Abdulloh al-Kadaniy
Qiyofa
Abdulloh al-Kadaniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 1012-milodiy yil (hijriy 402-yil) |
Vafoti | hijriy 483-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Fozil imom |
Abdulloh ibn Ali ibn ash-Shoh al-Kadaniy (Abu Ahmad) — fozil imom bo‘lgan. Abdulloh al-Kadaniy milodiy 1012-yil (hijriy 402-yil)da tugʻilgan.
Yaratgandan yomg‘ir yog‘dirishini so‘rab, Samarqanddan Xartangga (Imom al-Buxoriy maqbarasiga) borgan olimlardan biri edi. Alloh taolo ularning iltijosini mustajob qilib, ular Xartangdan qaytib ketmay turib yomg‘ir yog‘dirgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar. Abdullah al-Kadaniy hijriy 483-yilning rajab oyida vafot etgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 10-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |