Kontent qismiga oʻtish

Xushnud Xudayberdiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xudoyberdiyev Xushnud Gʻayratovich
oʻzbekcha: Худайбердиев Хушнуд Ғайратович
Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari
Mansab davri
2020-yil 1-iyul
Oʻtmishdoshi Jumanazar Meliqulov
Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori
Mansab davri
2020-yil 28-yanvar – 2020-yil 1-iyul
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 7-iyun 1989-yil (1989-06-07) (35 yosh)
Qashqadaryo
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Maʼlumoti Toshkent davlat yuridik instituti
Mukofotlari

Xudoyberdiyev Xushnud Gʻayratovich — Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari, huquqshunos, bloger, Zakovat intellektual klubi bilimdonlaridan biri.

Biografiyasi

Blogerlik faoliyati

2012-yildan buyon „Xushnudbek.uz“ shaxsiy saytini yuritadi. Shuningdek, 2018-yil may oyida Telegram messenjerida kanal ochgan. Hozirda uning Telegram kanalini 280 mingdan koʻproq obunachi kuzatib boradi.[4] 2018-yilgi blogerlar chempionatida 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan.[5] 2019-yilda esa-yilning eng yaxshi blogeri deb topilgan.[6]

Zakovatdagi ishtiroki

2004-yildan buyon Zakovat intellektual klubining aʼzosi va muntazam efir oʻyinlarida ishtirok etib keladi. Efir orqali ilk marta 2005-yil iyun oyida oʻyinlarda ishtirok etgan. Faoliyati davomida 9 marta Oliy liga finalida ishtirok etib, ulardan 4 tasida jamoasi bilan chempion boʻlgan. Zakovat intellektual oʻyinlarida erishgan yutuqlari: Toʻrt karra Zakovat oʻyinlari chempioni (2007, 2009, 2011, 2016-yillar); 2008, 2010, 2012, 2015 va 2018-yillarda Oliy liga oʻyinlari finalchisi; 2008 hamda 2012-yilgi Oliy liga final oʻyinidagi „Zakovat terma jamoasi“ aʼzosi; 2008-yilda „Yilning eng yaxshi yosh bilimdoni“ nominatsiyasi sohibi; 2011-yilda „Yilning eng faol bilimdoni“ nominatsiyasi sohibi; 2013-yilda „Tomoshabinlar mehrini qozongan bilimdon“ nominatsiyasi sohibi.

Mukofotlari

  • 2014-yili — „Oltin qalam“ IX Milliy mukofotining „Jurnalistikada ijtimoiy masalalarni yoritishda innovatsion echim va yondashuvlar“ nominatsiyasi sovrindori[7]
  • 2014-yil — „MIT.UZ — Milliy internet festivali“da „Eng yaxshi tahliliy sayt“ nominatsiyasida gʻolib boʻlgan. [8]
  • 2014-yil — „Uz domenlari Internet festivali“da „Eng yaxshi shaxsiy sahifa“ nominatsiyasida sovrindor boʻlgan. [9]
  • 2015-yil — „Jamiyat va men“ tanlovining „Eng yaxshi yoritilgan huquqiy mavzular“ nominatsiyasida gʻolib boʻlgan. [10]
  • 2016-yil — „Oʻzbekiston belgisi“ [11] koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. [12]
  • 2018-yil — Oʻzbekiston blogerlari chempionatida 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan.[13]
  • 2018-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan „Eng yaxshi huquq targʻibotchisi“ tanlovida „Huquqiy madaniyatni targʻib qiluvchi eng yaxshi mutaxassis“ nominatsiyasi gʻolibi boʻlgan. [14]
  • 2019-yil — „Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. [15]
  • 2019-yil — Prezident Farmoni bilan „Kelajak bunyodkori“ medali bilan taqdirlangan. [16]

Manbalar

Havolalar