Kontent qismiga oʻtish

Gidrofon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gidrofon (gidro... va fon) —suv ostida tovush tebranishlari va ultratovush (UT) signallarini qabul qiladigan va ularni elektr tebranishlarga aylantiradigan kurilma. Suv ostidagi signallarni tutish va shovqinlarni eshitish, suv ostida masofalarni oʻlchash maqsadlarida qoʻllanadi, yoʻnaltirilgan gidroakustik antennaning bir qismi hisoblanadi. Elektrodinamik, pyezoelektrik va magnitostriksion effektlarga asoslangan gidrofonlardan keng foydalaniladi. Gidrofonning eng muhim koʻrsatkichi —sezgirlik; uning sezgir elementlari (oʻzaklari) yupqa plastinalardan yigʻiladi. Gidrofon gidroakustik qurilmalar (gidrolokator, shovqin pelengatorlari, akustik mina portlatgichlar va b.)da ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil