Kontent qismiga oʻtish

Asturiya

Koordinatalari: 43°21′41″N 5°50′52″W / 43.36139°N 5.84778°W / 43.36139; -5.84778
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Asturiya
Avtonom Jamoat va Provinsiya
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
43°21′41″N 5°50′52″W / 43.36139°N 5.84778°W / 43.36139; -5.84778
Mamlakat Ispaniya
Maydon 10,604 km2 (4,094 kv mi)
Aholisi
 (2016)
1,042,608
Zichligi 98 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2
Asturiya xaritada
Asturiya
Asturiya

Asturiya — Ispaniya shimolidagi tarixiy viloyat. Kantabriya togʻlarining shim. yon bagʻrida. Ma’muriy jihatdan hozirgi Ovedo provinsiyasini tashkil etadi. Maydon 10,6 ming km2. Aholisi 1,1 mln. kishi (1991). Eng katta shahri — Ovedo. Qadimda astura qabilasi to-monidan egallangan edi. Mil. av. 1-asrda rimliklar, 414 yilda vestgotlar tomoni-dan ishgʻol qilingan. 6-asr oxirlarida ara-blar qoʻliga oʻtgan. Asturiya 718 yildan (Kovadon-ga vodiysidagi jangdan soʻng) qirollik (poytaxti — Ovedo). 924 yilda Asturiya hududi Leon qirolligi bilan qoʻshilib yagonaLe-on qirolligi, 1230-yilda Kastiliya bilan birlashib, Leon-Kastiliya qirolligi deb ataldi. 15-asrda birlashgan Ispaniya tarkibiga kirgan. 1808—14 yillarda Asturiya aholisi Napoleon qoʻshinlariga qarshi qat-tiq kurash olib borgan. Asturiya Ispaniyaning eng muhim konchilik sanoati rayoni mamlakatning asosiy koʻmir havzasi (toshkoʻmir qazib chiqarishda mamlakatda 1-oʻrinda turadi). Simob, mis, temir rudasi, volfram, dala shpati konlari ham bor. Elektr energiya ishlab chiqarishda mamlakatda 3-oʻrinda turadi. Qora metallurgiya va kimyo korxonalari, harbiy zavodlar, oziq-ovqat, charm poyabzal, toʻqimachilik, yogʻochsozlik, tamaki, baliq sanoati korxonalari bor. Makkajoʻxori, kartoshka, yem-xashak ekinlari koʻproq ekiladi. Yaylov koʻp. Asturiya sut-goʻsht chorva-chiligining asosiy rayoni. Mevachilik ri-vojlangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil