Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Iammuhammadiso/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saudi Binladin Group

Saudi Binladin group ofislari, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari.
Tarmogʻi Xususiy konglomerat, xolding kompaniyasi
Egasi Muhannad Al-Azzaviy
Qachon asos solingan 1931 (93 yil avval) (1931)
Joylashuvi Jidda,Saudiya Arabistoni
Asoschi(lari) Muhammad bin Ladin
Rahbariyat Istidama Holding (36.22%)
Bin Ladin oilasi (63.78% rivojlanish va tijorat sarmoyalari boʻyicha Binladin kompaniyasi orqali)[1]
Vebsayti sbg.com.sa

Saudi Binladin Group (SBG,arabcha: مجموعة بن لادن السعودية ), 2019-yildan beri Binladin Group Global Holding kompaniyasi sifatida tanilgan[1], shtab-kvartirasi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan transmilliy qurilish korxonasi hisoblanadi. 2011-yilda Saudiya Arabistoni Binladin Group dunyodagi eng baland bino – Jidda Tower qurilishi boʻyicha 1,23 milliard dollarlik kelishuv shartnomasini imzoladi. Ular, shuningdek, Dohada joylashgan Doha metrosini qurish boʻyicha 3,4 milliard AQSH dollari miqdoridagi kelishuvda ishtirok etishgan[2]. Korxona taxminan 537 kompaniyani oʻz ichiga oladi[3]. Guruh asoschisi biznes magnati Muhammad bin Ladin edi.

Umumiy koʻrinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

SBG 1931-yilda Shayx Muhammad bin Ladin tomonidan tashkil etilgan boʻlib, uning mamlakat asoschisi Abdulaziz Al-Saud bilan munosabatlari Makka va Madinadagi masjidlarni taʼmirlash kabi muhim hukumat shartnomalariga olib keldi. 1964-yilda Muhammad bin Ladinga Quddusdagi Qoya gumbazini qayta tiklash topshirildi.[4]. 1967-yilda Shayx Muhammad vafotidan keyin guruhga Muhammadning birinchi xotinining ukasi va eng katta farzandlarining amakisi Muhammad Baharet boshchilik qildi. 1972-yilda Muhammad bin Ladinning toʻngʻich oʻgʻli Salem bir nechta aka-ukalarning yordami bilan otasining vorisi boʻldi. 1988-yilda Salim aviahalokatda vafot etgach, kompaniya rahbariyati Salemning ukalaridan biri Bakr va bin Ladin guruhi boshqaruvini tashkil etuvchi oʻn uch aka-uka bilan birga oʻtdi. Ulardan eng muhimlari Hasan bin Ladin, Yeslam bin Ladin va Yahyo bin Ladin edilar.[manba kerak]

Kompaniya 2011-yilda dastlabki ommaviy taklifni koʻrib chiqdi, ammo neft narxlari pastligi, zaif fond bozori va ortiqcha qogʻozbozlik toʻsiqlar tufayli buni rad etdi[3].

2018-yil aprel oyida Bakr bin Ladin, shuningdek, uning akalari Solih va Saad Saudi Binladin goupdagi 36,2 foiz ulushini Moliya vazirligiga qarashli Istidama xolding kompaniyasiga oʻtkazdi. Saudiya Arabistoni hukumati keyinchalik Abdul Rahmon Al Harkan, Xolid Nahas va Xolid Al Xovayterni oʻz ichiga olgan Binladin guruhini boshqarish uchun besh kishilik qoʻmita tuzdi[3]. Reuters mulk oʻtkazilishini funksional davlat nomiga oʻtkazish deb taʼrifladi, qoʻmita raisi al-Harkan Moliya vaziri Muhammad Al-Jadaanga hisobot berdi. Keyinchalik al-Karkan Moliya vazirligidan 11 milliard rial kredit olish boʻyicha muzokaralar olib bordi[3].

Joriy faoliyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Binladin Group Saudiyaning aksariyat shaharlarida – Ar-Riyod, Dammom va mintaqaning bir qator yirik shaharlarida (Bayrut, Qohira, Amman, Dubay) mavjud. PBS yangiliklar dasturining Frontline qisqacha mazmuniga koʻra[5]:

Binladin Group Makkada Abraj Al Bayt Towerlarini qurdi[6] va Jidda Towerni qurish uchun Kingdom Holding kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi[7].

2015-yil 11-sentyabr kuni Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Buyuk masjidda qurilish ishlarini amalga oshirayotganda kuchli shamol tufayli guruhning kranlaridan biri qulab tushdi, natijada 118 kishi halok boʻldi va deyarli 400 kishi jarohat oldi. Natijada Saudiya qiroli firmaga joriy loyihalarini koʻrib chiqish paytida yangi loyihalarni qabul qilishni taqiqladi. Saudiya Arabistoni hukumati 2016-yil may oyida Binladin Groupga qoʻyilgan taqiqni olib tashladi va ularga yangi loyihalarga taklif kiritish imkonini berdi[8].

Saudiya Arabistonidagi loyihalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Royal Terminal, Jidda
  2. Qirol Abdulaziz xalqaro aeroporti, Yangi Haj terminali, Jidda
  3. Al Faysalyoh markazi
  4. Madina-Qosim tezkor yoʻli
  5. Um Alqura universiteti, Makka
  6. Lotus birikmalari, Jidda
  7. Nura bint Abdul Rahmon universiteti
  8. Abraj Al Bayt Tower, Makka
  9. Jidda Tower, Jidda
  10. Qirol Abdulla iqtisodiy shahri
  11. Jamaraat koʻprigi
  12. Saudiya Arabistoni Milliy gvardiyasi uy-joy loyihasi
  13. Qirol Abdulla moliya okrugi, Ar-Riyod
  14. Saudiya Arabistoni temir yoʻllari loyihalari CTW-100 va CTW 100
  15. Al Masjid Al-Haromni kengaytirish

Xalqaro loyihalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Blaise Diagne xalqaro aeroporti, Senegal
  2. Sharja xalqaro aeroportini kengaytirish va rivojlantirish, BAA
  3. Sharja universiteti, BAA
  4. Velana xalqaro aeroportini kengaytirish, Maldiv orollari
  5. Kuala-Lumpur xalqaro aeroporti, Malayziya
  1. 1,0 1,1 Kalin, Stephen „Exclusive: Saudi Arabia curbs family influence in Binladin group shake-up“. Reuters (2019-yil 19-mart).
  2. Fattah, Zainab. „Alwaleed Hires Saudi Binladin to Build World's Tallest Tower“. Bloomberg Business (2011-yil 2-avgust).
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Paul, Katie; Arnold, Tom; Ashad, Marwa; Kalin, Stephen. „Special Report: As a Saudi prince rose, the Bin Laden business empire crumbled“. Reuters (2018-yil 27-sentyabr).
  4. „About Us“. sbg.com.sa. Saudi Binladen Group (2010). 2011-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-sentyabr.
  5. „About the bin Laden Family“. PBS. Qaraldi: 2011-yil 2-avgust.
  6. „Council on Tall Buildings and Urban Habitat“. www.ctbuh.org.
  7. „Bin Laden Group to build world's tallest tower“. CNN (2011-yil 2-avgust). 2011-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-avgust.
  8. „Saudi suspends Binladen group over Mecca crane crash - royal court“ (en). Reuters (2015-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
Muhammad bin Ladin
مُحَمَّد بْنُ لَادِن
Tavalludi 1908
Vafoti 3-sentyabr 1967-yil(1967-09-03)
(59 yoshda)
Usran, Asir viloyati, Saudiya Arabistoni
Fuqaroligi Saudiya Arabistoni
Turmush oʻrtogʻi 22 xotini
Bolalari 52 nafar bolasi, jumladan, Usoma, Salem, Bakr, Tarek va Yeslam

Muhammad bin Ladin – (arabcha: مُحَمَّد بْنُ لَادِن; tax. 1908 – 3-sentabr, 1967-yil) – Yamanda tugʻilgan saudiyalik milliarder, asosan qurilish sohasida faoliyat yuritgan biznes magnati. U bugungi kunda Saudiya Binladin Group xolding kompaniyasi tashkil etdi va bin Laden oilasining boyligi va obroʻsini oʻrnatgan eng boy qirol boʻlmagan saudyalik boʻldi. Bundan tashqari u 11-sentabr hujumlarini rejalashtirgani bilan tanilgan Usoma bin Ladinning otasi.

Muhammad bin Ladin Yaman janubidagi Hazramavt qirgʻogʻida, Vadi Doan qishlogʻidagi al-Rubatlik Kindit Hadrami qabilasidan boʻlgan Avad bin Ladinning oilasida tugʻligan. Uning tugʻilgan yili koʻpincha 1908-yil deb beriladi, bu eng yaxshi tahminlardan biridir, chunki oʻsha paytda markaziy hukumat hudud ustidan nazorat oʻrnatmagan va tugʻilish roʻyxati mavjud emas edi[1]. Muhammadning bobosi Alining oʻgʻli Abud boʻlib, toʻrt aka-ukadan biri (boshqalari Ahmad, Mansur va Zayd), toʻrtta Banu Ladin urugʻi oʻzlarining ajdodlarida kelib chiqqan.

Kambagʻal va oʻqimagan bin Ladinning oilasi Birinchi Jahon urushidan oldin Tihamaga koʻchib kelgan. Erik Margolisning soʻzlariga koʻra, u dastlab oʻsha paytdagi boshqa qashshoq yaman muhojirlari kabi Jiddada hammol boʻlib ishlagan[2]. Ammo, Salon.com nashrining habar berishicha, uning birinchi ishi Aramco kompaniyasida gʻish teruvchi boʻlgan[3]. 1931-yilda u oʻz qurilish biznesini boshladi va u Saudiya arabistonining birinchi monarxi Abdulaziz ibn Abdurahmon as-Saudning eʼtiboriga tushgandan soʻng, shunday muvaffaqiyatga erishdiki, uning oilasi "qirollikdagi eng boy qirol boʻlmagan oila" sifatida tanildi.

Muhammad bin Ladin qirol Abdulazizning ommaviy yigʻilishlarida faol sihtirok etib, Saudiya qirollik oilasi bilan mustahkam aloqlarni strategik jihatdan oʻrnatdi. Keksa shohning harkatchanlik muammolarini tan olgan Muhammad Jiddadagi saroyda mashinalar uchun yoʻlak qurish tashabusi bilan chiqdi, bu monarxga oʻz mashinasida qavatlar oʻrtasida osongina harakatlanishga imkon berdi[4].

Muhammadning ajoyib moliyaviy muvaffaqiyati ishbilarmonlik, Saudiya Arabistoni hukumdorlariga sodiqlik, ishonchlilik va qurilish shartnomalari boʻyicha eng past taklifni berishga tayyorligi bilan bogʻliq edi. Mahalliy qurilish firmalarini qoʻllab-quvvatlab, u 1940-yillarga kelib multimillionerga aylandi. Muhammad Saudiya Arabistonidagi loyihalarda ishtirok etgan katta ishchi kuchini yetishtirdi. 1948-yilda Muhammad boʻlajak shoh Saud uchun saroy qurish boʻyicha komissiyani qoʻlga kiritib, katta yutuqlarga erishdi. 1950-yillarning boshlarida, Britaniya kompaniyasi Jiddadan Madinagacha boʻlgan muhim yoʻlni qurish boʻyicha shartnomadan voz kechganida, Muhammad boʻshliqni toʻldirish uchun qadam qoʻydi va Saudiya Arabistonining qurilish landshaftida asosiy oʻyinchi sifatida oʻz rolini mustahkamladi[3][4][5].

„Qirollik quruvchisi“ sifatida Muhammad bin Ladin qirollik oilasi, xususan, Saudiya Arabistoni shahzodasi Faysal bilan yaqin aloqalarni saqlab qoldi. 1964-yilda shahzoda Faysal oʻgay ukasi qirol Saudni taxtdan tushirdi va Saud davridagi isrofgarchiliklardan keyin qirollikni qayta qurishni boshladi. Qirol Faysal Muhammad bin Ladinning milliy iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash uchun moliyaviy yordam taklifini qabul qildi va mukofot sifatida qirol Faysal kelajakdagi barcha qurilish loyihalarini Muhammad bin Ladinning qurilish kompaniyasiga topshirish toʻgʻrisida qirollik farmoni chiqardi. Natijada, bin Ladin kompaniyasi 5 milliard dollardan ortiq mol-mulkni qoʻlga kiritdi. U dastlabki boyligini Saudiya Arabistoni va boshqa bir qator arab mamlakatlaridagi barcha masjid va boshqa diniy binolar qurilishiga boʻlgan huquqlaridan topgan. 1967-yilgacha Muhammad bin Ladin Quddusda, Jome Al-Aqsodagi qayta tiklash uchun mutlaq masʼuliyatni oʻz zimmasiga olgan.

Qirollik aloqalari va katta boyligiga qaramay, Muhammad bin Ladin nisbatan sodda va taqvodor hayot kechirib, bolalaridan qatʼiy diniy va axloqiy qoidalarga rioya qilishlarini talab qildi. Keyingi yillarida bin Ladin kompaniya tarmogʻi qurilishidan tashqari, asosan xorijiy investitsiyalar va neft sohasida tarmogʻini kengaytirdi.

Ayollari va bolalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning 22 xotinidan jami 52 nafar farzand tugʻilgan[6][7]. Muhammad bin Ladinning uchta xotini bor edi, ular asosan bir xil boʻlib qoldi. Ammo toʻrtinchi xotini tez-tez oʻzgarib turardi.[3].Taniqli Al-Qoida asoschisi Usoma bin Ladin (arabcha: أسا‌مة بن لا‌د‌ن ) uning oʻgʻli boʻlgan, shunday boʻlsada ikkalasi bir-birini kamdan-kam koʻrishgan, faqat bir martta uchrashishgan[8]. Usamaning onasi Hamida al-Attas (arabcha: حميدة العطاس) Muhammad bin Lodin bilan turmush qurib, Saudiya Arabistoniga koʻchib oʻtishdan oldin Suriyada tugʻilib oʻsgan. U noanʼanaviy edi, Saudiya ayollariga xos boʻlgan pardali, konservativ libosdan koʻra Chanel shim kostyumlarini kiyishi bilan mashhur edi. U saudiyalik emas edi va uning ajnabiy kelib chiqishi saudiyalik oiladagi mavqeyini pasaytirdi va u yerda „qul xot“ sifatida tanildi. U uning oxirgi xotini edi, chunki u 1967-yilda kutilmaganda samolyot halokatida vafot etdi[3][9]. Karmen bin Ladinning soʻzlariga koʻra, Muhammad vafot etgan kechasi 23-xotiniga uylanishni rejalashtirgan va samolyoti halokatga uchraganida u yerga ketayotgan edi[10].


1967-yil 3-sentabrda Muhammad bin Ladin uning Beechcraft G18S samolyoti Saudiya Arabistonining janubi-gʻarbiy qismidagi Asir viloyatining Usrunga qoʻnish paytida qulab tushganida halok boʻldi[11]. Halokatdan soʻng Muhammadning jasadi ehtiyotkorlik bilan olib chiqildi va dafn etishga tayyorlandi.

Ertasi kuni tong otganda, qaygʻuli yurish uning jasadini saroydan yaqin atrofdagi qabristondagi oilaviy maydoniga olib bordi. Uning vafot etgani haqidagi xabar chuqur qaygʻu keltirdi, chunki Muhammad bin Ladin oilasida ham, Jidda aholisi orasida ham hurmatga sazovor edi. Dafn marosimi ulkan olomonni jalb qildi, qabristonga boradigan yoʻlda oʻn mingga yaqin odam tashrif buyurdi. Qirol Faysal yoʻqotishdan chuqur taʼsirlandi, chunki Muhammadning yaqin doʻsti edi. Dafn marosimidan soʻng qirol Faysal bin Ladin oilasi bilan uchrashdi va bolalarga ularni qirollik himoyasi ostiga qoʻyayotganini xabar qildi. U bolalarini 21 yoshga toʻlganida merosning adolatli ulushini olishlariga ishontirdi. Birlashtiruvchi shaxs sifatida Muhammadning yoʻqolishi bilan uning koʻplab xotinlari, sobiq xotinlari va bolalari Saudiya Binladin Group bilan oilaviy aloqalarini saqlab qolgan boʻlsalar-da, qirollikning turli qismlariga tarqala boshladilar. Muhammadning toʻngʻich oʻgʻli Salem bin Ladin oilaviy biznesni oʻz zimmasiga oldi va oxir-oqibat uni xalqaro kompaniyaga aylantirdi[12].

  1. Coll, Steve. The Bin Ladens: Oil, Money, Terrorism and the Secret Saudi World (en). Penguin Books Limited, 5 Mart 2009 — 24-bet. ISBN 978-0-14-191778-8. 
  2. Margolis, Eric S.. War at the Top of the World: The Struggle for Afghanistan, Kashmir and Tibet. Taylor & Francis, 2002. ISBN 9781136743825. Qaraldi: 17 avgust 2021. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Burke, Jason. „The making of Osama bin Laden“. salon.com (2001-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  4. 4,0 4,1 Bergen, Peter L.. The Rise and Fall of Osama Bin Laden (en). Simon and Schuster, 2 August 2022 — 9-bet. ISBN 978-1-9821-7053-0. 
  5. Woolf, Alex. Osama Bin Laden (en). Twenty-First Century Books, 1 January 2004 — 14–16-bet. ISBN 978-0-8225-5003-7. 
  6. „Osama Bin Laden: PROFILE“. CNN. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
  7. Atkins, Stephen. Encyclopedia of Modern Worldwide Extremists and Extremist Groups. Bloomsbury Academic, 2004 — 49-bet. ISBN 9780313324857. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust. 
  8. Bergen, Peter L.. The Rise and Fall of Osama Bin Laden (en). Simon and Schuster, 2 August 2022 — 11-bet. ISBN 978-1-9821-7053-0. 
  9. Goldman, Jan. The War on Terror Encyclopedia: From the Rise of Al-Qaeda to 9/11 and Beyond. Abc-Clio, 2014 — 61-bet. ISBN 9781610695114. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust. 
  10. Bin Laden, Carmen (2005), Inside the Kingdom: My Life in Saudi Arabia, Hachette Book Group, 65–66-bet, ISBN 0-446-61694-X
  11. The Bin Ladens – Steve Coll (Penguin, 2008), pp. 118–120.
  12. Woolf, Alex. Osama Bin Laden (en). Twenty-First Century Books, 1 January 2004 — 24–25-bet. ISBN 978-0-8225-5003-7. 



Masjid
Dimaukom masjidi
مسجد ديماوكوم
Fayl:Masjid Dimaukom Pink Mosque (Salbu-Pagatin Road, Datu Saudi Ampatuan, Maguindanao Del Norte; 08-15-2023).jpg
Mamlakat  Filippin
Hudud Maguindanao
Manzil Datu Saudi Ampatuan, Maguindanao, Filippin
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Loyiha muallifi Samsudin Dimaukom
Asosiy sana:
2014
Holati amaldagi


Dimaukom masjidi – (arabcha: مسجد ديماوكوم) yoki Pushti masjid – Filippin, Maguindanao, Datu Saudi Ampatuan shahridagi masjid.

Masjid qurilishi 2014-yilda xokim Samsuddin Dimaukom tomonidan moliyalashtirilgan. Masjid qurilgan yer hokim oilasining mulki boʻlgan. Masjid birdamlik va dinlararo doʻstlik ramzi nasroniy ishchilar tomonidan qurilgan[1].