Kontent qismiga oʻtish

Akvalang

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akvalang (lotincha. aqua – suv va ing. lung – oʻpka) – odamning suv ostida bemalol nafas olib suzishiga hamda ishlashiga imkon beruvchi apparat. Fransuz sportchisi J. I. Kusto va muhandisi E. Ganyan ixtiro qilgan (1943). A.dan foydalanuvchi kishi uni orqasiga tasma bilan osib oladi. A.da ogʻizga tutiladigan moslama, darchali maska yoki gidrokombinezon, suzgich, qoʻlga taqiladigan chuqurlik oʻlchagich, kompas va soat ham boʻladi. A.ning har birida ichiga siqiq (150 kg/sm2) havo toʻldirilgan (har biri 7 l li) 2 ballon bor. A. suv ostida 40 m gacha chuqurlikda 10 min dan 70 min gacha boʻlishga imkon beradi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil