David H. Hubel
Qiyofa
David Hunter Hubel (1926)— amerikalik vrach, neyrofiziolog. Kanadada tugʻilgan, 1951-yildan AQSHda. Asosiy faoliyati koʻrish neyroxirurgiyasiga oid. Miyaning tashqi taʼsirotlarni qabul qiluvchi neyron strukturalarida axborotni qayta ishlash prinsiplarini kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1981-yil; T. N. Vizel bilan hamkorlikda)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |