Alyona Arzamasskaya
Alyona Arzamasskaya | |
---|---|
Tavalludi |
nomaʼlum Vyezdnoye |
Vafoti | 1670-yil |
Fuqaroligi | Rus qirolligi |
Alyona Arzamasskayya (yoki Alena; Erzyancha: Erzyamasson Olyona, ruscha: Алёна Арзамасская; 1670-yil), baʼzan rus Janna D’Arki nisbati ham beriladi, XVII asrdagi mashhur ayol isyonkor jangchi boʻlgan. Erkaklar singari jasorat koʻrsatgan va 1670-yilgi kazak Stepan Razin isyonida Rossiya janubida jang qilgan. Jannada farqli oʻlaroq Alyona podshohga qarshi isyon koʻrsatgan. Stepan Razin boshchiligida erzyan ayol atamani edi. Arzamasning Vyezdnaya slobodasi dehqon oilasida tugʻilgan, ataman boʻlishidan oldin katta rohiba boʻlgan. Taxminan 600 kishidan iborat boʻlgan guruhga buyruq qilib, 1670-yilda Temnikovni qoʻlga olishda ishtirok etgan.
Yoshlii
[tahrir | manbasini tahrirlash]Arzamas (Volga boʻyi) Vyezdnoye slobodasida tugʻilgan va yoshligida dehqonga turmushga berilgan. Eri tez orada vafot etgan va qiz beva qolgan, keyin Nikolayevskiy monastirida taʼlim olib rohibaga aylangan. Bu yerda tibbiyot va oʻqishni oʻrgangan. Qatʼiy tartibga solingan turmush tarzi tufayli monastirda baxtsizlikda yashagan. 1669-yilda monastirni tark etgan, sochini kesib, erkakcha kiyinib olgan[1].
Dehqonlar qoʻzgʻoloni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Monastirni tark etgach,Stepan Razin boshchiligidagi dehqonlar qoʻzgʻoloniga qoʻshilgan. Dastlab qoʻzgʻolon Rossiyaning janubida muvaffaqiyat qozongan.
1670-yilda oʻzini kazak isyonchilari rahbari sifatida koʻrsatib, Temnikovni qoʻlga olishda qatnashgan. Oʻzi tugʻilgan shahri atrofidagi odamlardan bir polk toʻplagan. Tez orada 300-400 kishilik polkni (baʼzi manbalarda olti ming jangchi) boshqaradi, askarlar rahbari ayol ekanligini bilmaydi. Kamonchi va monastirda oʻrgangan tibbiyotdagi mahorati uni erkaklar orasida mashhur va hurmatli qilgan[2].
Uch oy oʻtgach, rus podshosi qoʻzgʻolonchilarni bostirish uchun yurish boshlagan va Arzamasskayani qoʻlga olgan. 1670-yil 30-noyabrda Temnikov general Yuriy A. Dolgorukov boshchiligidagi podsho qoʻshinlari tomonidan ozod etilgan. 1677-yildagi tavsifga koʻra, Alyona cherkovga yashiringan va 4 dekabr kuni qurbongohga olib ketishlaridan oldin bir necha askarni otgan. Boshqa isyonchilarning shaxsini aniqlash uchun qiynoqqa solingan; biroq qarshilik koʻrsatgan va hech qanday maʼlumotni oshkor qilmagan. Baʼzi manbalarda Alyona sehrgarlik va bid’atda ayblangan; boshqalarida esa, Temnikovni qoʻlga olishdagi roli uchun poraxoʻrlikda ayblab, olovda yoqib yuborilganligi keltirib oʻtilgan[1].
Alyona koʻpchilik erkaklarnikidan koʻra katta jismoniy kuch va jasoratga ega Amazon sifatida tasvirlangan.
Ustunda yoqilish paytida, guvohlarning aytishicha, u yonib boʻlgunga qadar umuman ovoz chiqmagan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Pennington, Reina. Amazons to Fighter Pilots: A Biographical Dictionary of Military Women. Westport, CT: Greenwood Press, 2003 — 28-bet. ISBN 978-0-313-32707-0.
- ↑ Natalʹi︠a︡ Lʹvovna Pushkareva, Eve Levin, „Women in Russian history: from the tenth to the twentieth century“, M. E. Sharpe, 1997
- ↑ Adrienne Marie Harris „THE MYTH OF THE WOMAN WARRIOR AND WORLD WAR II IN SOVIET CULTURE“, University of Kansas, 2001
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Stepan Razin i yego soratniki, „Misl“, 1988 g.