ISO 3166
ISO 3166 – Davlatlar va qaram hududlarning kod belgilarini belgilaydigan xalqaro ISO standarti; shuningdek, davlatlar ichidagi asosiy maʼmuriy tuzilmalar. Quyidagi qismlardan iborat:
- ISO 3166-1 – davlatlar va qaram hudud kodlari
- ISO 3166-1 alpha-2 – ikki harfli
- ISO 3166-1 alpha-3 – uch harfli
- ISO 3166-1 numeric – raqamli
- ISO 3166-2 – davlatlar ichidagi maʼmuriy tuzilmalar kodlari (viloyatlar, shtatlar, provinsiyalar va boshqalar)
- ISO 3166-3 – tugatilgan davlatlar kodlari (birlashish, boʻlinish, nom oʻzgarish va boshqalar).
Ikki harfli ISO 3166-1 alfa-2 kodlari ICANN tomonidan mamlakat kodini yuqori darajadagi domen nomlarini belgilash uchun ishlatiladi.
ISO 3166-1 roʻyxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamlakat kodi 2 harfli yuqori darajadagi domen maʼlumotlar bazasi ISO 3166 Maintenance Agency tomonidan ishlab chiqilgan mamlakatlar roʻyxatidan tuzilgan. IANA yangi ccTLD ni uning kodi ISO 3166-1 roʻyxatida paydo boʻlgandan keyingina yaratadi.
Ushbu roʻyxat boshqa maqsadlarda ham keng qoʻllanadi, chunki u uchun mamlakat tanlash jarayoni siyosiy jihatdan neytral tamoyillardan foydalanadi.
ISO 3166-2 roʻyxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]ISO 3166-2 ikkinchi darajali maʼmuriy boʻlinmalar bilan bogʻliq. Masalan, Rossiyaning Chelyabinsk viloyati RU-CHE deb belgilangan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- GOST 7.67 – Mamlakat nomlari kodlari va Dunyo mamlakatlarining Butunrossiya tasniflagichi
- ISO 639 – GOST 7.75-97 ‘‘Tillar nomlari uchun kodlar,, ga muvofiq tillar nomlari kodlari va tillar uchun kodlar
- ISO 4217 – valyuta kodlari va Valyutalarning Butunrossiya tasniflagichi
- XOQ kodlari roʻyxati – mamlakatlarning uch harfli belgilari ushbu roʻyxatdan bir oz farq qiladi.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „ISO 3166 Country Codes“ (inglizcha). Iso.org. Qaraldi: 12-iyul 2023-yil.