Chakin choʻr bilga
Chakin Choʻr Bilga - VIII asr boshlarida Panch (Panjikent)ni boshqargan turkiy hokim.
Uning ismi Mugʻ togʻidan topilgan 8-asrga taalluqli sugʻdiy hujjatlar orasida uchraydi. Tadqiqotchilar Chakin uning ismi boʻlib, turkiy choʻr unvoniga ega boʻlganligi, Bilga (qad. turkcha "dono") soʻzi esa epiteta (sifat) boʻlganini taʼkidlaydilar. Bu paytda Panjikent Turk xoqonligi tarkibiga kiruvchi Sugʻd konfederatsiyasiga taalluqdi boʻlib, Samarqanddan keyingi oʻrinda turgan. Chakin Choʻr Bilga tomondan zarb qildirilgan tangalarda "Panch hukmdori podsho Bilga" jumlalari uchraydi. Panjikentda 7-asrning 1-choragida, yaʼni Devashtich hukmronligi davrida chiqarilgan tangalarda "Panch malikasi Nana" shaklida ayol hukmdorning ismi va unvoni aks etgan. Mazkur tangalardagi tamgʻa shakli Chakin Choʻr Bilgaga oid tangalardagi tamgʻa bilan deyarli bir xil. OstIndiya Smirnova, bu yerda zarb qilingan tangalardagi belgilarga asoslanib, bir asrga yaqin hukm surgan Panjikent hukmdorlari sulolasining kelib chiqishini Sirdaryo (Shosh vohasi) atrofidagi turkiy hokim urugʻlardan birortasi bilan aloqador boʻlsa kerak, deb yozadi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Smirnova O.I., Katalog monet s gorodisha Pendjikent, M,, 1963;
- Ishoqov M., Unutilgan podsholikdan xatlar (Bir turkum sugʻd xujjatlarining oʻzbek tiliga tarjimasi va izohlari), T., 1992.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |