Abdusalom Pirmuhammadzoda Dehotiy
Abdusalom Dehotiy | |
---|---|
Tavalludi |
14-mart 1911-yil |
Vafoti |
30-yanvar 1962-yil (50 yoshda) Dushanbe, Tojikiston |
Kasbi | adabiyot |
Ijod qilgan tillari | Tojik tili |
Fuqaroligi | Tojikiston |
Abdusalom Dehotiy Pirmuhammadzoda (1911.14.3, Samarqand yaqinidagi Bogʻi Maydon qishlogʻi — 1962.30.1, Dushanbe) — tojik shoiri, dramaturg . Asarlarida "Pirmuhammadzoda", "Navqalam", "Hardamxayol", "Dehotiy" taxalluslarini qoʻllagan. Oʻzbekiston pedagogika akademiyasida tahsil koʻrgan (1930—31). Faoliyatini "Haqiqati Oʻzbekiston" gazetasi (1931—34)da boshlagan. Tojikiston davlat nashriyotining Samarqand boʻlimida ishlagan (1934—35). Ilk hikoyasi — "Baxtiqaro Hamida" (1929). "Uch manzara" (1932), "Mehnat qoʻshiqlari" (1934), "Sheʼrlar va hikoyalar" (1940), "Tanlangan sheʼrlar" (1949) toʻplamlari bor. "Vose qoʻzgʻoloni" operasining librettosi (M. Tursunzoda bilan hamkorlikda, 1938), "Togʻdagi nur" (1947) hamda "Komde va Mudan" (1951—53) dramalarini yozgan. Dehotiy tojik xalq ogʻzaki ijodiga oid "Tojik xalq yumori" (1938) kitobi hamda oʻzbek shoirlari haqidagi maqolalar ("Junaydulla Maxdum Hoziq", 1940; "Buyuk oʻzbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy", 1948) muallifi. Abdulla Qahhornnng "Shohi soʻzana" (1953), B. Rahmonovning "Yurak sirlari" dramalarini, Muqimiy, H. Olimjon, N. Hikmat sheʼrlarini tojik tiliga tarjima qilgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |