon aylanishida qon oqimiga qarshilik bir necha baravar baland va qon bosimi oʻpka qon aylanishidan bir necha baravar yuqori boʻladi)[15].
Qon oqimini bir yoʻnalishda ushlab turish kerak, aks holda yurakka ortiqcha yuklama tushishi va uning faoliyati izdan chiqishi mumkin. Yurakning har bir boʻlmacha va qorinchasining tomir bilan tutashgan joyida maxsus „qopqoqlar“ joylashgan boʻlib, ular qonning bir yoʻnalishda oqishi uchun javob beradigan klapan deb ataladi. Yurakda 4 ta klapan boʻlib, tegishli vaqtda ochiladi va yopiladi, qonni oʻtkazadi yoki uni oʻtkazmaydi[16]. Chap boʻlmacha va chap qorincha orasidagi „qopqoq“ „ikki tabaqali klapan“ deb ataladi va u ikkita tabaqadan iborat. Oʻng boʻlmacha va oʻng qorincha orasidagi klapan uchta tabaqali klapan deb ataladi va uchta tabaqadan iborat. Yurak aorta hamda oʻpka arteriyalari bilan ham tutashgan joyida „yarimoysimon klapan“ joylashgan. Ular ikkala qorinchadan qon oqimini nazorat qilib, aʼzolarga qonni yetkazib berishini taʼminlaydi[17].
Qon aylanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yurak toʻqimasining har bir hujayrasi doimiy ravishda kislorod va oziq moddalar bilan taʼminlab turilishi kerak. Bu jarayon yurakning koronar tomirlar tizimi orqali ichki qon aylanishi bilan taʼminlanadi; u odatda „koronar qon aylanishi“ deb ataladi[18]. Aorta tomirining koʻtariluvchi qismidan oʻng va chap tojsimon arteriyalari chiqadi va yurakni qon bilan taʼmilanishi uchun yanda koʻplab tarmoqlarga boʻlinadi. Yurak tomonidan chiqarilgan qonning 20 % qismi koronar tizim orqali oʻtadi. Tojsimon arteriyalaridan oqib oʻtuvchi qon kislorod bilan yaxshi taʼminlangan boʻlib, yurakning uzliksiz urib turishi uchun zarur energiyani yetkazib berib turadi[19].
Nerv bilan taʼminlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yurak sezuvchi, simpatik nerv sistemasi va parasimpatik nerv sistemasi nervlar bilan taʼminlangan[20]. Oʻng va chap simpatik nervlardan simpatik tolalar chiqib, yurakning bir qismi sifatida oʻrab olib, yurak urishini tezlashtiradigan impulslarni oʻtkazadi, tojsimon arteriyalarning tomirlarini kengaytiradi, parasimpatik tolalar esa yurak urish tezligini sekinlashtiradigan hamda yurak tomirlarini toraytiruvchi impulslarni oʻtkazadi. Yurak va uning tomirlari devorlaridagi retseptorlaridan sezuvchi nerv tolalari chiqadi va orqa miya bilan bosh miyaning tegishli markazlariga boradi[21].
Preganglionik simpatik nerv tolalari orqa miyaning yuqori 5 va 6 koʻkrak segmentlari orasida joylashgan boʻlib, bachadon boʻyni simpatik ganglionlarining ikkinchi tartibli neyronlari bilan bogʻlanadi[22]. Yurak nervlarining bir qismi sifatida bu tolalarning uchlari yurak va yirik tomirlarda tugaydi. Preganglionik parasimpatik nerv tolalari miyachaning orqa miyani harakatlantiruvchi yadrolariga kelib qoʻshiladi va adashgan nerv shoxlarining bir qismi sifatida yurak va yirik tomirlarga yetib boradi. Bu yerda tolalar bir xil shakllanishlar ichida gangliylarda joylashgan ikkinchi darajali neyronlar bilan sinapslar hosil qiladi[23].
Yurakning gistologik tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yurak devori uchta qavatdan iborat: epikard, miokard va endokard. Epikard yupqa (0,3-0,7 mm dan koʻp boʻlmagan) biriktiruvchi toʻqima plastinkasidan, endokard epiteliy toʻqimasidan, miokard esa koʻndalang–targʻil mushak tolalaridan iborat[24].
Yetuk miokard hujayrasi (kardiomiotsit) diametri 25 mkm va uzunligi 100 mkm gacha boʻladi. Hujayrasi skelet mushak hujayrasiga oʻxshash koʻndalang chiziqqdan tuzilgan boʻladi. Biroq, koʻp yadroli skelet miofibrillaridan farqli oʻlaroq, kardiomiotsitlar hujayraning markazida bitta yoki ikkita yadroga joylashgan boʻladi[25]. Har bir kardiomiotsit atrofida kapillyarlar tarmogʻiga boy boʻlgan biriktiruvchi toʻqima mavjud[26].
Miokard qon tomirlari va nerv tolalari bilan zich taʼminlangan boʻlib, bir nechta nerv chigallarini hosil qiladi. Miokardial kapillyarlarda taxminan toʻrtta nerv tolasi boʻladi[27].
Miokard hujayralarining membranasi sarkolemma deb ataladi va elektron mikroskop bilan qaralganda ikki qavat membranadan tuzilganligi koʻrinadi:
- Ichki plazmatik membrana,
- Tashqi bazal membranadan iborat. Bu yurak mushaklari toʻqimalarining oʻziga xos xususiyati boʻlib hisoblanadi[24]. Mazkur membranalar oddiy mikroskop ostidan qaralganda yurak hujayralari tolalarini tartibsiz vaqt oraligʻida kesib oʻtadigan quyuq rangli koʻndalang chiziqlar shaklida koʻrinadi[28]. Membranalar qoʻshni yurak tolalarini bogʻlaydigan murakkab koʻpriklar boʻlib, miokard hujayralari oʻrtasida tizimli va elektr impuls aloqalarini uzluksiz hosil qilib turadi. Yurakning ulkan metabolik ehtiyojlarini qondirish va yuqori energiyali fosfatlar bilan taʼminlash uchun miokard hujayralari koʻp miqdorda mitoxondriya bilan taʼminlanadi. Bu organellalar alohida miofibrillalar orasida joylashgan va hujayra hajmining taxminan 35 % joyni egallaydi[29].
-
Yurak mushak to'qimalarining gistologik mikropreparatsiyasi. Optik mikroskop, ×100, Окраска gematoksillin-eozin bilan bo'yalgan
-
Yurak mushak to'qimalarining gistologik mikropreparatsiyasi. Optik mikroskop, ×200, gematoksilin-eozin bilan bo'yalgan
-
Yurak to'qimalarining gistologik mikropreparatsiyasi, yurak o'tkazuvchanligi tizimining tolalari. Optik mikroskop, ×150, gematoksillin-eozin bilan bo'yash
Yurakning biofizik tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kardiofizika nuqtai nazaridan yurak koʻp komponentli polimerik, bir xil boʻlmagan tabiiy kelib chiqadigan aʼzo hisoblanadi. Ushbu muhitda uning tuzilishi, nozik tashkil etilishi yurakning asosiy biologik funksiyalarini taʼminlaydi[30]. Yurakning asosi boʻlgan geterogen tuzilishi birinchi navbatda elektrofiziologiya usullari, keyin esa hisoblash biologiyasi usullari yordamida koʻp marta oʻrganilib chiqilgan. Yurak toʻqimalarining avtotoʻlqinli xususiyatlari yarim asrdan koʻproq vaqt davomida jahon fanlari tomonidan faol oʻrganilib kelinmoqda[31].
Ushbu biologik ob’ektning yangi ilmiy koʻrinishi sunʼiy yurakni yaratish muammosini hal qilishda yangi yondashuvga imkon beradi, uning asosiy vazifasi zamonaviy nanotexnologiyalar asosida xuddi shunday avtotoʻlqin funksiyasiga ega boʻlgan sunʼiy polimerik faol muhitni ishlab chiqarishni tashkil etish hisoblanadi[32].
-
Yurakning elektr o'qi vektorlarining sxematik tasviri (shuningdek, chapga va o'ngga og'ishlari)
-
Yurakning o'tkazuvchanlik tizimi orqali qo'zg'alishning tarqalishining sxematik tasviri
-
Yurakning harakat potentsiallari
-
EKGda PQRST to'lqinlarining hosil bo'lish joylarining sxematik tasviri
-
Miokard mushak tolalari yo'nalishlarining sxematik tasviri
-
Diastola va sistola davrida qorincha miokardining kesmasining sxematik tasviri
Yurak fiziologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yurak faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yurak toʻqimalarining faoliyati fiziologik xususiyatlari asosida va funksiyasiga koʻra quyidagi koʻrinishlarda amalga oshadi[33].
- Yurakning avtomatizmi – yurakning oʻzidan kelib chiqadigan impulslar taʼsirida ritmik qisqarish qobiliyati[34].
- Yurakning qoʻzgʻaluvchanligi – yurak mushaklarining toʻqimalari fizik-kimyoviy xususiyatlarining oʻzgarishi bilan birga keladigan fizik yoki kimyoviy tabiatdagi turli xil qoʻzgʻatuvchilar bilan qoʻzgʻalish qobiliyati[35].
- Kardial oʻtkazuvchanlik – yurak stimulyatori hujayralarida harakat potentsialining shakllanishi tufayli yurakda elektr impulslari orqali amalga oshiriladi va nervlar qoʻzgʻalishning bir hujayradan ikkinchisiga oʻtish joyi boʻlib xizmat qiladi[36].
- Yurakning qisqarish qobiliyati – yurak mushaklarining qisqarish kuchi mushak tolalarining harakati tufayli kelib chiqadi va muskul tolalarining dastlabki uzunligiga toʻgʻridan-toʻgʻri proportsional boʻladi[37].
- Miokardning refrakterligi – bu harakat potentsiali vaqtida toʻqimalar qoʻzgʻalmasligining vaqtinchalik holati hisoblanadi. Refrakterlikning uchta darajasi mavjud: mutlaq, samarali va nisbiy refrakter davr. Yurak boʻlmachasi hujayralarining refrakter davri qorincha miokard hujayralarinikiga qaraganda qisqaroq, shuning uchun boʻlmacha ritmi taxiaritmiyalarda qorincha ritmidan sezilarli darajada oshib ketishi mumkin[38].
Avtomatiklik, qoʻzgʻaluvchanlik va oʻtkazuvchanlik hodisalarini „yurakning avtotoʻlqinli funksiyasi“ tushunchasi bilan birlashtirish mumkin[39].
Yurakning asosiy faoliyati uning Nasos funksiyasini taʼminlashga qaratilgan" deb tushuntiriladi, yaʼni yurakning asosiy fiziologik funksiyasi qon tomir tizimiga ritmik qon haydab berish hisoblanadi"[40].
Qon aylanish tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yurak qon aylanishi tizimida nasos funksiyasini bajarib, doimiy ravishda qon tomirlariga qonni haydab turadi. Yurak shuningdek, qonning toʻgʻri yoʻnalishda tomirlar orqali doimiy va uzluksiz harakatlanishini taʼminlaydigan nasos turi hisoblanadi. Ikki va uch tabaqali hamda, yarimoysimon klapanlar qonning bir yoʻnalishda, boʻlmachadan qorinchalarga va u yerdan qon tomirlarga qon oqishini taʼminlab turadi[41][42].
Yurakning ish sikli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sogʻlom yurak ritmik va uzilishlarsiz qisqaradi va kengayadi. Yurakning bir ish siklida uch faza ajratiladi[43]:
- Qon bilan toʻlgan boʻlmacha qisqarganda, qon ochiq klapanlar orqali yurak qorinchalariga quyiladi (bu vaqtda ular dam olish holatida qoladilar). Boʻlmachaning qisqarishi kovak vena tomirlari kiradigan joydan boshlanadi, shuning uchun ularning klapanlari yopiladi va qon qaytib kovak vena tomirlariga qayta olmaydi[44].
- Boʻlmachalar bir vaqtning oʻzida boʻshashishi bilan qorinchalarning qisqarishi boshlanadi. Boʻlmachalarni qorinchalardan ajratib turuvchi uch va ikki tabaqali klapanlar yopiladi va qonning boʻlmachaga qaytishiga toʻsqinlik qiladi va aorta va oʻpka tomirlaridagi yarimoysimon klapanlar ochiladi. Qorinchalarning qisqarishi qonni aorta va oʻpka arteriyasiga haydaydi[45].
- Pauza (diastola) – bu organning qisqa dam olish davri. Bu vaqtda tomirlardan qon boʻlmachaga kiradi va qisman qorinchalarga tushadi. Yangi sikl boshlanganda, boʻlmachadagi qolgan qon qorinchalarga tushadi – sikl takrorlanadi[46].
Yurak ishining bir sikli taxminan 0,85 sekund davom etadi, shundan atigi 0,11 soniyasi boʻlmachalar qisqarish vaqtiga, 0,32 soniyasi qorinchalar qisqarish vaqtiga toʻgʻri keladi, eng uzuni esa dam olish davri boʻlib, 0,4 soniya davom etadi. Dam olish paytida kattalarning yuragi tizimda daqiqada taxminan 70 siklda ishlaydi[47].
Odatda, yurak sikli tartibli jarayon boʻlib, u yurakda qoʻzgʻalishning oʻtkazilishiga asoslanadi. Odatda, yuqori kovak venalari oʻng boʻlmachaga qoʻshilish joyida joylashgan sinoatrial tugunda elektr impulsi paydo boʻladi. Depolyarizasiya toʻlqini oʻng va chap boʻlmachalar orqali tez tarqalib, atriyoventrikulyar tugunga etib boradi, bu yerda u sezilarli darajada tarqaladi. Keyin impuls Gis tutami boʻylab tez tarqaladi va tutamning oʻng va chap oyoqchalari boʻylab oʻtadi. Ular Purkine tolalariga shoxlanadi va impuls miokard tolalariga tarqalib, ularning qisqarishini keltirib chiqaradi[48].
Yurakning avtomatizmi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yurak mushaklarining maʼlum bir qismi yurakning qolgan qismiga avtotoʻlqinli tabiatning tegishli impulslari shaklida nazorat signallarini berishga ixtisoslashgan; yurakning bu ixtisoslashgan qismi yurak oʻtkazuvchanligi tizimi (YOʻT) deb ataladi. Aynan u yurakning avtomatizmini taʼminlaydi.
Avtomatizm — yurakning tashqi qo'zg'atuvchilarsiz kardiomiotsitlarda paydo bo'ladigan impulslar ta'sirida qo'zg'alish qobiliyati. Fiziologik sharoitda sinus tugun yurakdagi eng yuqori avtomatizmga ega, shuning uchun u birinchi tartibli avtomatik markaz deb ataladi[49] Andrey Vyacheslavovich Ardashev va boshqalar. 2009-yil.
1-darajali yurak stimulyatori deb ataladigan va oʻng boʻlmachaning devorida joylashgan sinoatrial tugun yurak oʻtkazuvchaligining muhim qismi boʻlib, muntazam avtotoʻlqinli impulslar yuborib, yurak siklining chastotasini nazorat qiladi. Atrial oʻtkazuvchanlik yoʻllari orqali bu impulslar atrioventrikulyar tugunga va keyinchalik boʻshashgan miokardning alohida hujayralariga kirib, ularning qisqarishini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, yurak oʻtkazuvchaligi boʻlmacha va qorinchalarning qisqarishini muvofiqlashtirish yordamida yurakning ritmik ishini, yaʼni normal yurak faoliyatini taʼminlaydi[50].
Qoʻzgʻalish va qisqarishning konyugatsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Harakat potensialini kardiomiotsitlarning qisqarishiga aylantirish yoki qoʻzgʻalish va qisqarishning konyugatsiya jarayoniga oʻtkazish lozim. U yuqori energiyali fosfatlar shaklidagi kimyoviy energiyani kardiomiotsitlar qisqarishi ostida mexanik energiyasiga oʻtishiga asoslangan. Miokard hujayralarining qisqarishi uchun mas’ul boʻlgan bir nechta oqsillar mavjudir. Ulardan ikkitasi – aktin va miozin – asosiy kontraktil elementlardir[51]. Qolgan ikkitasi, tropomiozin va troponin, tartibga solish funksiyasini bajaradi. Mushaklarning qisqarishi miozin mushak boshchalarini aktin elementlari bilan bogʻlashi va boshchalarning „egilishi“ tufayli rivojlanadi. Natijada, ingichka va qalin tolalar ATF energiyasi tufayli bir-biri boʻylab harakatlanadi. Bu jarayonning birinchi bosqichi miozin boshchaining ATF gidrolizi orqali faollashishi boʻlib, shundan soʻng miozin boshi aktin bilan bogʻlanib, koʻndalang koʻprik hosil qilinadi. Miozin boshining aktin bilan oʻzaro taʼsiri boshchaning strukturaviy oʻzgarishlariga sabab boʻladi, bu esa uning „egiluvchanligiga“ olib keladi. Bu egilish harakati aktin tolasining miozin tolasi boʻylab siljishiga olib keladi[52].
Yurak faoliyatini tartibga solish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yurakning moslashish qobiliyati ikki turdagi tartibga solish mexanizmlari bilan bogʻliq:
- Intrakardial regulyatsiya (bunday tartibga solish miokardning oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq, shuning uchun u yurakning izolyatsiya qilingan sharoitida ham ishlaydi, yaʼni, avtomatizm bilan).
- Ichki sekretsiya bezlari va avtonom nerv tizimi tomonidan amalga oshiriladigan yurakdan tashqari regulyatsiya[53].
Yurakning ishi miogen, asab va gumoral mexanizmlar bilan tartibga solinadi. Miogenik yoki gemodinamik tartibga solish mexanizmi quyidagilarga boʻlinadi: geterometrik va gomometrik[54].
Yurak ichki regulyatsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yurak ichidagi tartibga solishga misol sifatida Frank-Starling qonunini keltirish mumkin, buning natijasida sistola boshlanishidan oldin qorinchalarda qon hajmining koʻpayishiga javoban yurakning sistolik hajmi ortadi (oxirida diastolik hajm ortadi), boshqa barcha omillar oʻzgarishsiz qoladi[55]. Ushbu mexanizmning fiziologik ahamiyati, asosan, chap va oʻng qorinchalar orqali oʻtadigan qon hajmlarining tengligini taʼminlashdan iborat. Bilvosita, bu mexanizm yurak tezligiga ham taʼsir qilishi mumkin[56].
Hujayra ichidagi Ca 2+ konsentratsiyasi yurak qisqarish kuchini belgilovchi asosiy omil ekanligi isbotlangan. Hujayra ichidagi kalsiy foizini oshiradigan omillar yurakning qisqarish kuchini oshiradi, kalsiy foizini kamaytiradigan omillar esa yurakning qisqarish kuchini kamaytiradi[57].
Yurak tashqi regulyatsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asab tizimi yurak qisqarishlarining chastotasi va kuchini tartibga soladi: (simpatik asab tizimi qisqarishning kuchayishiga olib keladi, parasimpatik zaiflashtiradi)[58].
Medulla oblongatasida joylashgan, vegetativ nerv tizimining bir qismi boʻlgan vazomotor markazi turli retseptorlardan signallarni oladi, Masalan: proprioretseptorlar, baroreseptorlar va xemoreseptorlar, shuningdek, limbik tizimdan ogohlantiruvchi signallar ham taʼsir qiladi. Birgalikda bu retseptorlar odatda vazomotor markazga yurak reflekslari deb nomlanuvchi jarayonlar orqali yurakni nozik tartibga solishga imkon beradi[59].
Qorinchalar old va orqa yuzasi adashgan nervining afferent tolalari boy taʼminoti muhim yurak reflekslarining shakllanishini belgilaydi, adashgan nervining SA va AV tugunlariga yoʻnaltirilgan efferent tolalarining koʻpligi ishlab chiqarishni tartibga solishga imkon beradi va elektr impulsini oʻtkazish funksiyasini bajaradi[60].
Bunga misol sifatida barorefleks yoki Sion-Lyudvig refleksini keltirilsa booʻladi: qon bosimi ortishi bilan baroretseptor impulslarining chastotasi oshadi va vazomotor markazi simpatik stimulyatsiyani kamaytiradi va parasimpatik stimulyatsiyani oshiradi, bu ayniqsa yurak tezligining pasayishiga olib keladi va aksincha, bosim pasayganda, baroreseptorlarning javob tezligi pasayadi, hamda, vazomotor markaz simpatik stimulyatsiyani oshiradi, natijada parasimpatik nerv tolasi faoliyatini kamaytiradi, bu ayniqsa yurak tezligining oshishiga olib keladi. Atrial refleks yoki Bainbridge refleksi deb ataladigan shunga oʻxshash refleks mavjud boʻlib, u maxsus atrial baroretseptorlarni oʻz ichiga oladi[61].
Endokrin tizimining yurakka taʼsiri gormonlar orqali sodir boʻladi, yurak qisqarishining kuchini oshirishi yoki kamaytirishi, ularning chastotasini oʻzgartirishi mumkin. Yurak ishini tartibga soluvchi asosiy ichki sekretsiya bezini buyrak usti bezlari deb hisoblash mumkin: ular adrenalin va norepinefrin (noradrenalin) gormonlarini ishlab chiqaradi, ularga qoʻshimcha ravishda yurak qisqarishini tezlashtiradigan omillar: serotonin, tiroksin, Ca 2+ kabilarning yurakka taʼsiri simpatik asab tizimining funksiyalariga mos keladi. Kalsiy va kaliy ionlari, shuningdek, endorfinlar va boshqa koʻplab biologik faol moddalar ham yurak ishiga taʼsir qiladi. Biroq, yurakni sekinlashtiradigan moddalar mavjud, bulardan asetilxolin, bradikinin va K + eng koʻp ahamiyatga ega[62].
Yurak ishini diagnostika qilishning instrumental usullari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yurakning ultratovush tekshiruvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuzilish, fiziologik jarayonlar, patologiyalar va gemodinamikani koʻrish uchun juda informatsion usul bu yurakning ultratovush tekshiruvidir. Rentgen texnologiyasiga asoslangan usullardan farqli oʻlaroq, u radiatsiya taʼsiriga ega emas. Usulning afzalliklari tadqiqot tezligini, xavfsizligini, mavjudligini ham oʻz ichiga olishi mumkin[63].
Elektr hodisalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yurakning fiziologik faoliyati (har qanday mushak kabi) ishlaydigan organ atrofida elektromagnit maydon paydo boʻlishiga olib keladigan elektr hodisalari bilan birga keladi. Yurakning elektr faolligi elektrokardiografiyaning turli usullari yordamida qayd etilishi mumkin, bu inson tanasi yuzasidagi potensial farq vaqt oʻzgarishining koʻrsatgichini beradi yoki miokardni toʻgʻridan-toʻgʻri endokardda qoʻzgʻalish toʻlqinlarining tarqalish yoʻllarini elektrofiziologik oʻrganish orqali kuzatilishi mumkin. Ushbu usullar yurak xuruji va yurak-qon tomir tizimining boshqa kasalliklarini tashxislashda asosiy va muhim rol oʻynaydi[64]. Elektrokardiografiya – ishlayotgan yurakning bioelektrik potensiallarini yozib olib, yurak muskullari faoliyatini tekshirish usuli hisoblanadi. Normal sharoitda yurakning boʻlmacha va qorinchalari ketma-ket qoʻzgʻalib turadi, natijada yurakning qoʻzgʻalgan va qoʻzgʻalmagan qismida potensiallar farqi hosil boʻladi va yurak elektr toki manbai boʻlib qoladi. Tana toʻqimalari elektr oʻtkazuvchanlik xossasiga ega boʻlgani uchun yurakning elektr tokini tana yuzasidan maxsus asboblar yordamida yozib olish mumkin. Yurakning bir ish sikli vaqtida yurakning elektr maydonini ikki nuqtasida potensiallar farqini yozib oluvchi egri chiziqqa – elektrokardiogramma (EKG) deyiladi. Bunday tekshirish usuliga esa elektrokardiografiya deyiladi[65]. EKG birinchi marta 1887-yil Augustus Desiré Waller tomonidan yozib olingan boʻlib, oʻsha davrlarda keng qoʻllanilmagan. Willem Einthoven, Alexander Filippovich Samoylov, Thomas Lewis, Zelenin, Vladimir Filippovich va boshqalar (1903-yil) joriy etgan usul orqali mazkur usul keng koʻlamda hozirgi kungacha qoʻllanilmoqda. EKG diagnostik usul boʻlib tibbiyotda keng qoʻllanadi, bu usul yurak faoliyatida bir qator buzilishlar harakterini va yurakda sodir boʻladigan patologik holatlarni aniqlashda keng qoʻllanilmoqda[66][67].
Akustik hodisalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oddiy yurakda auskultativ tekshiruv usullari yordamida ayrim patologiyalarda yurak tonlarini va shumlarini eshitishingiz mumkin[68].
Yurak tovushlari deb ataladigan akustik hodisalar quloq yoki stetoskopni koʻkragiga qoʻyish orqali eshitilishi mumkin. Har bir yurak sikli odatda 4 tonga boʻlinadi. Har bir qisqarishda birinchi 2 tasi oddiy quloq bilan eshitish mumkin. Uzunroq va pastroq boʻlgan ikkinchi ikkita tonlarni ikki va uch tabaqali klapanlarning yopilishi bilan bogʻliq boʻlib, qisqaroq va balandroq ton aorta va oʻpka arteriyalari klapanlarining yopilishi bilan bogʻliq. Birinchi va ikkinchi ton oʻrtasida qorinchalar qisqarishining maʼlum bir bosqichi yotadi[69].
Mexanik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yurak qisqarishi bir qator mexanik koʻrinishlar bilan birga keladi, ularni qayd etish orqali yurak qisqarishi dinamikasi haqida ham tasavvurga ega boʻlish mumkin. Masalan, chap tomondagi beshinchi qovurgʻalararo boʻshliqda, oʻrta chizigʻidan 1 sm ichkarida, yurak qisqarishi paytida, choʻqqi urishi seziladi. Diastola paytida yurak ellipsimon shaklga oʻxshab qoladi, uning oʻqi yuqoridan pastga va oʻngdan chapga qarab yoʻnaltiriladi. Qorinchalarning qisqarishi bilan yurakning shakli sharsimon boʻlib qoladi va yurakning uzunlamasıga diametri pasayadi va koʻndalang tomonlama kengayadi. Chap qorinchaning siqilgan miokard qismi koʻkrak devorining ichki yuzasiga tegib turadi. Shu bilan birga, diastola vaqtida diafragmaga yaqinlashgan yurak choʻqqisi sistola vaqtida koʻtariladi va koʻkrakning old devoriga uriladi. Bularning barchasi yurak choʻqqisi urishining koʻrinishini keltirib chiqaradi. Yurakning mexanik faoliyatini tahlil qilish uchun bir qator maxsus usullar qoʻllanadi[70].
Kinetokardiografiya – yurakning mexanik faolligi tufayli koʻkrak qafasining past chastotali tebranishlarini qayd etish usuli; yurakning chap va oʻng qorinchalari siklining fazaviy tuzilishini bir vaqtning oʻzida oʻrganish imkonini beradi[71][72].
Elektrokimografiya – rentgen apparati ekranida yurak soyasi konturining harakatini elektr qayd etish usuli. Yurak konturining chetlarida ekranga osiloskopga ulangan fotoelement qoʻllanadi. Yurak harakat qilganda, fotoelementning yoritilishi oʻzgaradi, bu osiloskop tomonidan egri chiziq shaklida qayd etiladi. Yurakning qisqarishi va boʻshashishlarining egri chiziqlari olinadi[73].
Ballistokardiografiya – qonning qorinchalardan chiqarilishi va uning yirik tomirlarda harakatlanishi, toʻpdan otilgan toʻpga oʻxshash reaktiv harakatga qarab butun tananing tebranishlarini keltirib chiqarishiga asoslangan usul („ballistokardiografiya“ texnikasi „ballista“ soʻzidan kelib chiqqan – otish snaryadlari maʼnosini anglatadi). Balistokardiograf tomonidan qayd etilgan va yurakning faoliyatiga qarab tana siljishlarining egri chiziqlari odatda xarakterli koʻrinishga ega boʻladi.
Ularni roʻyxatdan oʻtkazish uchun turli xil usullar va qurilmalar mavjud. Sovet Ittifoqida ballistokardiografiyaning asoschisi akademik V. V. Parin hisoblanadi[74].
Dinamokardiografiya – yurakning koʻkrak qafasidagi harakatlari va qonning yurakdan qon tomirlariga chiqarilishi koʻkrak qafasining ogʻirlik markazining odam joylashgan sirtga nisbatan tebranishini aniqlashga asoslangan usul hisoblanadi. Bemor maxsus stolda yotadi, uning ustiga sensorli maxsus qurilma oʻrnatiladi – mexanik miqdorlarni elektr tebranishlariga oʻtkazgichlar, qurilma sub’ekti koʻkragi ostiga oʻrnatiladi. Ogʻirlik markazining siljishlari osiloskop tomonidan egri chiziqlar shaklida qayd etiladi. Dinamokardiogrammada yurak siklining barcha bosqichlari: boʻlmacha sistolasi, qorincha tarangligi va ulardan qonni chiqarib yuborish davrlari, protodiastolik davr, boʻshashish va qorinchalarni qon bilan toʻldirish davrlari qayd etiladi[75].
Fonokardiografiya – yurak tovushlarini fonokardiogrammaga yozib olish usuli. Kuchaytirgich va osiloskopga ulangan sezgir mikrofon koʻkrak qafasining chap yarmiga ob’ektning IV-V qovurgʻalari sohasiga ulab qoʻyiladi, keyin esa yurak tovushlarini egri chiziq shaklida fotosurat qogʻozida qayd etish mumkin. Bu usul yurak klapanlari faoliyatini, hamda, kasalliklarini tashxislash uchun qoʻllanadi[76].
Yurakning qoʻshimcha tasvirlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Yurakning old tomonidan koʻrsatilgan tasviri
-
Yurakning orqa tomonidan koʻrsatilgan tasviri
-
Yurakning tojsimon arteriyalar bilan taʼminlanishi
-
Yurakning old va orqa tomonidan koʻrsatilgan tasviri
-
Yurakning frontal tasviri
-
Yurakning anatomik tasviri
-
Yurak va qon aylanish tizimi tasviri
-
Kompyuter tomografiyada tasvirlangan yurakning 3D modeli
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Defibrillyator
- Kardiologiya
- Angiologiya
- Tugʻma yurak nuqsonlari
- Puls
- Qon bosimi
- Elektrokardiografiya
- Kardiogramma
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 Ahmedov A.G'. Rasulov X.A.. Odam anatomiyasi, 2013, Toshkent: «IQTISOD-MOLIYA» — 271-281-bet. ISBN 978-9943-13-368-6. Qaraldi: 2-avgust 2023-yil. (Wayback Machine saytida 2023-07-21 sanasida arxivlangan)
- ↑ 2,0 2,1 N .H .SHOMIRZAYEV ,. Topografik anatomiya, 2005, Toshkent: Akademiya — 200-201-bet. Qaraldi: 31-iyul 2023-yil.
- ↑ „Yurak haqida“. uz.warbletoncouncil.org. WARBLETONCOUNCIL. Qaraldi: 1-avgust 2023-yil.
- ↑ Mavlonov, Ochil. Biologiya (zoologiya), 2017 (O'zbekcha), Toshkent: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti — 147-172-bet. ISBN 978-9943-07-508-5.
- ↑ „Dunyoda insonlar qaysi holatlar sabab ko`proq vafot etishadi? Terrorizm tufaylimi yoki avtohalokatmi?“. darakchi.uz. darakchi.uz (20-yanvar). Qaraldi: 23-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Insonlar o‘limiga eng ko‘p sabab bo‘ladigan 9 ta kasallik“. daryo.uz. daryo.uz (22-oktyabr). Qaraldi: 23-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Yurak ishemiyasi“. www.avitsenna.uz. Avitsenna.uz rasmiy sayiti. Qaraldi: 10-avgust 2023-yil.
- ↑ Привес М. Г., Лысенков Н. К., Бушкович В. И.. Анатомия человека, 1985, Москва: Медицина..
- ↑ B. AMINOV, T. TILAVOV, O. MAVLONOV „IV-bob“, . Odam va uning salomatligi, 2014 (O'zbekcha), Toshkent: „O‘QITUVCHI“ NMIU — 41-43 betlar-bet. ISBN 978–9943–02–726–8. Qaraldi: 10-avgust 2023-yil.
- ↑ Betts J. G., Desaix P. , Johnson E. W., Johnson J. E., Korol O., Kruse D., Poe B., Wise J., Womble M. D., Young K. A. Anatomy and Physiology (angl.). – OpenStax, 2013. – 1410 p. – ISBN 978-1-947172-04-3.
- ↑ N.Sh.Shomirzayev, S.X.Nazarov, R.J.Usmonov „VI“, . Topografik anatomiya, 2006 (O'zbek), Toshkent: Akademiya.
- ↑ Prives M. G., Lisenkov N. K., Bushkovich V. I. Anatomiya cheloveka. – 11-e pererabotannoe i dopolnennoe. – M.: Meditsina, 1985.
- ↑ Ardashev, 2009, Anatomiya i fiziologiya provodyaщey sistemi serdsa, s. 35—41.
- ↑ Patofiziologiya zabolevaniy serdechno-sosudistoy sistemi / pod red. L. Lilli; Per. s angl.. – M.: BINOM, 2003. – 598 s. – 3000 ekz. – ISBN 5-94774-080-X.
- ↑ Patofiziologiya zabolevaniy serdechno-sosudistoy sistemi / pod red. L. Lilli; Per. s angl.. – M.: BINOM, 2003. – 598 s. – 3000 ekz. – ISBN 5-94774-080-X.
- ↑ Heart // Foundational Model of Anatomy
- ↑ Prives M. G., Lisenkov N. K., Bushkovich V. I. Anatomiya cheloveka. – 11-e pererabotannoe i dopolnennoe. – M.: Meditsina, 1985.
- ↑ N.Sh>Shomirzayev va boshqalar. Topografik anatomiya, 2006, Toshkent: «Akademiya» — 205-bet.
- ↑ „Кровообращение коронарное“. 2009-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-may.
- ↑ Ahmedov A.G'. Odam anatomiyasi, 2005, Toshkent: Moliya- iqtisod — 264-268-bet.
- ↑ Glava 1. Osnovi stroeniya i funksii serdsa, s. 1—32.
- ↑ Babskiy Ye. B. Fiziologiya cheloveka. – 2-e izd. – M.: Meditsina, 1972. – S. 69.
- ↑ Лилли 2003, Глава 1. Osnovi stroeniya i funksii serdsa.
- ↑ 24,0 24,1 Zufarov K.. Gistologiya, 2005, Toshkent: IBN SINO — 218-219-bet.
- ↑ Komiljon Zuparov. Yurak gistologiyasi, 2005, Toshkent: IBN SINO — 219-220-bet.
- ↑ „The Heart“. www.histology.leeds.ac.uk. The Histology Guide. Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
- ↑ Prives M. G., Lisenkov N. K., Bushkovich V. I. Anatomiya cheloveka. – 11-e pererabotannoe i dopolnennoe. – M.: Meditsina, 1985.
- ↑ Tursuniv, Erkin. Gistologiya I-qism, 2010, Toshkent: "Perfect print" — 190-201-bet.
- ↑ Anita Arackal; Khalid Alsayouri. „Histology, Heart“. www.ncbi.nlm.nih.gov. National Library of Medicine (2022-yil 8-may). Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
- ↑ Titomir L. I., Kneppo P. Matematicheskoe modelirovanie bioelektricheskogo generatora serdsa. – M.: Nauka. Fizmatlit, 1999. – 448 s. – ISBN 5-02-015245-5.
- ↑ Kohl, P., Frederick Sachs, Michael R. Franz. Cardiac Mechano-Electric Coupling and Arrhythmias. – 2011. – 512 s. – ISBN 978-0-19-957016-4.
- ↑ Ардашев 2009, Базовые механизмы аритмий сердца.
- ↑ Fiziologiya cheloveka / pod red. V. M. Pokrovskogo i G. F. Korotko. – 3. – M.: Meditsina, 2007. – 656 s. – (Uchebnaya literatura dlya studentov meditsinskix vuzov). – 10 000 ekz. – ISBN 5-225-04729-7.
- ↑ Fundamentalnaya i klinicheskaya fiziologiya / pod red. A. Kamkina, A. Kamenskogo. – M.: Academia, 2004. – 1072 s. – ISBN 5-7695-1675-5.
- ↑ Sudakov K. V. Normalnaya fiziologiya. – M.: Meditsinskoe informatsionnoe agentstvo, 2006. – S. 329. – 920 s. – ISBN 5-89481-294-1.
- ↑ Dudel Y., Ryuegg Y., Shmidt R. i dr. Fiziologiya cheloveka: v 3-x tomax. Per. s angl = Human Physiology / Pod red. R. Shmidta, G. Tevsa. – 3-e izd.. – M.: Mir, 2005. – T. 2. – 314 s. – 1000 ekz. – ISBN 5-03-003576-1.
- ↑ Betts J. G., Desaix P. , Johnson E. W., Johnson J. E., Korol O., Kruse D., Poe B., Wise J., Womble M. D., Young K. A. Anatomy and Physiology (angl.). – OpenStax, 2013. – 1410 p. – ISBN 978-1-947172-04-3.
- ↑ Лилли,. Глава 1. Основы строения и функции сердца, 2009 — с. 1—32.-bet.
- ↑ Ардашев,. Базовые механизмы аритмий сердца,, 2009, Москва — с. 45—74.-bet.
- ↑ В. М. Покровского и Г. Ф. Коротько. Физиология человека, (Учебная литература для студентов медицинских вузов), Москва: Медицина, 2007 — 656 с-bet. ISBN 5-225-04729-7. Qaraldi: 20-avgust 2022-yil.
- ↑ Ahmedov, Akmal. Odam anatomiyasi, 2005, Toshkent: O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi — 349 - 351 betlar-bet. ISBN 5-89890-113-2.
- ↑ Ardashev,. Provodyaщey sistemi serdsa., 2009, Anatomiya i fiziologiya, — 35-41-bet.
- ↑ Kositskiy G. I. Fiziologiya cheloveka. – 3-e izd. – M.: Meditsina, 1985. – S. 256.
- ↑ O.T.Alyaviya. NOormal fiziologiya, 2006 (O'zbekcha), Toshkent: "Yangi asr avlodi" — 270-271-bet. ISBN 5-633-01949-0.
- ↑ A. Ahmedov, X. Rasulov. Anatmoiya I-II tom, 2018, Toshkent: IBN SINO.
- ↑ O.T.Alyaviya va boshqalar. Yurak qon-tomir fiziologiya, 2006 (O'zbekcha), Toshkent: "Yangi asr avlodi". ISBN 5-633-014959-0.
- ↑ Babskiy Ye. B. Fiziologiya cheloveka. – 2-e izd. – M.: Meditsina, 1972. – S. 69.
- ↑ Лилли,,.. Глава 1. Основы строения и функции сердца,, 2003 — с. 1—32-bet.
- ↑ Ардашев 2009, Анатомия и физиология проводящей системы сердца.
- ↑ Ziad F. Issa MD, ... Douglas P. Zipes „Heart Automaticity“. www.sciencedirect.com. ScienceDirect (2019). Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
- ↑ Klinicheskaya aritmologiya / Pod red. prof. A. V. Ardasheva. – M.: MYeDPRAKTIKA-M, 2009. – 1220 s. – ISBN 978-5-98803-198-7.
- ↑ Лилли 2003.
- ↑ Шмидт 2005, § 19.5. Prisposoblenie serdechnoy deyatelnosti k razlichnim nagruzkam.
- ↑ Sudakov K. V. Normalnaya fiziologiya. – M.: Meditsinskoe informatsionnoe agentstvo, 2006. – S. 329. – 920 s. – ISBN 5-89481-294-1.
- ↑ Jacob R., Dierberger B., Kissling G. (1992). „Functional significance of the Frank-Starling mechanism under physiological and pathophysiological conditions“. European Heart Journal 13: 7-14. doi:10.1093/eurheartj/13.suppl_E.7
- ↑ K Yubileyu Romana Markovicha Baevskogo // Klinicheskaya informatika i telemeditsina. – 2013. – T. 9, № 10. – S. 160—161.
- ↑ Павлов Е.Г., Тюрина М.М.. ВНУТРЕННЯЯ РЕГУЛЯЦИЯ РАБОТЫ СЕРДЦА, 2003, Казань: КАЗАНСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ ТЕХНИЧЕСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ им. А.Н. ТУПОЛЕВА — 1-24-bet.
- ↑ Dudel Y., Ryuegg Y., Shmidt R. i dr. Fiziologiya cheloveka: v 3-x tomax. Per. s angl = Human Physiology / Pod red. R. Shmidta, G. Tevsa. – 3-e izd.. – M.: Mir, 2005. – T. 2. – 314 s. – 1000 ekz. – ISBN 5-03-003576-1.
- ↑ Betts 2013, § 19.4 Cardiac Physiology.
- ↑ Betts, 2013, § 19.4 Cardiac Physiology, s. 865—876.
- ↑ А.Г. ЗАРИФЬЯН. РЕГУЛЯЦИЯ СЕРДЕЧНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ И ГЕМОДИНАМИКИ У ЧЕЛОВЕКА, 2000, Бишкек: КЫРГЫЗСКО-РОССИЙСКИЙ СЛАВЯНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ Медицинский факультет — 1-44-bet. ISBN 5-8355-1087-х.
- ↑ К.М Люзина „Физиология эндокринной системы“. elib.bsu.by (2017). 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-avgust 2022-yil.
- ↑ „ULTRA TOVUSHLI TEKSHIRUVLAR“. fedorovich.uz. ULTRA TOVUSHLI TEKSHIRUVLAR. Qaraldi: 20-avgust 2022-yil.
- ↑ Thomas Cascino „Электрокардиография“. https://www.msdmanuals.com/. СПРАВОЧНИК MSD (июл 2021). Qaraldi: 2-oktabr 2022-yil.
- ↑ Fiziologiya. Osnovi i funksionalnie sistemi. / Sudakov K. V.. – Moskva: Meditsina, 2000. – S. 327. – 784 s. – ISBN 5-225-04548-0.
- ↑ O.T. ALAVIYA, S H .Q. Q O D IR O V A .N.Q ODIROV, SH.H. H A M R O Q ULO V E.H.HALILOV. NORMAL FIZIOLOGIYA, 2006, Toshkent: «Yangi asr avlodi». ISBN 5-633-01949-0.
- ↑ „Normal EKG“. https://milliytibbiyot.uz/uz/normal-ekg/. Milliy tibbiyot. Qaraldi: 15-iyun 2023-yil.
- ↑ Dudel Y., Ryuegg Y., Shmidt R. i dr. Fiziologiya cheloveka: v 3-x tomax. Per. s angl = Human Physiology / pod red. R. Shmidta i G. Tevsa. – 3. – M.: Mir, 2010. – T. 1. – 323 s ill. s. – 1000 ekz. – ISBN 978-5-03-003834-6.
- ↑ SangitaDasSaurabhPalMadhuchhandaMitra „Acoustic feature based unsupervised approach of heart sound event detection“. www.sciencedirect.com. ScienceDirect (2020-yil noyabr). Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
- ↑ В. М. Покровского и Г. Ф. Коротько. Физиология человека, (Учебная литература для студентов медицинских вузов), Москва: Медицина, 2007 — 656 с-bet. ISBN 5-225-04729-7. Qaraldi: 20-avgust 2022-yil.
- ↑ E.E.EDDLEMAN, M.D. KATHRYN WILLES. The Kinetocardiogram, 2013, London.
- ↑ Jeanette R. Carpenter, D. Ware Branch „Kinetocardiography“. www.sciencedirect.com. ScienceDirect (2017). Qaraldi: 2-oktabr 2022-yil.
- ↑ Henny G. C., Boone B. R. Electrokymograph for Recording Heart Motion Utilising the Roentgenoscope // „Amer. Journ. Roentg.“, 1945, v. 54, p. 217
- ↑ К Юбилею Романа Марковича Баевского. К Юбилею Романа Марковича Баевского, 2013. — 160—161.-bet.
- ↑ В. Л. Карпман „ДИНАМОКАРДИОГРАФИЯ“. xn--90aw5c.xn--c1avg. Большая Медицинская Энциклопедия. Qaraldi: 20-avgust 2022-yil.
- ↑ Косицкий Г. И.. Физиология человека. 3-е изд, 1985, Москва: Медицина — 299-267-bet. ISBN 2007020000-241.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Odam anatomiyasi, 2013, Toshkent: «IQTISOD-MOLIYA» — 371-bet-bet. ISBN 978-9943-13-368-6. Qaraldi: 21-iyul 2023-yil. (Wayback Machine saytida 2023-07-21 sanasida arxivlangan)
- N.H. SHOMIRZAYEV ,. Topografik anatomiya, 2005, Toshkent: Akademiya — 200-202-bet. Qaraldi: 31-iyul 2023-yil.
- B. AMINOV, T. TILAVOV, O. MAVLONOV „IV-bob“, . Odam va uning salomatligi, 2014 (O'zbekcha), Toshkent: „O‘QITUVCHI“ NMIU — 41-43 betlar-bet. ISBN 978–9943–02–726–8. Qaraldi: 10-avgust 2023-yil. </ref>
- K. Zuparov „Gistologiya“ T-2005
- F. N. Bahodirov „Odam anatomiyasi“ Toshkent – 2005
- M. R. Sapin „Anatomiya cheloveka“ Moskva, „Meditsina“" 2001
- Kosharko K. Elektrokimografiya i diagnostika porokov serdsa. – Новосибирск, SON AN SSSR, 1963. – 153 s.
- Marmorshteyn S.Ya., Abarbanel Ye. V. V. Ye. Elektrokimografiya legko. – M., Meditsina, 1966.
- „V. V. Zareskogo“ Elektrokimografiya. – M. Medgiz. 1963 g.