Jump to content

A (old qoʻshimcha)

From Vikipediya

A.., AN… (yunoncha: a, unli soʻzlar oldidan an) — chet soʻzlarda, asosan yunoncha soʻzlarda ishlatiladigan old qoʻshimcha. Bu qoʻshimcha soʻz oʻzagida ifodalangan maʼnoning inkor etilishini bildirgan edi. Masalan abiogenez, anaeroblar. Hozirgi oʻzbek tilidagi no-, be-, gʻayri kabi qoʻshimchalarga toʻgʻri keladi. Masalan, anormal (gʻayri moʻʼtadil), anorganik (noorganik) va boshqalar[1].

Manbalar

[edit | edit source]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil