Kontent qismiga oʻtish

Braydlveyl sharsharasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Braydlveyl sharsharasi (inglizcha: Bridalveil Fall[1]) — Kaliforniyadagi (AQSh) Yosemit milliy bogʻida joylashgan eng mashhur sharsharalardan biri. Suv tushishi balandligi 189 m[2].

Oʻzbek tiliga tarjima qilingan Bridalveil "kelinning yopinchiqi" degan ma'noni anglatadi - aftidan, ular sharshara atrofida sochilib, oʻziga xos oq shleyf hosil qiluvchi kichik suv tomchilari hosil qilganligi sababli. Yosemit vodiysida yashagan Avanichi bu sharsharani "Pohono" deb atashgan, bu "shamolning ruhi" degan ma'noni anglatadi (inglizcha: Spirit of the Puffing Wind)[3].

Sharshara Yosemit vodiysining janubiy tomonida, Bridalveyl daryosida[4] joylashgan boʻlib, u qulagandan keyin bir necha shoxlarga boʻlinib, vodiyning asosiy suv arteriyasi boʻlgan Mersed daryosiga[4] quyiladi. Bridalveil dayrosi Ostrender ko'lidan oqib chiqadi bu taxminan sharsharaninh janubi-sharqda[5].

Braydleveyl sharsharasi ikki togʻ oraligʻida jouyashgan: sharqda Katedral togʻ va g'arbda Lining tower joylashgan. Sharshara qarshisida, vodiy boʻylab biroz balandroqda (ya'ni sharqda), shimoliy tomonda mashhur El Kapitan tog'i (balandligi 2307 m) hamda Ribbon sharsharas joylashgani[4].

Turistik marshrutlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sharshara etagiga boradigan yoʻl Yosemit vodiysining janubiy tomonida joylashgan yoʻl boʻylab joylashgan Braydveyl sharsharasi toʻxtash joyidan boshlanadi (Soutside Drive). Bu oson va qisqa yonalish, taxminan 0,8 kmlik yolak boʻylab sayohat va taxminan 20 daqiqa davom etadi[4][6]. Soʻqmoq yaxshi holatda, ammo qishda muz bilan qoplanishi mumkin[2].

  1. „Bridalveil Fall“ (en) (HTML). Geographic Names Information System (GNIS). 2012-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-avgust.
  2. 2,0 2,1 „Bridalveil Fall Trail“ (en) (HTML). National Park Service — www.nps.gov. 2021-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
  3. Susan M. Neider.. Golden Country: Touring Scenic California (Falcon Series). Globe Pequot, 2007 — 111-bet. [sayt ishlamaydi]
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 „Yosemite Valley Hiking Map“ (en) (PDF). National Park Service — www.nps.gov. 2012-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-avgust.
  5. „Yosemite National Park Map“ (en) (PDF). National Park Service. 2012-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-avgust.
  6. „Yosemite — Day Hikes in Yosemite Valley“ (en) (HTML). National Park Service. 2012-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-avgust.