Animalistika
Animalistika (lot. animal — hayvon) — tasviriy sanʼatda hayvonlarni tasvirlash. Bu sohada ish-lovchi rassom va haykaltarosh anima-list deb ataladi. Tabiatning ajoyib mahsuli boʻlgan hayvonot olami — suv-da, quruqlikda yashovchilar, qushlar insonni juda qadimdan qiziqtirgan, 526hayvonot dunyosi umuman inson uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Ibtidoiy inson ibtidoiy sanat na-munalarida ov manzaralarini, hayvonlarning turli sharoitda harakat va holatini aks et-tirgan. Qadimda koʻpgina hayvonlarni ilohiy hisoblaganlar (jumladan, tur-kiy xalqlarda ona buri va, b.), tasviriy sanʼat asarlarida inson bilan hayvonni uygʻunlashtirib koʻrsatganlar (sfinks, grifonlar). Qad. Xitoy, Yaponiyada hayvon tasviri bezak va mahobatli mu-jassamotlarda koʻp uchraydi. 17-asr gol-land tasviriy sanʼatida hayvonlarni tasvirlash maxsus janrga aylandi. 18-asrdan rus tasviriy sanʼatida A. jan-ri rivojlana boshladi (I. Groot, P. Klodt). A. xalq ijodida keng tarqalgan. Ayrim Sharq mamlakatlarida, ayniqsa Myanma (Birma), Kambodja (Kampuchiya), Hindistonda meʼmoriy inshootlar qadimdan hayvonlar tasviri bilan uygʻunlashtirib bunyod etilgan. Turki-stonda, jumladan Oʻzbekiston hududida A. juda qadimdan rivojlangan. Dast-labki hayvon tasvirlari (qoyatosh rasmlari, sopol buyumlar bezagi, haykallar) ibtidoiy davrda va undan keyingi ja-miyatda yaratilgan (neolit, eneolit, jez davrida yaratilgan kulollik buyumlaridagi handasiy shakllar hayvon — si-gir, qushlar, xoldor sirtlon tasvirlari bilan toʻldirildi; Amudaryo xazinasidagi oltin buyumlarda hoʻkiz, echki, ilon va boshqa tasvirlari). Yana qarang Saklar madaniya-ti, Skiflar san’ati. Saqlanib qolgan devoriy rasmlarda (qarang Dalvarzintepa, Afrosiyob devoriy rasmlari, Tuproq qal’a devoriy rasmlari), amaliy bezak sanʼati (mato, ziynat buyumlari, bez-akli idishlar va boshqalar)da ham hayvon tas-virlari uchraydi. Arablar istilosidan keyin A. janri tushkunlikka uchrab, oʻrnini koʻproq girih, islimiy naqshlar egalladi. Shunga qaramay, miniatyura asarlarida hayvon va qushlar tasviri koʻp. Bezak sanʼatida ham mavjud: oʻyma va boʻyama naqshlarda hayvon va qushlar uslublashtirib boʻlsa hamki ifodalan-gan, oʻyinchoq haykalchalarda, asosan, hayvonlar shakli tasvirlangan; shoyi matoda afsonaviy mahduqlar (7-9-asrlar), ganch oʻymakorligida qanotli sherlar, dev va boshqa (Termizshohlar saroyida, 12-asr); shisha buyumlarda hayvon shakli (hoʻkiz boshi, Samarqand muzeyida; baliq shaklidagi billur idishcha, Ermitajda) va boshqa tasvirlar, Samarqanddagi Sherdor Madrasa peshtoqiga sher, Buxorodagi De-vonbegi madrasasi qanosiga afsonaviy semurgʻ qush, kiyik tasvirlari ishlangan. Oʻzbek haykaltaroshlari A. Boymatov, P. va M. Ivanov, E. Aliyev, I. Jabborov va boshqa ijodida ham hayvonlar tasviri uch-raydi. Oʻzbek xalq ijodida A. janri (U. Joʻraqulov, H. Rahimova, A. Muxtorov va boshqa ustalar ijodida) keng rivojlangan. Nemat Abdullayev.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |