Kontent qismiga oʻtish

Diyorbakir aeroporti

Koordinatalari: 37°53′38″N 040°12′03″E / 37.89389°N 40.20083°E / 37.89389; 40.20083
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Diyorbakir aeroporti
Diyarbakır Havalimanı
IATA kodi: DIYICAO kodi: LTCC
Qisqacha bayon
Aeroport turi Fuqarolik/harbiy
Egasi Turkiya harbiy havo kuchlari
Operator DHMİ (Davlat aeroportlari maʼmuriyati)
2-havo kuchlari qoʻmondonligining 8-Havo qanoti
Joylashuvi Diyorbakir, Turkiya
Ochilgan 1952
Dengiz sathidan balandligi 686 m / 2,251 ft
Koordinatalari 37°53′38″N 040°12′03″E / 37.89389°N 40.20083°E / 37.89389; 40.20083
Vebsayti www.dhmi.gov.tr
Xarita
DIY (Turkiya)
DIY
Aeroportning Turkiya xaritasidagi joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
16/34 3,549 11,644 Beton
Manbalar: DHMİ [1] va DAFIF[2][3]

Diyorbakir aeroporti (IATA: DIYICAO: LTCC) – Turkiyaning Diyorbakir shahrida joylashgan harbiy aviabazasi va fuqarolik aeroporti.

Umumiy tavsifi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diyorbakir aeroporti Turkiya harbiy havo kuchlarining (Türk Hava Kuvvetleri) 2-havo kuchlari qoʻmondonligining (Hava Kuvvet Komutanligi) 8-Havo qanoti (Ana Jet Üs yoki AJÜ) uchun baza aeroportidir. Ushbu qoʻmondonlikning boshqa qanotlari Merzifon (LTAP), Malatya Erhach (LTAT) va İncirlikda (LTAG) joylashgan.

Aeroport 2012-yil 1-iyundan 1-sentyabrgacha rekonstruksiya uchun yopildi. Barcha havo harakati Batman, Mardin va Eloziqqa yoʻnaltirildi.

2012-yilda Zuart Sudjian ismli arman-amerikalik yer uchastkasi aeroport mulkiga tegishli ekanligini va uning meros huquqiga ega ekanligini daʼvo qildi. Oʻzining advokati Ali Elbeyoʻgʻli orqali yerlarni qaytarib berish uchun sudga daʼvo arizasi berdi. Mahalliy sud tomonidan rad etilganidan keyin ish hukm ustidan shikoyat qilinayotgan kassatsiya sudiga oshirildi[4].

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi aviakompaniyalar Diyorbakir aeroportida muntazam va charter reyslarini amalga oshiradi:

Aviakompaniya Manzillar
AnadoluJet Anqara, Bursa, Erbil[5], Istanbul–Sabiha Goʻkchen
Corendon Airlines Mavsumiy: Hannover[6]
Pegasus Airlines Anqara, Erjan, Istanbul–Sabiha Goʻkchen, Izmir
SunExpress[7] Antaliya, Düsseldorf, Hannover, Izmir
Mavsumiy: Berlin[8], Frankfurt, Shtutgart
Turkish Airlines Istanbul

Havo harakati statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Diyorbakir aeroporti yoʻlovchi tashish statistikasi
Yil (oylar) Mahalliy Oʻzgarishi % da Xalqaro Oʻzgarishi % da Jami Oʻzgarishi % da
2015 2 085 114 16,0% 15 087 Decrease 7.0% 2 100 201 16.0%
2014 1 796 067 1,0% 16,141 2.0% 1 812 208 1.0%
2013 1 782 827 40,0% 15 826 4.0% 1,798,653 40.0%
2012 1 270 613 Decrease 26,0% 15,211 Decrease 20.0% 1 285 824 Decrease 26.0%
2011 1 714 423 23,3% 18 951 31.4% 1 733 374 23,4%
2010 1 390 165 32,5% 14 425 25.4% 1 404 590 32.5%
2009 1 048 875 10,4% 11506 Decrease 33.9% 1 060 381 9.6%
2008 949 668 8.0% 17 420 21.0% 967 088 8.0%
2007 881 278 - 14 347 - 895 625 -

(*) Manba: DHMI.gov.tr[9]

Baxtsiz hodisalar va falokatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yil 8-yanvarda Turkish Airlinesning 634-reysi Diyorbakir aeroportiga yaqinlashayotganda halokatga uchradi. Bortdagi 80 yoʻlovchi va ekipaj aʼzolaridan 75 nafari halok boʻldi.

2016-yil 27-avgust kuni aeroportga bir nechta raketa uchirildi[10].

  1. (turkcha) Diyarbakır Hava Meydanı (Wayback Machine saytida January 2, 2008, sanasida arxivlangan) at DHMİ (State Airports Authority)
  2. „Airport information for LTCC“. World Aero Data. 2019-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Data current as of October 2006. Source: DAFIF.
  3. Aeroport haqida LTCC Great Circle Mapper'da. Source: DAFIF (effective October 2006).
  4. Gültekin, Uygar. „Landing Diyarbakır Airport on the Basmacıyans' land“. Agos (2014-yil 31-dekabr).
  5. Liu, Jim „Anadolu Jet adds Erbil service from late-March 2019“. Routesonline. Qaraldi: 2019-yil 21-mart.
  6. „Hanover“. corendonairlines.com.
  7. Liu, Jim „SunExpress 01-19SEP20 International operations as of 30AUG20“. routesonline.com (2020-yil 3-sentyabr).
  8. „SUNEXPRESS NS24 NETWORK ADDITIONS – 24SEP23“. aeroroutes.com (2023-yil 27-sentyabr).
  9. „Statistics“. 2015-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-dekabr.
  10. „PKK kills soldier, attacks on Diyarbakır airport - Turkey News“ (en). Hürriyet Daily News (2016-yil 28-avgust). Qaraldi: 2020-yil 8-iyul.