Kontent qismiga oʻtish

Arab-amerika neft kompaniyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arab-amerika neft kompaniyasi, Aramko (inglizcha, Arabian-American Oil Company (ARAMCO) – Saudiya Arabistonidagi neft konlarini oʻzlashtirish uchun 1933-yilda AQSH dagi eng yirik neft kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan. 1973-yildan boshlab Saudiya Arabistoni hukumati uning aksiyalarini sotib ola boshladi 587va 1980-yilga kelib ARAMKOning tanho egasiga aylandi. Uning korxonalarini boshqarish va neft konlaridan foydalanish boʻyicha mamlakat hukumati bilan maxsus bitimlar tuzgan AQShning „Ekson“, „Shevron“, „Teksako“, „Mobil“ neft kompaniyalari qazib olingan neftning bir qismini oladi. Har yili 200 mln.t neft qazib oladi va 23 mln.t neftni qayta ishlaydi (80-yillar oxiri).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil