Ansel Adams
Ansel Adams | |
Adams tax. 1950 | |
Haqiqiy ismi | Ansel Easton Adams |
Tavalludi | 20-fevral 1902-yil |
Vafoti | 22-aprel 1984-yil (82 yoshda) Monterey, California, U. S. |
Ansel Easton Adams (1902-yil 20-fevral — 1984-yil 22-aprel) amerikalik landshaft forografi va oq-qora suratlari bilan tanilgan ekolog edi.
Adams butun umri davomida atrof-muhitni muhofaza qilish tarafdori boʻlgan. Fotograf birinchi kamerasini 12 yoshida Yosemite nomli milliy bogʻga birinchi tashrifi paytida oladi. U oʻzining dastlabki fotografik ishini Sierra klubi aʼzosi sifatida boshladi. Keyinchalik u milliy bogʻlarni suratga olish uchun AQSH ichki ishlar vazirligi bilan shartnoma tuzdi. U milliy bogʻ tizimini yanada kengaytirish uchun yordam berganligi va doimiy targʻiboti uchun 1980-yilda „Ozodlik“ medali bilan taqdirlangan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adams San-Fransiskoning Fillmore tumanida Charles Hitchcock Adams va Olive Brayning yagona farzandi boʻlib dunyoga keldi. Uning onasi Baltimordan boʻlib, bobosi yuk tashish biznesi bilan shugʻullangan, ammo Nevadadagi muvaffaqiyatsizlikka uchrab, boyligini yoʻqotgan[1]. Adamslar oilasi 18-asr boshlarida Yangi Angliyadan Irlandiya shimoliga koʻchib kelgan migrantlar hisoblanadi. Uning otasi tomonidan bobosi yogʻoch biznesiga asos solgan, keyinchalik boshqaruv Adamsning otasi qoʻliga oʻtadi. Keyinchalik, Adams bobosi boshlagan biznesni, yaʼni qizil oʻrmonlarni kesish biznesini qoralab chiqdi[2].
Nashr etilgan asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Adams, Ansel. Basic photo.. New York: Morgan and Lester, 1948.
- Adams, Ansel. The negative: exposure and development. New York; London: Morgan and Lester; The Fountain Press, 1948.
- Adams, Ansel. The print: contact printing and enlarging. Boston: New York Graphic Society, 1950. ISBN 978-0-8212-0718-5.
- Adams, Ansel. Camera and lens: the creative approach : studio, laboratory, and operation, 1970. ISBN 978-0-87100-056-9.
- Adams, Ansel (1974). Images 1923-1974. Boston: New York Graphic Society. ISBN 978-0-8212-0600-3.
- Adams, Ansel. Natural Light Photography.. Little, Brown & Co., for New York Graphic Society, 1977. ISBN 978-0-8212-0719-2.
- Adams, Ansel. Polaroid Land photography. Boston: New York Graphic Society, 1978. ISBN 978-0-8212-0729-1.
- Adams, Ansel (1979). Yosemite and the Range of Light. Boston: New York Graphic Society. ISBN 978-0-8212-0750-5.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Atrof muhitni muhofaza qilish
- Monoxrom suratga olish