Abduvahob Madvaliyev
Abduvahob Madvaliyev | |
---|---|
Tavalludi |
15-aprel 1947-yil |
Mukofotlari |
Madvaliyev Abduvahob Patohovich — 1947-yilning 15-aprelida[1] Margʻilon shahrida ishchi oilasida tugʻilgan. 1970-yilda Fargʻona davlat pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan. 1970-1972-yillarda Fargʻona viloyati Ohunboboyev tumanidagi 10-son maktabda oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 1972-yilning noyabr oyidan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ishlaydi. 1989-yildan beri mazkur institutning katta ilmiy xodimi boʻlib ishlaydi. 1998-yildan hozirga qadar ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimida ishlab kelmoqda. Mazkur davr mobaynida u 460 dan ziyod ilmiy ishlar (jamoaviy monografiyalar, darsliklar, qoʻllanmalar, lugʻatlar, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar)ni tayyorlab Oʻzbekiston, Rossiya, Qozogʻiston davlatlarida nashr ettirdi. Madvaliyev A.P. respublika va Qozogʻistondagi 14 dan ortiq ilmiy konferensiyalarda oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etgan. Madvaliyev A.P. 40 dan ortiq nashrlar muharriri boʻlib, 10 dan ziyod dissertatsiyaga taqrizchilik qilgan. 2002-yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan.
Asosiy nashrlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1. Ijtimoiy-siyosiy terminlar lugʻati. (Olim Usmon tahriri ostida). — Tashkent: Fan. — 350 bet
2.Nekotorie voprosi uporyadocheniya uzbekskoy ximicheskoy terminologii // Voprosi tyurkskogo yazikoznaniya. Materiali I mejrespublikanskoy konferensii molodix lingvistov-tyurkologov. — Alma-Ata: Nauka. — S. 80-86.
3.Prepozitiv internatsional terminelementlar va ularning oʻzbek tilida ifodalanishi // Oʻzbek terminologiyasida leksik variantlar. — Toshkent: Fan. — B. 7-19.
4.Ruscha-internatsional terminlarni oʻzbek tilida fonetik jihatdan oʻzlashtirishning ayrim xususiyatlari // Oʻzbek terminologiyasida leksik variantlar. — Toshkent: Fan. — B, 29-41.
5.Oʻzbek ximiya terminologiyasida dubletlik va uni minimumga keltirish masalasi // Oʻzbek terminologiyasida leksik variantlar. — Toshkent: Fan. — B. 80-102.
6.Ruscha-oʻzbekcha harbiy terminlar lugʻati. — Toshkent: Fan. — 63 bet (hamkorlikda).
7.Ish yuritish atamalarining ruscha-oʻzbekcha qisqacha lugati. — Toshkent: Fan. −64 bet (hamkorlikda).
8.Qisqacha ruscha-oʻzbekcha-inglizcha ish yuritish lugʻati. — Toshkent: Oʻzbekiston. — 118 bet (hamkorlikda).
9.Ish yuritish. Amaliy qoʻllanma. — Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. — 444 bet (hamkorlikda).
10.Navoiy gulshaniga sayohat (test savollari toʻplami). — Toshkent: DTM nashr. — 84 bet (N.Mahkamov va R.Barakaev bilan hamkorlikda).
11.Ish yuritish. Amaliy qoʻllanma. 2-nashr. — Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. — 448 bet (hamkorlikda).
12.Oʻzbek tili. Universitet va institutlarning rusiyzabon guruhlari uchun darslik, 1 qism. — Toshkent, ToshDShI nashri. — 180 bet (hamkorlikda).
13.Oʻzbek tili. Universitet va institutlarning rusiyzabon guruhlari uchun dastur. — Toshkent, ToshDShI nashri. — 16 bet (Oʻ.P.Lafasov va A.Q.Ismoilov bilan hamkorlikda).
14."Fan va turmush" lugʻati („Oʻzbek tilining izohli lugʻati“dan „K“ harfi boʻyicha tanlama parchalar) // Fan va turmush. -№ 4. — B. 35.
15.Oʻzbek tilining izohli lugʻati. 5 jildli. 1-jild („A“, „G“, „D“ harflari).- Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. — 680 bet (hamkorlikda):
16.Oʻzbek tilining izohli lugʻati. 5 jildli. 2-jild („Yo“, „J“, „Z“ harflari). - Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. — 672 bet (hamkorlikda).
17.Oʻzbek tilining izohli lugʻati. 5 jildli. 3-jild. („P“, „S“ harflari). — Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. — 688 bet. (Z.Mirahmedova va D.Xudoyberganova bilan hamkorlikda).
18.Oʻzbek tilining izohli lugʻati. 5 jildli. 4-jild. („Ts“ harfi). — Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. — 608 bet.
19.Oʻzbek tilining izohli lugʻati. 5 jildli. 5-jild. („E“ harfi). — Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. — 608 bet (hamkorlikda).
20.Ish yuritish. Amaliy qoʻllanma. 3-nashr. — Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. — 440 bet (hamkorlikda)
21.Yazik (uzbekskiy) // Uzbeki. Seriya „Narodi i kulturi“. — M.: Nauka. 2011. — S. 24-29.
22.Ish yuritish. Amaliy qoʻllanma. Tuzatilgan va toʻldirilgan 5-nashri. — Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. — 456 bet (hamkorlikda).
23.Oʻzbek tilining imlo lugʻati. 85000 dan ortiq soʻz. — Toshkent: Akademnashr. — 520 bet. — 54,6 b.t. (E.Begmatov bilan hamkorlikda).
24.Oʻzbek tilining imlo lugʻati. 85000 dan ortiq soʻz. — Toshkent: Akademnashr, 2013. — 528 bet. — 55,44 b.t. (E.Begmatov bilan hamkorlikda).
25.Ruscha-oʻzbekcha lugʻat. 2 jildli. I jild (tuzuvchilardan biri va masʼul muharrir). — Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2013. — 896 bet.
26.Ruscha-oʻzbekcha lugʻat. 2 jildli. II jild (tuzuvchilardan biri va masʼul muharrir). — Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2013. — 888 bet.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ arxiv nusxasi, 2020-07-20da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-07-20