Kontent qismiga oʻtish

Chevrolet Traverse

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chevrolet Traverse

Chevrolet Traverse (ikkinchi avlod)
Asosiy maʼlumotlar
Ishlab chiqaruvchi General Motors
Model yili 2008
Avvalgi modeli Chevrolet Uplander, Chevrolet TrailBlazer (Shimoliy Amerika)
Chevrolet Blazer (Janubiy Amerikada)
Tasnifi
Sinfi Toʻliqhajmli krossover
Segment J
Komponovkasi PP
P4
Platformasi GMT561
Gʻildirakformulasi 4x2
4x4
Eksteryer
Kuzov turi SUV
Oʻrindiqlar soni 7
8
Eshiklar soni 5

Chevrolet Traverse — bu Chevrolet kompaniyasining toʻliq oʻlchamli yetti yoki sakkiz oʻrindiqli krossover. 2008-yilda Chikagodagi avtosalonda ilk bor taqdim etilgan va shu yilning oktyabr oyida sotuvga chiqdi. U Uplander miniveni hamda TrailBlazer SUV ning vorisi hisoblanadi[1]. 2009-yilgacha u Tennessi shtatidagi Spring Hill zavodida ishlab chiqarilgan. Keyinchalik umumiy platformaga ega boʻlgan qardoshlari GMC Acadia va Buick Enclave modellari bilan birgalikda, Michigan shtatidagi Lansingda ishlab chiqarila boshlagan.

Birinchi avlod

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Traverse“ nomi dastlab 2003–yilda Detroytda boʻlib oʻtgan Shimoliy Amerika xalqaro avtosalonida taqdim etilgan kontsept-kar uchun ishlatilgan, biroq 2005-yilda Chevrolet Equinox sotuvga chiqqanida u unutilgan edi. Avtomobil dizayni 2005-yilgi Chevrolet Sequel kontsept-karidan olingan, ammo uning oldi radiator-panjarasi 2008-yilgi Chevrolet Malibuga oʻxshash V shakli simon qilib ishlangan edi. Traversning eshiklaridan boshqa qismlari boshqa Lambda krossoverlaridan farqli ravishda oʻziga xos metalldan tashkil topgan. 2008-yildan to 2017 yilgacha Chevrolet Traversning 1-avlodi ommaviy ishlab chiqarilgan.

Traverse takomillashtirilgan 3.6 litr xajmli, V6 lik bevosita yoqilgʻi sochilishi bilan birgalikda xamda VVT qurilmalik LLT dvigateli bilan jixozlangan. 6 pogʻonalik avtomatik uzatmalar qutisi dvigateldan olingan quvvatni yoki faqat oldiga yoki barcha gʻildiraklarga uzatadi. LTZ komplektatsiyasi boshqa komplektatsiyalardan farqli ravishda 2 talik konfiguratsiyasidagi avtomobil, boshqalardan farqli oʻlaroq, 2 ta yonmagan gazlarni chiqarib yuborish tizimiga ega ekanligi uni quvvatini va aylantirish momentini balandroq boʻlishiga xizmat qiladi.

2013 yildagi yangilanish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Chevrolet Traverse LTZ. 2013-yil.

Oldi koʻrinishi yangilangan Traverse 2012-yilda Nyu-York da avtosalonda taqdim etilgan. Avtomobil yangilangan radiator panjarasi, old bamper, orqa eshik va Chevrolet Camaro faralariga o‘xshash qilib ishlangan orqa yoritish chiroqlar shuningdek, yangilangan g‘ildiraklar bilan jixozlangan edi. Lekin, avtomobilning texnik koʻrsatkichlari oʻzgarishsiz qoldi. Yangilangan Traversening ilk fotosuratlari 2012-yil 28-martda ommaga taqdim qilingan. Traversening barcha komplektatsiyalari sensorli dsipley hamda Mylink bilan jixozlangan auditizim ega edi. Shuningdek, komplektatsiyaga qarab mato yoki teridan ishlangan oʻrindiq qoplamalari, shuningdek yogʻochdan maxsus ishlangan interyerga ega edi.

  1. „Chevrolet показал замену TrailBlazer“. 2013-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-may.