Kontent qismiga oʻtish

Aerospatiale AS.365 Dauphin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
SA-365 N Dauphin. Chili.

AS 365 „Dofen“ (AS 365 Dauphin) — Airbus Helicopters (sobiq Eurocopter) kompaniyasining koʻp maqsadli vertolyotlari oilasining aʼzosi[1]. Aerospatiale SA 365 Dauphin 2 — bu Airbus Helicopters tomonidan ishlab chiqarilgan oʻrta ogʻirlikdagi koʻp maqsadli ikki dvigatelli vertolyot hisoblanadi. U dastlab fransuz „Aerospatiale“ firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan hamda 1990-yillarga keib „Eurocopter“ kompaniyasiga birlashtirilgan. 1975-yilda ishlab chiqarish boshlanganidan keyin beri bu turdagi vertolyotlarni 40 yildan ortiq vaqt davomida uzluksiz ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. „Dauphin“ning rejalashtirilgan vorisi „Airbus Helicopters H160“ hisoblanib, u 2021-yilda foydalanishga topshirilgan.

„Dauphin 2 Aerospatiale“ „SA 360“ bilan koʻp oʻxshashliklari mavjud boʻlib, bu tijoratda muvaffaqiyatsiz boʻlgan bir dvigatelli vertolyot sanaladi. Ammo ikki dvigatelli „Dauphin 2“ mijozlarning talabiga javob berib, shu bilan bir qatorda koʻplab fuqarolik va harbiy operatorlar tomonidan boshqarilib kelionmoqda. Ushbu modigikatsiyadagi vertolyotlar 1970-yilda taqdim etilganidan beri „Dauphin 2“ ning bir nechta asosiy oʻzgarishlari va ixtisoslashtirilgan versiyalari ishlab chiqilgan va xali-hanuz ishlab chiqarish davom etmoqdaga. Jumladan, harbiy yoʻnaltirilgan „Eurocopter Panther“, havo-dengiz qutqaruvi „HH/MH-65 Dolphin“, Xitoyda ishlab chiqarilgan „Harbin. Z-9“ va modernizatsiya qilingan „Eurocopter EC155“ bularga misol boʻla oladi.

AS365 Dauphin"" ikki dvigatelli vertolyot boʻlib, uzoq masofalarga ucha olish qobiliyatiga ega hamda yuqori haroratli iqlim sharoitida yoki sezilarli balandlikdagi joylarda ishlash uchun juda mos keladi. „Dauphin“ odatda bir juft „Turbomeca Arriel“ turboshaft dvigatellari bilan ishlaydi; keyingi variantlarda ular FADEC birliklari bilan jihozlangan boʻlib, ular avtomatlashtirilgan ishga tushirish ketma-ketligi va mashgʻulot rejimi kabi qoʻshimcha funksiyalarga ega hisoblanadi.

Dvigatellar rotorli kemaning buklanadigan „Starflex“ asosiy rotorini va uning „Fenestron“ torkga qarshi dumli rotorini ikkita alohida uzatmalar orqali boshqaradi; bu vites qutilari, shuningdek, ikkita alohida gidravlik tizimga, shuningdek, qoʻnish moslamasini joylashtirish kabi favqulodda vaziyatlarda foydalanish uchun tayyor gidravlik tizimga ulangan va bu vertolyotning afzal jihatlaridan biri hisoblanadi. Elektr quvvati bir juft starter generatorlari va NiCad (nikel-kadmiy) asosiy batareyasi bilan taʼminlangan. Shu bilasn bir qatorda favqulodda batareya ham vertolyotda mavjud.

Rotorli kemaning asosiy fyuzelyaji salon maydonini, alohida bagaj boʻlinmasini va tortib olinadigan uch gʻildirakli vertolyotning qoʻnish moslamasini oʻz ichiga olgan. Asosiy kabinaga kirish uchun jami toʻrtta anʼanaviy eshiklar oʻrnatilgan hamda ular ixtiyoriy ravishda uning oʻrniga bitta qisqichli havo zinapoyasi bilan almashtirilishi mumkin. Rotorli kemaning turli qismlari kompozit materiallardan tayyorlangan, masalan, uglerod tolasidan yasalgan rotor pichoqlari, fyuzelaj qismlarida boshqa materiallar ishlatiladi. Fyuzelaj korroziyaga qarshi himoyaga ega va ixtiyoriy yuk koʻtargich yoki yuk slingiga oʻrnatilishi uchun mustahkamlangan, shuningdek, rotocraftning tashqi yuzasida boshqa turli bogʻlash va tutqichlar oʻrnatilgan. „Dauphin“ning burniga har xil turdagi va modeldagi radarlarni oʻrnatish imkoniyati mavjud.

Rotorli kemaning „Starflex“ asosiy rotori va „Fenestron“ dumining kombinatsiyasi bortdagilar uchun past shovqin va past tebranishli parvoz tajribasini taʼminlaydi. „Airbus Helicopters“ kompaniyasi „Dauphin AS365 N3“ ning ovoz chiqarishi Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi Tashkiloti (ICAO) standartlaridan 3,1 desibel past ekanligini daʼvo qilgan hamda bu uni oʻz sinfidagi eng past ovozli vertolyotga aylanishida muhim ahamiyat kasb etgan. „Dauphin“ A toifasi sharoitida dengiz sathida toʻliq yuk bilan ucha olish imkoniyatiga ega.

Oʻzgartirishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • SA 365° C
  • AS 365 N (1990-yilgacha SA 365)
  • AS 365 N2
  • AS 365 N3
  • Eurocopter EC 155 B1
  • SA 366 G1 / HH-65A Delfin
  • Helibras MH-1
  • SA 365 °F — harbiy versiya
    SA-365 N Dauphin 2
  • AS 565 Panther — harbiy versiya
    • AS 565 UA/UB — harbiy transport
    • AS 565 AA/AB — yongʻinni qoʻllab-quvvatlash
    • AS 565MA/MB
    • AS 565 SA/SB — ASW
    • AS 565 CA — tankga qarshi

Taktik va texnik xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vertolyot proeksiyalari SA 365 Dauphin
Berilgan xususiyatlar '''AS 365 N2''' modifikatsiyasiga to'g'ri keladi[2].
Texnik xususiyatlari
  • Ekipaj: 1-2 uchuvchi
  • Yoʻlovchilar sigʻimi: 12 yoʻlovchigacha
  • Urugvay havo qoʻshinlariga tegishli SA-365 N Dauphin vertolyoti
    Uzunligi: 13,73 m
  • Fyuzelyaj uzunligi: 11,63 m
  • SA-365 N Dauphin vertolyotining F-WQAP modifikatsiyasi
    Asosiy rotor diametri: 11.94 m
  • Fenestron diametri: 1,1 m
  • Balandligi: 4,06 m
  • Rotorni tozalash maydoni: 111,97 m²
  • Shassi bazasi: 3,64 m
  • Shassi yoʻli: 1,9 m
  • Boʻsh vazn: 2,281 kg
  • Maksimal uchish ogʻirligi: 4250 kg
  • Yoqilgʻi baklarining hajmi: 1135 l (qoʻshimcha baklarsiz)
  • Quvvat stansiyasi: 2 × Turbomeca TM 333
  • Dvigatel quvvati: kreyser bilan 2 × 511 ot kuchi, 839 l. (2 × 375,5 kVt (kreyser), 625,5 kVt (uchish))
Yuk kabinasining oʻlchamlari
  • Uzunligi: 2,3 m
  • Kengligi: 1,92 m
    AS365 Dauphin vertolyoti Litva harbiy-havo kuchlari tarkibida
  • Balandligi: 1,16 m
  • Maydoni: 4.2 m²
  • Foydalanish mumkin boʻlgan hajmi: 5,0 m³
Uchish xususiyatlari
  • Ruxsat etilgan maksimal tezlik: 287 km/soat
  • Maksimal tezlik: 278 km/soat
  • Kreyser tezligi: 254 km/soat
  • Amaliy masofa: 859 km
  • Parvoz davomiyligi: 4 soat 18 daqiqa
  • Xizmat koʻrsatish balandligi: 3700 m
  • Bitta dvigatel ishlayotganda: 1200 m
  • Statik shift:
    • yer taʼsiri bilan: 2000 m
    • yer taʼsirisiz: 1200 m
  • Koʻtarilish tezligi: 6,8 m/s
  • Disk yuki: 37,9 kg/m²
  • Ogʻirlik va tortish nisbati: 277 Vt/kg (maksimal uchish ogʻirligida uzatish uchun)
Aerospatiale SA 360
Eurocopter EC 155
Ka-60
Agusta A109
Bell 222/230
Sikorskiy S-76
  1. «Аэроспасьяль» // Авиация: Энциклопедия / Гл. ред. Г. П. Свищёв. — М. : Большая Российская энциклопедия, 1994. — С. 90. — ISBN 5-85270-086-X.. 
  2. „https://archive.org/details/janesallworldsai00jack_149“.